Ibrohimov mirjalol bioinformatika fanidan



Yüklə 222,62 Kb.
səhifə1/20
tarix01.05.2023
ölçüsü222,62 Kb.
#126169
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
oqsil Mirjalol


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI BIOTEXNOLOGIYA FAKULTETI BIOLOGIYA YO’NALISHI AI – 19 GURUH TALABASI IBROHIMOV MIRJALOL BIOINFORMATIKA FANIDAN


Mavzu : Oqsillarning strukturasi va ularning muhandisligi
TOPSHIRDI : Ibrohimov M.
QABUL QILDI : Xasanova.D

Oqsillar strukturasini oldindan aytish va oqsil muhandisligi
Reja:
l Kirish
1. Oqsillar strukturasini oldindan aytish va oqsil muhandisligi
ll Asosiy qism
1.Oqsillarning strukturasi.
2. Denaturatsiya va oqsil folding
3. Oqsil molekulasining tashkiliy darajalari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Oqsilning birlamchi strukturasi
Oqsilning birlamchi strukturasi oqsil tuzilishining eng oddiy darajasi boʻlib, polipeptid zanjiridagi aminokislotalarning ketma-ketligi hisoblanadi. Misol uchun, insulin gormoni quyidagi diagrammada koʻrsatilgan ikkita A va B polipeptid zanjiriga ega. (Bu yerda koʻrsatilgan insulin molekulasi sigir insulinidir, uning tuzilishi inson insuliniga oʻxshash.) Har bir zanjir oʻzining maʼlum tartibda joylashgan aminokislotalar toʻplamiga ega. Masalan, A zanjir ketma-ketligi B zanjir ketma-ketligidan farq qiladi va A zanjirning N-oxiri glitsin bilan boshlansa, C-oxiri asparagin bilan tugaydi.
Oqsil ketma-ketligi oqsilni (yoki oqsilning bir qismini) kodlovchi gen DNKsi tomonidan belgilanadi. Gen DNKsi ketma-ketligining oʻzgarishi oqsil tarkibidagi aminokislotalar ketma-ketligining ham oʻzgarishiga olib kelishi mumkin. Oqsildagi hattoki bir aminokislota ketma-ketligining oʻzgarishi ham oqsilning umumiy strukturasi va vazifalariga taʼsir koʻrsatadi.
Misol uchun, bitta aminokislotaning oʻrin almashinib qolishi qizil qon tanachalariga taʼsir koʻrsatuvchi irsiy kasallik hisoblangan oʻroqsimon hujayrali anemiyani keltirib chiqaradi. Oʻroqsimon hujayrali anemiyada qonda kislorod tashuvchi gemoglobinni tashkil qiluvchi polipeptid zanjirlaridan birining ketma-ketligida biroz oʻzgarish yuzaga keladi. Odatda gemoglobin β zanjirining (gemoglobinni tashkil etadigan ikki turdagi oqsil zanjirlaridan biri) oltinchi aminokislotasi boʻlgan glutamat kislota valin bilan almashadi. Quyidagi diagrammada β zanjirning bir qismidagi oʻzgarish koʻrsatilgan.
Shuni eʼtiborga olish kerakki, gemoglobin molekulasi ikkita α va ikkita β zanjirdan iborat va ularning har biri 150 ta aminokislotani oʻz ichiga oladi, umumiy bitta oqsilda 600 ta aminokislota boʻladi. Normal gemoglobin molekulasi va oʻroqsimon hujayra molekulasi taxminan 600 ta aminokislotadan 2 tasida farq qiladi.
Kimning tanasida oʻroqsimon hujayrali gemoglobin hosil boʻlsa, oʻsha odam oʻroqsimon hujayrali anemiya simptomlariga chalinadi. Buning sababi shuki, glyutamat kislotaning valin aminokislotaga oʻzgarishi gemoglobin molekulalarini uzun tolalarga aylantiradi. Tolalar disk shaklidagi qizil qon hujayralarini yarimoy shakliga oʻzgartiradi. Quyidagi qon namunasida normal hujayralar bilan aralashib ketgan “oʻroqsimon” hujayra koʻrsatilgan.
Oʻroqsimon hujayra qontomirlardan oʻtishga urinayotganida tiqilib qoladi. Tiqilgan hujayralar qon oqimini pasaytiradi va natijada oʻroqsimon hujayrali anemiyaga chalingan insonlarni nafas qisishi, bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi va qorin ogʻrishi kabi bir qancha muammolar bezovta qilishi mumkin.

Yüklə 222,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin