ILK O’RTA ASRLARDA SAN’AT RIVOJI Reja: Kushonlar saltanati
Eftalitlar
Kushonlar saltanati inqirozga uchragach, hayot sahnasida yangi bir sulolalar davlatchiligi - eftalitlar davlati paydo bo‘ldi. Eftalitlar qadimgi Orolbo'yi ko'chmanchi massagetlar avlodlaridan bo’lib, o ‘z davrida o 'ta jangariligi va hujumkorligi bilan ajralib turganlar. Shu sababli qisqa vaqt ichida sharqiy Turkistondan Kaspiy bo‘ylarigacha bo‘lgan katta hududlarni o ‘zlariga bo‘ysun- dirganlar. Hatto, sosoniylardan boTgan podshoh Peruzni ham (459-484) m ag‘lubiyatga uchratib, eroniylarni oMpon toMashga maj- bur qilganlar.Eftalitlaming qisqa muddat ichida kuchli davlat barpo etishida. birinchidan, barcha qabila-urugMarning azaliy an’analariga qat’iy bo‘ysunishi. ikkinchidan, umumqabila uchurv qabul qilingan huquq va axloq m e’yorlarini buzganlarga ko‘riladigan jazoning qat’iy qilib qo‘yilganligi, uchinchidan, ko‘chmanchi vayarimko'chmanchi hayot kechiruvchi qabilalarning jangarilik xarakteri muhim rol o ‘ynagan. Eftalitlarda ko‘p erlilik (poliandriya) an ’anasi, y a’ni aka-ukalarning bir ayo‘lni xotinlikka olishi hamda zodagonlarning k o ‘p xotin olish an’anasi, yuqori tabaqa vakilining 20 va undan ortiq d o ‘stlarga ega boTishi va vafot etganda o ‘zining sevimli oti va do‘stlari birgalikda dafn etilishi kabi an ’analar qonun darajasida boMgan. Eftalitlar davri arxitekturasida, eng avvalo, ibodatxona yoki qasrning tashqi mahobatliligiga va uning ichki bezaklariga alohida e ’tibor berilgan. Ichki devorlar rangli suratlar, naqshlar va hay- kallar bilan bezatilgan. Masalan, hozirgi Surxondaryo viloyati hududida joylashgan qadimgi Bolaliktepa shahrida qurilgan qasr devorlarida saqlanib qolgan devoriy suratlar o ‘zining nafaqat tabiiyligi, rangdorligi, balki maishiy hayotning bir boMagini badiiy tasvirlashi bilan ham ajralib turadi. Haykaltaroshlikda ko'proq terra- kota va koroplastika haykaltaroshligidan foydalanilgan. Bu davr haykaltaroshligida hudud va unda yashovchi kishilarning kivim- kechaklari, taqinchoqlari va o ‘xshash tomonlari ko'zga tashlanib turgan. M a’bud yoki m a’budalar haykallari (albatta yirik va ulkan haykallar yasalmagan) da uni yaratuvchi haykaltaroshning diniy dunyoqarashi o 'z ifodasini topgan.Arxeologlarning m a’lumotlariga ko‘ra, binolar bir necha qavat qilib qurilgan. Uy devorlari turli naqshlar va suratlar bilan bezatilgan. Ayniqsa, ibodatxonalarga katta e ’tibor berilgan. (Jlarning ichki tomonini bezashda qimmatbaho toshlardan va oltindan foyda- langanlar. Eftalitlar davrida Poykent shahri, Tuproqqal’a (hozirgi Xorazm hududida), qadimgi Chochdagi Oqtepa qal’asi, qadimgi Varaxsha qo‘rg'onlari shaharsozlikning namunalari hisoblangan. Misol tariqasida Varaxsha qo‘rg‘onini olib qarasak, eftalitlar davrida m e’morchilik san’ati qanchalik rivojlanganligining guvohi bo'lamiz. Varaxsha q o ‘rg‘oni ulkan kvadrat shaklida mustahkam tepa ustiga qurilgan. Binoning devorlari ganch bilan suvalgan va devoriy suratlar bilan bezatilgan. Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy o ‘zining «Buxoro tarixi» asarida Varaxsha haqida shunday deb yozadi: «... Varaxsha ... katta qishloqlar jumlasidan boMib, Buxoro singari edi. U podshohlar turadigan jo y bo‘lib, mustahkam hisorga ega bo'lgan, chunki podshohlar (u hisorni) bir necha marta mustahkamlaganlar. Uning Buxoro shahrining devorlari singari devori ham bo‘lgan. Bu qishloq Buxoro devorining ichkarisida joylashgan. Unda shunday bir obod qasr bo‘lganki, go‘zallikda uni namuna qilib k o ‘rsatar edilar».Eftalitlar davrida saroylar, ibodatxona va boy-badavlat kishilarning turar joylari ichki bezagida sujetli tasviriy san’at asarlari va turli xil naqshlardan foydalanish odatiy tusda bo‘lgan.