Moliya organlari - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, tuman va shahar hokimliklarining moliya bo‘limlari;
Notijorat tashkilotlari- deganda foyda olishni faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan va olingan daromadlarni o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan yuridik shaxslar tushuniladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik - faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mustaqil ravishda, o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxsdir.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti-:
O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxs;
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy soliq davrida yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi o‘n ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat O‘zbekiston Respublikasida turgan jismoniy shaxs.
Norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi -norezident O‘zbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan, shu jumladan faoliyatni vakolatli shaxs orqali amalga oshirayotgan har qanday joy e’tirof etiladi.
Moliyaviy ijara- mol-mulkni (moliyaviy ijara ob’ektini) egalik qilish va foydalanishga o‘n ikki oydan ortiq muddatga shartnoma bo‘yicha topshirishda vujudga keladigan ijara munosabatlaridir.
asosiy ish joyi - ish beruvchi mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq xodimning mehnat daftarchasini yuritishi shart bo‘lgan ish joyi;
asosiy faoliyat turi - yuridik shaxsning hisobot davri yakunlari bo‘yicha umumiy realizatsiya qilish hajmidagi sof tushum ulushi ustunlik qiladigan faoliyati
birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot - birgalikdagi faoliyat natijasi bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar);