6.1.1.1-chizma.
Savdo korxonalarining resurslari
www.sies.uz
Page 104 of 356
105
Barcha resurslar
Asosiy
fondlar
Aylanma
fondlar
(mablag‘lar)
Tovar, firma
belgisi
Xodim-
lar soni
Pul mablag‘lari
(naqd va naqd
bo‘lmagan)
Mehnat
predmetlari
Litsenziya
Xususiy
Mehnat
qurol-lari
Potent
Єarzga olingan
Nau-xau
Muddati bir
yilgacha
bo‘lgan mehnat
qurollari
Muallif-lik
huquqi
Gidvul
Jalb etilgan
(tovarlarni kelishi va
to‘lanishi davridagi
farqida vujudga
keladi)
Franshiz-lar
Tashkiliy va
muddati uzayti-
rilgan harajatlar
Pulga
tenglashtirilgan
qimmatli qog‘ozlar
6.1.2. Asosiy fondlar tushunchasi, tarkibi va baholanishi
Moddiy
resurslar
Nomoddiy
resurslar
(aktivlar)
Mehnat
resurslari
Moliyaviy
resurslar
www.sies.uz
Page 105 of 356
106
Asosiy fondlar moddiy resurslarning bir qismini tashkil qiladi. Ular savdo
korxonalari faoliyatida ishlatiladigan mehnat qurollarining qiymatidan iborat
bo‘lib, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish shakllariga bo‘linadi.
Buxgalteriya hisobiga muvofiq asosiy fondlarga ishlatish davri bir yildan
yuqori bo‘lgan, moddiy aktivlar qiymati kiradi. Bundan kelib chiqadiki, asosiy
fondalrni natural-moddiy ko‘rinishi faoliyat jarayonida ko‘p yillar xizmat qiladi,
ya’ni shakli o‘zgarmaydi va o‘z qiymatini qisman tovar qiymatiga o‘tkazib beradi.
Shunday qilib, asosiy fondlar – savdo jarayonida uzoq muddat, ko‘p
marotabalab ishtirok etadigan, o‘z qiymatini tovarlarga qisman o‘tkazib turadigan
mehnat qurollarini qiymatining puldagi ifodasidir.
Savdo korxonalarida asosiy fondlarning natural-moddiy tarkibi (elementlari)
quyidagilardan iborat:
I – arxitektura – qurilish ob’ektlari (do‘konlar, omborlar, ommaviy ovqatlanish
korxonalari va h.k.);
II – inshoatlar, qurilish ob’ektlari, har xil mahsulotlarni (neft) saqlaydigan joylar,
ko‘prik inshootlari, har xil quduqlar, suv chiqaruvchi inshoatlar, har xil
to‘siqlar (devor) va h.k.;
III – uzatma mexanizmlar, elektr uzatmalari, bug‘, suv uzatmalari va inshoatlari,
telefon uzatmalari va h.k.;
IV – mashina uskunalar: bug‘lanuvchi mashinalar va qozonlar, elektr mashinalari,
o‘zi yurar yoki siljiydigan elektrostansiyalar, kompressorlar, ko‘taruvchi
kranlar, tovarlarni qadoqlash uchun uskunalar, texnologik va issiqlik beruvchi
uskunalar, avtomat mashinalar: savdo avtomatlari, o‘lchov qurollar –
dozatorlar va h.k. hamda o‘lchaydigan va boshqaradigan asboblar,
laboratoriya uskunalari kiradi;
V – asboblar va har xil mehnat qurollari, materiallarni qayta ishlash uchun har xil
moslamalar;
VI – xo‘jalikdagi ishlab chiqarish asbob-uskunalari: ishchi stollar, peshtaxtalar,
savdo shkaflari, idishlar qo‘yiladigan har xil asbob-uskunalar, tovarlar va
boshqa narsalarni saqlaydigan tokchali uskunalar (stellaj) va h.k.;
www.sies.uz
Page 106 of 356
107
VII transport vositalari: avtomobil vositalari, traktorlar, motorollerlar, mototsikllar,
harakatchan suv transporti vositalari, omborxonalardagi ko‘taruvchi transport
vositalari va h.k.;
VIII xo‘jalikdagi mebellar, yonmaydigan shkaflar, yozadigan mashinkalar va h.k.;
IX – kompyuter texnikasi – kompyuter, skaner, printer, kalonka, elektron pochta,
faks va h.k.;
X – ishchi va mahsuldor har xil hayvonlar (ot, tuya, sgir, cho‘chqa va boshqa
hayvon va parrandalar);
XI – ko‘p yillik hosil-meva beradigan daraxtlar, o‘simliklar va hududdagi har xil
ko‘katlar;
XII – yerlar, sug‘oriladigan melioratsiyaga tegishli inshoatlar, suv havzalari, yer
uchastkalari;
XIII – kutubxonalar va kutubxonalardagi asbob-uskunalar;
XIV – ishlatish muddati bir yildan ko‘p bo‘lgan mehnat qurollari.
Ishlab chiqarishga taalluqli asosiy fondlarga savdo korxonalarida to‘g‘ridan-
to‘g‘ri tovarlarni ishlab chiqarishdan iste’molchiga yetkazishda, oldi-sotdi
jarayonini va savdo xizmatlari amalga oshirishda qatnashadigan mehnat qurollari
kiradi.
Noishlab chiqarishga taalluqli asosiy fondlar tarkibiga savdo korxonasiga
taalluqli ma’muriy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarga qarashli binolar, inshoatlar,
jihozlar, uy-joy, kommunal xo‘jaligi, klublar, stadionlar, bog‘chalar, sanatoriyalar,
poliklinika, shifoxonalardagi mehnat qurollari kiradi.
Asosiy fondlar oldi-sotdi va savdo xizmati jarayonlarida o‘zini natural-
moddiy shaklini saqlab qolgan holda, ko‘p marotalab, uzoq muddatda xizmat
qilishi, o‘z qiymatini asta-sekin tovar qiymatiga o‘tkazishi, qiymatini aylanish
xususiyati (asta-sekin iste’mol qilinishi va bir vaqtda shaklan o‘zgarishi) bilan
aylanma fondlardan keskin farq qiladi.
Shu sababli tovar resurslari, pul mablag‘lari asosiy fond bo‘la olmaydi.
Asosiy fondalr faol (aktiv) va passiv mehnat qurollariga bo‘linadi. Asosiy
fondalrning faol (aktiv) qismiga – mashinalar, uskunalar, o‘lchash, sozlash
www.sies.uz
Page 107 of 356
108
asboblari va qurilmalari, kompyuter va hisoblash texnikasi (kassa apparatlari),
transport vositalari kabilar kiradi. Yuqorida keltirilgan tavsifni III, IV, V, VI, VII,
VIII va IX bandlarida keltirilgan asosiy fondalr elementalrini kiritish mumkin.
Passiv asosiy fondlarga savdo jarayonini amalga oshirishga shart-sharoit
yaratadigan mehnat qurollari, ya’ni binolar, inshoatlar kiradi. Asosiy fondalrning
xizmat qilish davri, ular qiymatini aylanish vaqti bilan belgilanadi.
Asosiy
fondalr
–
mulk
shakliga,
ishlab
chiqarishga
aloqasi,
ammortizatsiyaga nisbatan, amortizatsiya normasiga binoan va soliqqa tortilishiga
nisbatan tavsiflanadi.
1. Mulkka nisbatan – xususiy va arendalangan.
2. Ishlab chiqarishga qatnashishi bo‘yicha – ishlab chiqarish va noishlab
chiqarish (savdoda ishlab chiqarishga – savdoga oldi-sotdiga taalluqli qurollar
va noishlab chiqarishga – ma’muriy binolar, inshoatlar, jihozlar, uy-joy,
kommunal xo‘jaligi, klublar, stadionlar, bog‘chalar, shifoxonalar).
3. Amortizatsiyaga
nisbatan
–
amortizatsiyalanuvchi
va
amortizatsiya
qilinmaydigan. Oxirgisiga – ishchi va mahsuldor hayvonlar, kutubxona fondi,
ko‘p yililk ekinlar, o‘rnatilmagan jihozlar, konservatsiya qilingan vositalar
(O‘zRVM qarori asosida), to‘la amortizatsiyalangan vositalar.
4. Amortizatsiya normalariga qarab:
20 % - kompyuter texnikasi, uning zarur jihozlari; yengil avtomobillar, taksi,
avtotraktor texnikasi, maxsus instrumentlar va zaruriyatlar (prinadlejnosti).
15 % - yuk avtomobillari, avtobus, maxsus avtomobillar va avto pritseplar,
ishlab chiqarish mashinalari va jihozlari, ofis mebellari;
8 % - dengiz, temir yo‘l, havo transport vositalari, jihozlari,
elektrodvigatellar, dizel generatorlar, truboprovodkalar, elektroperedachi va aloqa
jihozlari;
5 % - bino, inshoatlar;
10 % - yuqoridagilarga kiritilmagan boshqa amortizatsiyalanuvchi asosiy
fondlar.
Asosiy fondlar baholanishi – boshlang‘ich qiymati, tiklanish qiymati, qoldiq
www.sies.uz
Page 108 of 356
109
qiymati bo‘yicha baholanadi.
Dostları ilə paylaş: |