ortiqcha mehnat va moddiy harajatlar sarf qilish talab qilinmaydi. Bularga havo,
quyoshning nuri, suv kabilar kiradi. (bu yerda hayotning boshlang‘ich etapi
to‘g‘risida gap ketyapti.) Albatta ilmiy – texnik taraqqiyot asosida hayotning
rivojlanishi bu guruh moddiy borliqlar uchun ham aqliy va jismoniy mehnatni,
moddiy resurslarini sarf qilish zaruriyatini tug‘diradi. Bular tabiatan berilgan in’om
hisoblanadi. Ular erkin taqsimlanadi, hammani ehtiyojiga yarasha, sarf qilgan
mehnatni yoki jamiyatda tutgan o‘rni, mavqeyidan qat’iy nazar. Ikkinchi kategoriya
moddiy borliq hayotda chegaralangan bo‘lib, insonning mehnati bilan, tabiatdagi
moddiy borliqni o‘z ehtiyojiga moslashtirish natijasida ishlab chiqiladi.
Bu
ikkinchi kategoriya moddiy boyliklar kam, yoki ularni yaratish
chegaralangan bo‘lib, ularni ishlab chiqish uchun mehnat moddiy va moliyaviy
harajatlar zarur bo‘ladi. Shuning uchun ham ular xo‘jalik yuritish natijasida vujudga
kelgan vositalarga kiradi.
Mana bu moddiy boyliklar xo‘jalik yurituvchilarni va iqtisodchi –
nazariyotchilarni qiziqtiradigan, ular o‘rganadigan, tadqiqot qiladigan jarayondir.
Shuni ta’kidlash joizki, bu moddiy boylikni kichik bir qismi yo‘q bo‘lsa, yoki
isrof qilinsa, u yo‘qotish, zarar sifatida qabul qilinadi, chunki uni o‘rnini to‘ldirish
uchun yangidan resurslarni harajat qilish, vaqt sarflash zarur bo‘ladi.
Shuning uchun bu boyliklar alohida ahamiyatga sazovor bo‘lib, ular
insonlarning moddiy farovonligiga bog‘liqdir. Ular xo‘jalik yurituvchining alohida
e’tiboriga olinadi, baholanadi. Xo‘jalik yurituvchilar, iste’molchilar, bu tipdagi
moddiy borliqni tejamli sarflashga harakat qiladi. Shuning uchun ham ularni ishlab
chiqish, maqsadga muvofiq hisob – kitob asosida, xo‘jalik faoliyati yuritish
natijasida vujudga keladi.
Xo‘jalik faoliyatining maqsadga muvofiqligi ikki tomonlama harakterga ega.
Birinchidan, texnikaviy, ya’ni tabiiy resurslarni inson ehtiyojlariga eng
yangi, qulay vositalar asosida moslashtirishdir. Xo‘jalik faoliyatini texnik
tomonlarini texnik fanlar o‘rganadi.
Dostları ilə paylaş: