Rejalashtirish – maqsadni belgilash, unga yetish vositalarini aniqlash va
harakat yo‘llari to‘g‘risida muntazam ravishda dastur ishlab chiqish jarayonidir.
Rejalashtirish ko‘p qirrali, murakkab jarayondir. Tuzilgan reja yoki korxona
dasturi nima qilish, kim bajaradi, qachon va qanday bajaradi degan savollarga
ochiq, to‘la va asoslangan javob berishi shartdir.
Savdo korxonalari faoliyatining samaradorligi talab va taklifni hisobga olgan
holda nima, kimga va qanday mahsulot yetkazib berish, resurslar bilan
ta’minlanish, savdoning optimal texnologiyasini tanlash, tovarni sotish shakli va
usullari va boshqa ko‘pgina holatlarga bog‘liqdir. har bir korxona bu omillarni
uzviy bog‘lashga harakat qiladi. Bu esa korxonaning xo‘jalik faoilyatini
rejalashtirish orqali amalga oshiriladi.
5.2.2. Rejalashtirishni qoidalari (prinsiplari).
Jamiyatning siyosiy ustqurmasi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitidan qat’iy
www.sies.uz
Page 92 of 356
93
nazar rejalashtirishni umumiy qoidalari (prinsiplari) mavjud. Ular insoniyat
taraqqiyotining barcha formatsiyalarida u yoki bu darajada, ayrim hollarda
rejalashtirish to‘g‘risida ilmiy asoslangan fikr yuritishdan chetda bo‘lgan holda
ishlatilgan.
Bizlarga ma’lum, MDІda tarqatilayotgan iqtisodiyotga oid chet el
adabiyotlarida rejalashtirish nazariyasi, uning metodologiyasiga oid masalalarga,
shu jumladan rejalashtirish prinsiplari to‘g‘risida nazariy fikrlar keltirilmaydi.
Rejalashtirishning o‘ziga xos prinsiplari, usullari va uslublari, umuman
aytganda, bozor iqtisodi sharoitida rejalashtirishning o‘ziga xos metodologiyasi
mavjud. Lekin bu gap sobiq sotsialistik tuzumda ishlatilgan rejalashtirish
metodoloiyasini butunlay inkor qilish degan fikr emas. Uning salbiy tomonlarini
(erkinlikning chegaralanganligi, rejalashtirishning direktivligi, partiyaviyligi va
hokazolar) olib tashlanib, ijobiy jihatlarini, ya’ni metodologiyasidan, usullaridan
keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Rejalashtirish jarayonida ilmiylik, reallik, optimallik, komplekslik,
uzluksizlik, o‘zgaruvchanlik (korrektirovka qilinishi, elastiklik) nazorat kabi
prinsiplari ishlatiladi.
Jahon tajribasida rejalashtirishning o‘ziga xos qoidalari (prinsiplari) mavjud
bo‘lib ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
•
rejalashtirishning ilmiy asoslanganligini, ya’ni rejalashtirish iqtisodiy
qonunlar talablarini, bozor iqtisodi qoidalarini hisobga olish, fan va texnika
yutuqlariga asoslanishi, rejalashtirishda keng ma’noda ilmiy tekshirish
muassasalarini, olimlarni jalb qilinishi orqali ta’minlanadi;
•
rejalashtirishni har xil muddatlarga tuzish tizimi orqali uning uzluksizligi
ta’minlanib boriladi;
•
jamiyatda,
korxona,
firmalarda
ishlatiladiagn
barcha
resurslarning
chegaralanganligi ulardan foydalanishda tejamkorlikka intilish, ulardan eng
optimal variantni tanlab olishni taqozo qiladi;
•
raqobat, vaziyatning o‘zgarib turishi rejalarga o‘zgarishlar kiritib borishni
taqozo qiladi va shu sababli rejalar har xil vaziyatlar uchun mo‘ljallangan
www.sies.uz
Page 93 of 356
94
alternativ variantlarda tuzilishi, uning vaziyatga moslashuvchanligi,
elastikligini ta’minlaydi;
•
bozor iqtisodiyoti qoidalari korxonalar, firmalar o‘rtasidagi aloqalarni
kontraktlar asosida tashkil qilish, olingan majburiyatlarni belgilangan
muddatda, miqdorda qat’iy bajarilishini talab qiladi. Bu esa rejalarning
bajarilishini nazorat qilish qoidasining ahamiyatini oshiradi.
5.2.3. Prognozlash va rejalashtirishga
qo‘yiladigan umumiy talablar
Chet el savdo korxonalarining tajribasidan ma’lumki, rejalarning ishlab
chiqarilishiga qat’iy talablar qo‘yiladi. Rejalarda asosiy muammolar, vazifalar o‘z
ifodasini topadi. Masalan: Savdoning tovar aylanishi hajmi, assortimentlari
bo‘yicha tovar aylanishi, tovar zahiralari ko‘rsatkichlari, tovarlarni kelishi
(manbaalari bo‘yicha), asosiy, aylanma va moliyaviy mablag‘lari (fondlari),
mehnat resurslari va ish haqi, daromadlari, harajatlari, foydasi kabilar.
Bu bo‘limlarning har biri bo‘yicha aniq chora-tadbirlar, konkret javobgarlik
belgilab qo‘yiladi. Alohida bo‘limlar bo‘yicha taqvim rejalar ishlab chiqilib, kim
nima qiladi, qanday bajaradi kabi masalalarni hal qilish yo‘llari aniqlanadi.
Rejalashtirish jarayoniga qo‘yiladigan talablarni quyidagicha ifodalash
mumkin:
www.sies.uz
Page 94 of 356
95
•
savdo korxonalarining rivojlanish g‘oyasini, maqsadini aniqlash;
•
asosiy maqsadga erishishni ta’minlaydigan tijorat g‘oyalarini namoyon qilish;
•
rejalashtirish – uzluksiz jarayon bo‘lib, barcha jamoaning ijodiy yondoshishini,
rag‘batlantirishni taqozo qiladi (jamoa a’zolari rejalashtirish jarayonida faol
qatnashishi, pirovard natijalarda ularning ish haqi undan bog‘liqligidadir);
•
reja barcha funksional bo‘limlarni, mutaxassislarni, boshliq bilan uning
qaromog‘idagi xizmatchilarni o‘zaro ta’siri va chambarchas bog‘lanishda,
birgalikda optimal aniqlashga erishish asosida tuzilishi kerak;
•
bozor konyukturasi o‘zgarish ehtimollariga mo‘ljallangan alternativ variantlar
mavjud bo‘lishi shart;
•
bozor iqtisodi sharoitida barcha resurslardan (ular chegaralangan) oqilona,
ratsional foydalanish, harajatlarning tejamliligini, natijalarning optimalligini
ta’minlash;
•
savdo faoliyatini chuqur, har tomonlama baholash maqsadida uning
samaradorligi me’zonini, ko‘rsatkichlarini aniqlash;
•
savdo faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash, uning ta’sir qilish
darajalarini chuqur tahlil qilish, asoslash imkoniyatlarni, yangi rezervlarini
aniqlash;
•
va nihoyat ishlab chiqarilgan hamda qabul qilingan dasturning bajarilishini
ta’minlash va nazorat qilish kabilardir.
5.2.4. Prognozlash va rejalashtirish turlari va bosqichlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalarni tezkor, joriy, o‘rta muddatli, strategik
(uzoq muddatli) tizimi qo‘llaniladi va bu asosida rejalashtirishni uzluksizligi
ta’minlanadi.
Rejalar alohida alomatlariga qarab tasniflanadi va alohida turlarga bo‘linadi.
Rejalarni tasnifi va turlari quyidagi 5.2.4.1-chizmada keltirilgan:
Jahon amaliyotida rejalashtirishning alohida bosqichlari, ya’ni rejalashtirish
jarayonining ketma-ketligi ishlabch iqilgan va ularga rioya qilishlik rejalashtirish
www.sies.uz
Page 95 of 356
96
jarayonini bosqichlarini (logik) mantiqiy bog‘liqligini ta’minlaydi.
Rejalashtirish bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi. Ularni umumlashtirib uch
bosqichga bo‘lish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |