Barcha iqtisodiy fanlar bir-birlari bilan chambarchas bog‘liqlikda bo‘lib, har
birini jamiyat iqtisodiyotini rivojlantirish va takomillashtirishda o‘ziga xos
ahamiyati bor.
1.3.Ichki savdo iqtisodiyoti fanining ob’ekti va predmeti.
Ob’ekt lotincha «objectum» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbekcha narsa, buyum
mazmunini bildiradi.
Falsafada esa, ob’ekt so‘zi bizdan tashqarida va bizning
www.sies.uz
Page 14 of 356
ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan borliq, voqeylik, moddiy dunyo,
mavjudod mazmunida kishi faoliyati, diqqat e’tibori qaratilgan hodisa, predmet yoki
shaxs ma’nosida ham ishlatiladi.
Oddiy hayotda ob’ekt korxona, tashkilot, muassasa yoki biror bir faoliyat
o‘tkaziladigan joy ma’nosida ishlatiladi.
Іar qanday fanning o‘rganadigan, uning maqsadi qaratilgan ob’ekti mavjud.
Ichki savdo iqtisodiyoti fanining ob’ekti nima hisoblanadi?
Savdo deganda,
bozor, magazin, laryok, ya’ni savdo bilan shug‘ullanadigan joy, bino ko‘z oldimizga
keladi. Lekin binoni, magazin yoki laryokning joylashtirilishi, qurilishi, arxitekturasi
va boshqa texnikaviy jihatlari ob’ekt sifatida o‘rganadigan fanlar mavjud.
Ichki savdo iqtisodiyoti fanining metodologiyasi, uning maqsadi, diqqat
e’tibori savdo faoliyatida sodir bo‘layotgan iqtisodiy jarayonga qaratiladi. Ya’ni
savdoda ro‘y berayotgan iqtisodiy reallikni o‘rganishga qaratiladi.
Biz yuqorida keltirilgan «Ob’ekt» so‘zini falsafiy
mazmunidan kelib chiqsak,
ichki savdo iqtisodiyoti fanining e’tibori unda sodir bo‘layotgan iqtisodiy jarayonlar,
ya’ni tovarlarni ishlab chiqarishdan iste’molchilarchilarga yetkazishda ro‘y
berayotgan iqtisodiy jarayonlarga qaratiladi.
Bu yerda tovarlarni tashish, saqlash, qadoqlash kabi texnologik jarayonlar
emas, ushbu jarayonlarni va oldi – sotdi jarayonida ro‘y berayotgan iqtisodiy
jarayonlarni ko‘z oldimizga keltirishimiz zarur.
Predmet so‘zining
mazmuni ikki xil, birinchidan, narsa, moddiy vosita,
xodisa sifatida,
ikkinchidan, xayol, fikr qaratilgan narsa, uning mazmuni yoki
faoliyat qaratilgan hodisa, jarayon deb tushuniladi.
Fan predmetini aniqlashda biz so‘zning ikkinchi mazmunidan kelib chiqib
aniqlashimiz zarur.
Ichki savdo iqtisodiyoti fani o‘z ob’ektida ro‘y
berayotgan real iqtisodiy
jarayonlar, hodisalarni o‘rganib, ularning ahamiyati, holati va kelajagini yoritib,
ma’lumot yoki xulosalar berishni o‘rganishi zarur.
Ushbu fanning ob’ekti bo‘lmish savdo jarayonida ro‘y berayotgan iqtisodiy
reallik qanday, qachon va nimada namoyon bo‘ladi,
hozirgi holati va kelajakda
www.sies.uz
Page 15 of 356
qanaqa natija beradi? – degan savollarga javob berish uchun fanning predmetini,
unda qo‘llaniladigan usullarni, maqsad va vazifalarni nazariy jihatdan asosli aniqlab
olishimiz zarur.
Buning uchun savdo faoliyatida shakllanadigan iqtisodiy jarayonlar, (reallik),
xodisalar qanday vositalar orqali vujudga kelishini aniqlab olishi kerak.
Umuman, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish (ishlab chiqarish,
taqsimot,
ayriboshlash va iste’mol) jarayonidagi faoliyatlar, jumladan savdoda ham sodir
bo‘ladi.
Jamiyatda takror ishlab chiqarish jarayoni quyidagi omillar orqali harakatda
bo‘ladi:
Dostları ilə paylaş: