Ibtidoiy davr san'atiga oid manbalar reja: Ibtidoiy davr madaniy bosqichlari 2


AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA KITOBAT SAN'ATI



Yüklə 45,41 Kb.
səhifə7/13
tarix24.11.2023
ölçüsü45,41 Kb.
#133962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
IBTIDOIY DAVR SAN\'ATIGA OID MANBALAR 13 mavzu

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA KITOBAT SAN'ATI
Reja:
1.Amir Temur davri madaniyati va uning asosiy xususiyatlari
2. Me‘morchilik san‘ati

XIV asrning ikkinchi yarmi XV asr boshlarida Movarounnahrda me’morchilik va amaliy san’atga bo‘lgan e’tibor yanada rivoj topdi. Amir Temur davlatining poytaxti bo‘lgan Samarqand ulkan shaharga aylandi, bu yerda ko‘plab saroylar, masjidu madrasalar, maqbaralar va boshqa jamoat inshoatlari bunyod etildi. Mamlakatda jahon ilm-fani yo‘nalishi sifatida, tibbiyot, astranomiya, matematika, falsafa, tarix, adabiyot va boshqa fanlar keng quloch yoyib yanada qadr topdi. Bu esa qo‘lyozma fondlari, saroylar, madrasalar huzurida kutubxonalar tashkil etilishi va xususiy kutubxonalarning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Amir Temur hukmronlik qilgan yillarda (1370-1405) qo’lyozma manbaalarni saqlash va kutubxonalar tashkil etish borasida katta g‘amxo‘rlik qilindi. Amir Temur ilm-fan homiysi, sahovatpesha hukmdor bo‘lgan. U adabiyot va san’atni yaxshi ko‘rgan. Masalan, uning hukmronlik qilgan davrining birinchi yarmida zabt qilingan hududlarda to‘plangan kitoblar va qo‘lyozmalar Shahrisabzga yuborilgan. Ushbu keltirilgan qo‘lyozma manbaalar jamlanmasi natijasida saroyda maxsus qo‘lyozmalar kutubxonasi tashkil etilgan. Ayniqsa, mamlakat poytaxti bo‘lgan Samarqanddagi saroy kutubxonasi mashur bo‘lib, bu yerda yunon, lotin, arab, arman, fors va boshqa tillarga oid noyob va nodir hisoblangan qo‘lyozma asarlar saqlanardi. Ushbu qo‘lyozmalarning aksariyat qismi Amir Temur zabt etgan mamlakatlardan keltirilgan. Turkiyaning Burna shahridagi mashhur kutubxonadan Samarqandga ko‘pgina qimmatli hisoblandan nodir qo‘lyozma asarlar keltirilgan. Bursa kutubxonasi antik davrdagi mashhur kutubxonalardan biri - Pergam kutubxonasining me’rosxo‘ri edi. Bu yerda Arximedning zamondoshi hisoblangan matematik Apolloniy, o‘z davrining mashhur faylasuflaridan Antigon Karistskiy, Kichik Nenaf va boshqa ko‘pgina kishilar faoliyat ko‘rsatgan. Bursa kutubxonasida saqlanayotgan qadimgi yunon mutafakkirlaridan Ptolemey, Gipparx, Diafant va boshqa Iskandariyalik mualliflarning asarlari Pergam kutubxonasidan keltirilgan degan asosli fikrlar Amir Temurning kitobga va noyob qo‘lyozma durdonalariga bo‘lgan qiziqishi buning yaqqol isbotidir. Ma’lumki, ko‘plab olimlar Amir Temur davlati poytaxtida tashkil etilgan kutubxonalarga ishlash maqsadida kelgan. Ulardan biri, matematik, Qozizoda Rumiy, Ulug‘bekning va Alovuddin Ali ibn Muhammadning (Ali qushchi)ning ustozi bo‘lgan. U Samarqandga Bursadan kelgan edi. Amir Temur Armanistondan ham ko‘pgina nodir hisoblangan qo‘lyozma asarlarni ham olib kelgan. Arman tarixchisi S.A.Babayanning ma’lum qilishicha, Taevsk monastiri huzuridagi kutubxonaning kitob fondining ma’lum bir qismi Samarqandga olib ketilgan. Ushbu kitoblarning orasida Suriyalik Murabas Gaddining qo‘lyozmalari ham bo‘lib, uni muallif arman podshosi Bagarshikning farmoishiga binoan Xaldey, Eron va boshqa sharq mamlakatlaridan to‘plagan va bu ma’lumotlar eramizdan avvalgi 150-yilgacha bo‘lgan tarixni qamrab olgan edi. M.A.Gadin tomonidan yozilgan Armaniston tarixi keyinchalik Moisey Xarenskiy va boshqa arman tarixchilariga o‘zlarining tarixiy asarlarini yozishga manbaa bo‘lib xizmat qilganligi to‘g‘risida ilmiy ma’lumotlarda bayon etilgan.
Amir Temurning arman kutubxonasidan kitoblar olib ketganligi to‘g‘risida arman tarixchisi Mixail Chamxhyan qiyidagi fikrlarni bayon etadi: “U arman va fors kitoblarini ulgurganicha to‘plab, ularni Samarqandga yuborgan va u yerda bitta minoraga jamlashtirgan. Ushbu minoradan kimda kim kitob olib chiqib ketishini qattiq qo‘rqitish bilan ta’qiqlab qo‘ygan, kitoblarni o‘qimoqchi bo‘lganlarga minorada shug‘ullanishga, biroq bu yerda juda uzoq vaqt qolmaslik sharti bilan ruxsat bergan”. Tarixiy ma’lumotlarning guvohlik berishi masalasi yuzasidan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Amir Temur Samarqanddagi saroy kutubxonasi faqat kitob saqlanadigan ombor bo‘libgina qolmay, balki u yerda ba’zan foydalanuvchilarni ham qo‘shishgan. Kutubxonaga kirish uchun juda ozchiliklargagina ruxsat berilgan. Kutubxonaning qanday ko‘rinishga ega bo‘lganligi, kitoblar qanday saqlangani va ulardan foydalanilgani to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar hozircha topilmagan. Biroq aytish mumkinki, saqlovchilar qo‘lyozmalarni yuksak darajada qadrlaganlar va ularga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishgan. Mazkur qo‘lyozmalarni saqlash uchun maxsus bino qurilganligi ham bu ma’lumotlarning isbotidir.



Yüklə 45,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin