Ibtidoiy davr san'atiga oid manbalar reja: Ibtidoiy davr madaniy bosqichlari 2



Yüklə 45,41 Kb.
səhifə8/13
tarix24.11.2023
ölçüsü45,41 Kb.
#133962
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
IBTIDOIY DAVR SAN\'ATIGA OID MANBALAR 13 mavzu

REGISTON MAJMUASI
Reja:

  1. 1417–1420-yillarda Ulugʻbek madrasasi bunyod etilishi

  2. adimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi




Dastlabki 1417–1420-yillarda Ulugʻbek madrasasi bunyod etilib, keyinchalik qarshisiga – maydonning sharqiy qismida Ulugʻbek xonaqosi (1424-yil), shimoliy qismiga Mirzoyi karvonsaroyi, janubiga Alika Koʻkaldosh juma masjidi (1430-yil) bunyod etilgan, yonida esa yogʻochdan xotamkori uslubida Masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan. 1420–1440-yillarida Registon hashamatli meʼmoriy ansamblga aylangan. XVII asrda Samarqand hokimi Yalangtoʻsh Bahodir vayrona holatdagi Ulugʻbek xonaqosi oʻrniga Sherdor madrasasini (1619–1635/36), Mirzoyi karvonsaroyi oʻrniga Tillakori masjidini (1646/47–1659/60) qurdirgan. Registon maydoni oʻzining rang-barang koshinkori bezaklari; naqshinkori peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan Markaziy Osiyo meʼmorchligining noyob yodgorligi hisoblanadi
Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi Registon maydoni boʻlib, bu yerda uchta madrasa qad koʻtargan: Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori madrasalari. Registon – qadimiy ilm, taʼlim muassasalari joylashgan joy boʻlib, sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli namunalaridan biri hisoblanadi. U haqda Temuriylar faxr bilan: „Kim bizning kuch-qudratimizga shubha qilsa, kelib biz qurgan binolarni koʻrsin“, deganlar. 2001-yilda bu uch madrasa UNESCOning butun dunyo yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.
Registon maydoni- tarixda shaharning ilm-fan, siyosat va diniy markazi boʻlgan. „Registon“ soʻzi „qumloq joy“ degan maʼnoni anglatadi. Oʻrta asrlarda hamma katta shaharlarda markazlar „Registon“ deb atalar edi. Shu nomdagi maydonlar Buxoro, Shahrisabz va Toshkentda ham boʻlgan. Samarqanddagi maydon esa Markaziy Osiyodagi eng mahobatli va tahsinga sazovor maydonlardan biri edi. Bu maydonda bir necha ming yillik tarix mujassam. Amir Temur hukmronligi davrida Registon Samarqandning markaziga aylantirildi. Ulugʻbek davrida esa maydon bundan ham muhimroq ahamiyatga ega boʻldi. Zamonaviy Registon ansambli oʻzida Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori madrasalarini mujassam etadi.
Registonning janubiy tomonida xalq orasida „Childuxtaron“ deb atalmish xonaqoh va maqbaralar joylashgan edi. Ularni Koʻchkunchixon qurdirgan edi va Tillakori madrasasiga qoʻsh qilib bunyod etilgan edi. U 1904-yilgi zilziladan soʻng xarobaga aylanib, 1910-yili butunlay buzilgan va oʻrni maydon boʻlib qolgan. 100 yil orasida oxirgi koʻrinishini olgan bu Registonni koʻrish ishtiyoqida butun dunyodan sayyohlar tashrif buyurishadi.
Ulugʻbek madrasasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asosiy maqola: Ulugʻbek madrasasi (Samarqand)
Ulugʻbek madrasasi Registon maydonidagi eng qadimgi madrasa boʻlib, 1417–1420-yillarda Temuriylar davlati hukmdori, astronom Mirzo Ulugʻbek tomonidan qurilgan. Bu inshootning, biroz keyinroq rasadxonaning qurilishi Samarqandga oʻrta asrda Sharqning asosiy ilm-fan markazlaridan birining shuhratini keltirdi.
Madrasa Registon maydonining gʻarbiy qismida qurilgan, uning roʻparasida bir necha yildan soʻng Ulugʻbek xonaqohi qad koʻtargan, shimoliy tomonini karvonsaroy egallagan. Oxirgi ikki bino ikki asrga yaqin turdi, soʻngra ularning oʻrnida XVII asr boshlarida Sherdor madrasasi va Tillakori madrasasi qurilib, bugungi kungacha saqlanib qolgan
Sherdor madrasasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asosiy maqola: Sherdor madrasasi
Sherdor madrasasi Ulugʻbek madrasasi qarshisidagi maydonning sharqiy qismida 1424-yilda barpo etilgan Ulugʻbek xonaqohi oʻrnida qurilgan. XVII asr boshlariga kelib xonaqoh ham maydondagi boshqa binolar qatori eskirib, yaroqsiz holga kelgan. Samarqanddagi oʻzbek hukmdori Yalangtoʻsh Bahodirning buyrugʻi bilan Sherdor va Tillakori madrasalari qurilishi boshlandi. Sherdor madrasasi (yoʻlbarsli madrasa, „Arslonlar maskani“) Abdul-Jabbor ismli meʼmor, bezak ustasi Muhammad Abbos tomonidan qurilgan.



Yüklə 45,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin