Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/94
tarix02.06.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#127562
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   94
4-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-1-qism-Darslik.-B.Abdukarimov.T-2007

Boshlang‘ich qiymati – asosiy fondni sotib olish qiymati, uni tashish, 
o‘rnatish, montaj, ishlatish uchun ishchilarni o‘qitish harajati, boj harajatlar va 
ЄЄS (qo‘shimcha qiymat solig‘i) yig‘indisi.
Tiklash qiymati – boshlang‘ich qiymati qayta baholash hisobi bilan va 
kengaytirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish uchun ketgan 
harajatlar yig‘indisi.
Єoldiq qiymati – boshlang‘ich qiymatidan amortizatsiya jamg‘armasini 
ajratib tashlangandan qolgan qismi.
Asosiy fondlarni ishlatishda uni eskirishi ko‘rsatkichi ishlatiladi. Bu 
ko‘rsatkich asosiy fondlarni biror bir davrida tovarlarga o‘tkazilgan iste’mol 
qiymati bilan belgilanadi.
Asosiy fondlarni eskirishi ikki xil tarzda bo‘lishi mumkin.
Birinchidan, jismoniy eskirish, ularni texnik ishlatilish xususiyatini ishlab 
chiqarish jarayonida yoki tabiiy shart-sharoitlar natijasida yo‘qolishi, yemirilishi 
natijasida ro‘y beradi.
Ikkinchidan, ruhan eskirish, ya’ni imlmiy-texnik taraqqiyot natijasida 
ishlatilayotgan asosiy fondlarga nisbatan qudratliroq, unumdorliroq yangi mehnat 
qurollarini yaratilishi natijasida eskilarini ishdan chiqarilishi tushuniladi.
Amaliyotda asosiy fondlarni jismoniy eskirish darajasi amortizatsiya 
ko‘chirmasi miqdori bilan belgilanadi.
Asosiy fondlarning amortizatsiya ko‘chirmasi – bu xususiy asosiy 
fondlarning eskirish qiymatining puldagi ifodasidir.
Amortizatsiya pul shaklida to‘planib boriladi va asosiy fondalrni yangilash, 
kapital ta’mirlash uchun ishlatiladi. Asosiy fondlarni joriy va kapital ta’mirlash 
davrida va ishlatilmay turgan davrida amortizatsiya ko‘chirmalari amalga 
oshirilmaydi. Amortizatsiya faqat xususiy asosiy fondlardan ko‘chiriladi.
Asosiy fondlarni amortizatsiya qiymati (summasi) muomala (davr) harajatlar 
tarkibiga kiritiladi.
Amortizatsiya ko‘chirmasi har oyda, belgilangan yillik normalar orqali 
www.sies.uz
Page 109 of 356 


110
amalga oshiriladi. Iqtisodiy asoslangan normalar asosiy fondlarni ma’naviy va 
jismoniy eskirishini qoplashni ta’minlashi zarur.
Amortizatsiya normalari asosiy fondlarning boshlang‘ich (balans qiymati) 
qiymatiga nisbatan foiz miqdorida belgilanadi.
Asosiy fondlarni eskirishini qisman tiklash ularni joriy ta’mirlash muomala 
(davr) harajatlari tarkibida, kapital ta’mirlash amortizatsiya fondida o‘z aksini 
topadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish 
jarayonida uning qiymati quyidagicha o‘zgarib boradi: 
Boshlang‘ich eskirish qoldiq eskirish 
qiymati - qiymati, ya’ni = qiymati - qiymati = 
amortizatsiya 
qoldiq eskirish 
= qiymati - qiymati = - - - - «P» yil - yangilanishi 
Mehnat qurollarining boshlang‘ich qiymati joriy baholarda hisob-kitob 
qilinadi. Shu sababli asosiy fondlarni tiklanish qiymati hisoblanadi.
Boshlang‘ich qiymati x J
rt
+ kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya 
qilish harajatalri = tiklanish qiymati.
Bu yerda: J
rt
– baho va tariflar indeksi 
Tiklanish qiymati asosiy fondlarni qayta baholash to‘g‘risidagi hukumat 
qarorlari asosida belgilanadi.
Asosiy fondlarni ishlatish jarayonidan kelib chiqib, ularni iste’mol qilingan 
va iste’mol qilinmagan qismlarga ajratish mumkin.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin