Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/94
tarix02.06.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#127562
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   94
4-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-1-qism-Darslik.-B.Abdukarimov.T-2007

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5.2.4.3-chizma.
Strategik rejalashtirish bosqichlari 
Marketing tadqiqotlari asosida korxonaning rivojlanish istiqbolini 
aniqlash va uning raqobatbardoshligini baholash 
Bozor vaziyatiga bog‘liq muammolarni aniqlash, ularni hal qilish 
variantlarini asoslash va tanlagan variantning oqibatini baholash. 
Uzoq muddatli rejani tuzish 
Xo‘jalik faoliyatining strategik sohalari bo‘yicha maqsadli 
dasturlar ishlab chiqish 
 
Uzoq muddatli rejalar quyidagi tartibda tuzilishi ham korxonalar tajribasida 
ishlatilib kelinmoqda: 
- korxonaning maqsadi; 
- investitsiya va ishlab chiqarishni takomillashtirish; 
- resurslarni ishlatilish samarasi; 
www.sies.uz
Page 99 of 356 


100
- boshqarishni takomillashtirish; 
- raqobat vaziyatlarining tahlili; 
- korxona tarkiblarining resurslari, ularning samaradorligi kibilarni aniqlash, 
belgilash.
5.2.5. Prognozlash va rejalashtirish usullari
hamda ko‘rsatkichlari 
Metod grekcha «methodos» so‘zidan olingan bo‘lib «nimagadir yo‘l», bilish 
usulubi, jamiyat va tabiat hodisalarini tadqiqot qilish usuli ma’nosini bildiradi.
Rejalashtirish jarayonida balans usuli (moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari 
balansi), normallashtirish usuli, solishtirish indeks usuli, grafiklar, texnik-iqtisodiy 
hisoblar, sotsiologik tadqiqot, statistik guruhlash, iqtisodiy matematik usullar, 
ekspert baholash usuli kabilardan keng foydalaniladi.
Rejalashtirishda ko‘rsatkichlar tizimidan keng foydalaniladi. Ular qatoriga 
natural va qiymat; absolyut va nisbiy; son va sifat ko‘rsatkichlarini kiritish 
mumkin.
Sonli ko‘rsatkichlar absolyut miqdorda ifodalanib ishlab chiqarish hajmini 
(dona, tonna, m.k.m., Kl.vt., shartli banka): ishchilar soni; ish haqi fondi; daromad 
hajmi; foyda summasi kabilarni ifodalaydi.
Sifat ko‘rsatkichlari nisbiy miqdorlarda hisoblanadi va korxona faoliyatini 
samaradorligini o‘lchov birligi sifatida ko‘proq ishlatiladi. Bu ko‘rsatkichlar 
protsent, indeks, koeffitsiyent kabilarda o‘z aksini topadi.
Іajmiy ko‘rsatkichlar asosan ishlab chiqarish hajmini, ayrim 
ko‘rsatkichlarni absolyut miqdorini ifodalaydi (zahiralar miqdori, ishlab chiqarish 
www.sies.uz
Page 100 of 356 


101
hajmi, resurslar summasi va h.k.). 
Solishtirma 
ko‘rsatkichlar 
nisbiy 
miqdorlarda 
o‘lchanib 
(sifat 
ko‘rsatkichlarni bir turi), solishtirma og‘irlikni, solishtirma birlikni ko‘rsatadi. 
Masalan: ishlab chiaqrishni umumiy hajmida mahsulotni bir turini hissasi; umumiy 
ishchi-xizmatchilar ichida ishchilarning hissasi kabilar.
Savdo korxonalarida tovar aylanishi hajmi, assortimenti (so‘m); tovar 
zahiralari hajmi va assortimenti (so‘m); tovarlarni kelishi hajmi va assortimenti 
(so‘m). Bu uchala ko‘rsatkichlarni assortiment bo‘yicha miqdori natural 
ko‘rsatkichlarda (dona, metr, tonna va h.k.) hisobga olinadi, tahlil qilinadi va 
rejalashtiriladi.
Muomala harajatalri summasi, tarkibi, moddalari bo‘yicha (so‘m, %). 
Mehnat va ish haqi ko‘rsatkichlari. 
Daromad va foyda rentabellik ko‘rsatkichlari.
Asosiy va aylanma fondlarni ishlatish bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar.
Kapital mablag‘lar, kredit, soliq va to‘lovlar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar 
kabilar.
Tayanch iboralar: Prognoz, prognozlashtirish, reja, rejalashtirish, biznes 
reja, metodologiya, usul, indikativ, mutonosib, ilmiylilik, uzluksizlik, optimallik, 
moslanuvchanlik, strategik nazorat,taktik, tezkor, lokal-tafsilotlashtirish, g‘oya, 
maqsad, sifat ko‘rsatkichlari, xajmiy ko‘rsatkichlar, solishtirma ko‘rsatkichlar. 
Takrorlash uchun savollar.
1. Prognoz, prognozlashtirish nimalarni anglatadi? 
2. Reja va rejalashtirishni mazmunini yoriting? 
3. Prognozlashtirish bilan rejalashtirishning farqini ayting? 
4. Rejalarni turlarini ayting? 
5. Rejalashtirish metodologiyasini tushintirib bering? 
6. Rejalashtirish qoidalarini ayting? 
7. Rejalashtirishda qanday usullardan foydalaniladi? 
8. Prognozlash va rejalashtirishga qanday talablar qo‘yiladi? 
www.sies.uz
Page 101 of 356 


102

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin