Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc


 Aylanma fondlar (mablag‘lar) tushunchasi, tarkibi va ko‘rsatkichlari



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/94
tarix02.06.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#127562
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94
4-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-1-qism-Darslik.-B.Abdukarimov.T-2007

6.2. Aylanma fondlar (mablag‘lar) tushunchasi, tarkibi va ko‘rsatkichlari 
 
6.2.1. Aylanma fondlar (mablag‘lar) tushunchasi, harakati va ahamiyati 
6.2.2. Aylanma fondlar (mablag‘lar) tarkibi 
6.2.3. Aylanma fondlar (mablag‘lar)ning ko‘rsatkichlari 
6.2.1. Aylanma fondlar (mablag‘lar) tushunchasi,
harakati va ahamiyati
Savdoning aylanma fondlari deganda, muomaladagi mehnat predmetlari va 
ayrim ishlatilish muddati 1 yilgacha bo‘lgan mehnat qurollari qiymatining puldagi 
ifodasi tushuniladi. Aylanma fondlarga ayrim kassadagi va hisob raqamlaridagi 
moliyaviy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan mablag‘lar ham kiritiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida chet el nazariyasi va amaliyoti iqtisodiyotga 
kirib kelayotgan davrda, xalqaro buxgalteriya hisob standartlari va milliy hisobot 
tizimini amaliyotda qo‘llanilishi munosabati bilan «Aylanma fondlar» «Aylanma 
www.sies.uz
Page 118 of 356 


119
mablag‘lar» termenlari o‘rniga «Aylanma kapital» yoki «Aylanma aktivlar» kirib 
keldi. Yuqorida keltirilgan tushunchalar mazmunan bir xil bo‘lib, faqat boshqacha 
termenlar bilan atalmoqda. Shu sababli bizlar bundan buyon ushbu kategoriyani 
mazmunidan kelib chiqib, «Aylanma mablag‘lar» termenini ishlatishni maqsadga 
muvofiq deb topdik.
Aylanma mablag‘lar o‘z qiymat mazmuniga binoan, muomala jarayoniga 
zarur bo‘lgan mehnat predmetlari, ishlatilish muddati bir yilgacha bo‘lgan mehnat 
qurollarini sotib olish uchun zarur bo‘lgan pul ta’minotidir.
Aylanma mablag‘lar natural-jismoniy ko‘rinishi nuqtai nazaridan joriy 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini ta’minlaydigan va bir yilgacha bo‘lgan davrida 
iste’mol qilinadigan moddiy boyliklarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Aylanma mablag‘larning manbalari bo‘lib korxonaning o‘z mablag‘lari, 
qarzga olingan mablag‘lar va jalb etilgan mablag‘lar hisoblanadi.
Korxonani tashkil topishda aylanma mablag‘lar uning tasischilari mablag‘i 
hisobidan shakllanadi (ustav fondi), keyinchalik uni to‘ldirish korxona foydasi, jalb 
qilingan mablag‘lar (passivlar) hisobidan to‘ldiriladi.
Aylanma mablag‘lar asosiy fondlardan farqli bo‘lib, ular muomala jarayoni 
bir siklida to‘la iste’mol qilinadi va o‘z qiymatini tovarlar va savdo xizmatlari 
qiymatiga to‘la o‘tkazadi.
Aylanma mablag‘larni likvidlik darajasi juda yuqori, ayrim tarkiblarini 
likvidligi qariyb «1»ga teng bo‘ladi.
Savdo jarayonida aylanma mablag‘lar bir turdan ikkinchi turga aylanib 
turishi mumkin.
Aylanma mablag‘lar doimiy harakatda bo‘ladi. Ular savdo jarayonining bir 
siklida takror ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqaruvchilar yoki vositachilardan tovarni sotib olishda savdoning 
aylanma mablag‘lari ishlab chiqaruvchilar yoki vositachilarning aylanma 
mablag‘iga aylanadi, savdoga ular tovar shaklida muomalaga kirib keladi. Ushbu 
jarayonda ishlab chiqarishni takrorlanishini tezlashtirishga vosita bo‘lib xizmat 
qiladi, savdo uchun uning asosiy funksiyasini bajarilishini ta’minlaydi, ya’ni ishlab 
www.sies.uz
Page 119 of 356 


120
chiqarishdan tovarlarni iste’molchiga yetkazish va oldi-sotdi jarayoni davom 
ettirishni ta’minlaydi. Ushbular bilan bir qatorda iste’molchilarni talabini 
qondirishga yo‘l ochib beradi.
Ikkinchi jarayonda aylanma mablag‘lar tovar shaklidan pulga aylanadi, 
bunda tovarlar muomala jarayonidan iste’mol jarayoniga o‘tadi, pul esa yana 
muomala jarayonini takrorlash uchun harakatga o‘tadi. Bu pullar yangi mehnat 
predmetlarini sotib olishga yo‘naltiriladi va jarayon takrorlanadi.
Ushbu jarayonda aylanma mablag‘lar bir tomondan muomala jarayonini 
tezlashtiradi va ikkinchi tomondan iste’molchilar talabini qondiradi.
Aylanma mablag‘larni takrorlanish tezligidan savdo korxonalarining 
raqobatbardoshligi, ularni samaradorligi darajasi bog‘liqdir. Shu sababli aylanma 
mablag‘larni takrorlanishini tezlashtirish katta ahamiyatga egadir.
Aylanma mablag‘larni miqdoriga har xil omillar ta’sir qiladi. Ularning biri 
aylanma mablag‘larni takrorlanishini tezlashtirsa, ikkinchisi sekinlashtirishi 
mumkin.
Umuman aylanma mablag‘larga ta’sir qiluvchi omilalrni uch xil guruhga 
ajratish mumkin: umumiqtisodiy, tashkiliy va texnik-texnologik omillarga.
Umumiqtisodiy omillarga, tovar aylanishi va uni tarkibini (assortiment 
tarkibini) o‘zgarishi, ishlab chiqarish, tovar va boshqa moddiy ne’matlar bilan 
ta’minlovchilarni dislokatsiyasi, ya’ni hududiy joylanishi, savdo xizmatchilarini va 
savdoga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar ishchilarini mehnat unumdorligi darajasi 
kabilarni kiritish mumkin.
Tashkiliy omillarga savdo shaxobchalarini hajmi, ixtisoslashish, savdoni 
yangi progressiv usullarini qo‘llash, boshqarishni takomillashtirish, savdo-
vositachilik bo‘g‘inlarini qisqartirish kabilar kiradi.
Texnik-texnologik omillar ilmiy-texnik progressni joriy qilish bilan bog‘liq 
bo‘lib, ularga savdoga yangi jihozlarni, texnologik jarayonlari joriy qilish, savdoga 
xizmat qiluvchi tarmoqlarni texnik-texnologik taraqqiyoti (aloqa, transport, 
komunal xo‘jaligi kabilar) kiradi.
Ushbu omillardan ayrimlari aylanma mablag‘larni miqdorini oshirishga olib 
www.sies.uz
Page 120 of 356 


121
keladi. Bularga savdo xizmatini sifatini yuqorilash bilan bog‘liq tadbirlar savdo 
shoxobchalarini kengaytirish, yangisini qurish, tovar aylanishi tarkibida 
(assortimentida) aylanma mablag‘larni takrorlanish jarayonini susaytirishga olib 
keladigan tovarlar hissasini ortishi kabilar kiradi.
Aylanma mablag‘larni kamaytirishga olib keladigan omillarga moddiy va 
moliyaviy resurslarni tejamli ishlatilishiga qarashli tadbirlar, tovar zahiralarini 
aylanish tezligini oshirish, tovar aylanishi tarkibida aylanma mablag‘larni 
takrorlanish jarayonini tezlashtirishga olib keladigan tovarlar hissasini ko‘payishi 
kabilar kiradi.
Yuqoridagi omillarni ob’ektiv va sub’ektiv omillarga ham ajratish mumkin. 
Ob’ektiv omilalr savdo korxonasi va uni ta’minlovchilarni xo‘jalik yuritish tartibi, 
savdo korxonalari faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan omillar kiradi.
Sub’ektiv omillari boshqaruv apparat xodimlari va savdo xizmatchilarni 
kasbiy mahorati, ishlash prinsiplari, savdoni to‘g‘ri ratsional tashkil qilish borasida 
qabul qilingan qarorlarni joriy qilinishini va h.k. kiradi. Sub’ektiv omillar inson 
omili bilan bog‘liqdir.
O‘tgan mavzuda savdoni resurslari ,uni asosiy fondlari to‘g‘risida 
suxbatlashgan edik. Resurslar ,jumladan asosiy fondlar, aylanma mablag‘lar hamda 
moliyaviy resurslar to‘g‘risida fikr yuritilganda ushbu resurslarni bir-biri bilan 
tig‘iz bog‘liqligi, xo‘jalik faoilyati jarayonida ularni bir shakldan ikkinchi shaklga 
o‘zgarishi, ya’ni natural-moddiy shakldan qiymat, pul shakliga va teskarisi, 
qiymat, pul shaklidan natural-moddiy shaklga o‘tganda asosiy fondlar, 
amartizatsiyasi shaklida moliyaviy resurslar kapital mablag‘ shaklidan asosiy 
fondlarga aylanishini kuzatamiz.
Xuddi shunday o‘zgarishlar aylanma mablag‘lar va moliyaviy resurslar 
o‘rtasida ham ro‘y beradi. Masalan: tovarlar sotilish jarayonida debitor qarzga 
aylanishi, tovarlar oldi-sotdi jarayonida yuridik va jismoniy shaxslarni qarzdor 
bo‘lib qolishi, ushbu jarayonda savdo korxonalarini kreditor bo‘lib qolishi, ya’ni 
ishlab chiqaruvchi yoki boshqa ta’minotchilardan qarzdor bo‘lib qolishi kabilar. 
Tovarlarga qo‘yilgan ustamalarni sotilishi natijasida savdo korxonalarini daromadi, 
www.sies.uz
Page 121 of 356 


122
foydasini shakllanishi.
Ushbu jarayonga iqtisodiyotga taalluqli adabiyotlarda e’tibor berilmaydi va 
bu jarayon yoritilmagan. Lekin bunday o‘zaro bog‘liqliklarni o‘rganish 
resurslaridan samarali foydalanish uchun tadbirlar ishlab chiqishda, samaradorlik 
ko‘rsatkichlarini aniqlash yoki tanlashda nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
6.2.2. Aylanma fondlar (mablag‘lar) tarkibi 
Aylanma mablag‘lar tarkibini nazariy va amaliy ahamiyati nuqtai nazardan 
natural-moddiy shakllari va qiymat ko‘rsatkichi sifatida tasniflash zarur.
Savdo korxonalarining aylanma mablag‘lari natural-moddiy shakllari 
bo‘yicha quyidagi tarkiblardan (elementlardan) iborat bo‘ladi: 
1. Tovar zaxiralari (chakana savdo shoxobchalarida, ulgurji savdo omborlarida, 
yo‘lda, ommaviy ovqatlanish korxonalarida). 
2. Xom ashyo va tayyor mahsulotlar (ommaviy ovqatlanish korxonalarida). 
3. Taralar, yoqilg‘i, qodoqlash materiallari. 
4. Xo‘jalik ehtiyojiga ishlatiladigan materiallar (kassa cheklari, kompyuter 
kraskalari kabi). 
5. Arzon inventarlar va ishlatilish muddati bir yilgacha bo‘lgan tez eskiradigan 
mehnat qurollari. 
6. Sanitariya va maxsus kiyim-kechaklar.
Aylanma mablag‘lar qiymati bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi.
1. 
Tovar zahiralari summasi. Aylanma mablag‘ tarkibida tovar zahiralarini 
summasi 60-70 % tashkil qiladi.
2. 
Materiallar zaxirasi va arzon inventarlar va ishlatish muddati bir yilgacha, tez 
eskiradigan mehnat qurollari summasi. 
3. 
Debitorlik qarzlari. Savdo korxonalariga qarzdor bo‘lgan yuridik va jismoniy 
shaxslarni tovarlar va boshqa narsalar bo‘yicha qarzlari summasi. 
4. 
Pul aktivlari. Savdo korxonalarining kassasidagi, bankdagi hisob va valyuta 
raqamlaridagi pul va boshqalar sifatidagi mablag‘lari. 
www.sies.uz
Page 122 of 356 


123
5. 
Єisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar. Savdo korxonalarini har xil 
qimmatbaho qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘lari, bankdagi depozit hisob 
raqamidagi pullari. Ularni ishlatilish muddati bir yilgacha, shu sababli ular 
iqtisodiy mazmuni jihatidan foyda (daromad) olish maqsadida qisqa muddat 
ichida bo‘sh pul mablag‘laridan foydalanishni ifoda qiladi. 
6. 
Aylanma mablag‘larni boshqa turlari. Bularga kelgusi davr qilingan harajatlar 
kiradi. Ushbu harajatlar kelgusi asosiy faoliyatga doir bo‘lib, lekin hisobot 
davrida amalga oshiriladi. Ularga masalan: oldindan to‘langan ijara haqlari; 
oldindan to‘langan boshqa tarmoqlarning xizmat haqlari; boshqa oldindan 
bo‘nak (avans) sifatidagi to‘lovlar kiradi. 
Ushbu harajatlar hisobot yilida amalga oshirilgan bilan kelgusi davrning 
muomala (davr) harajatlarida o‘z aksini topadi.
Aylanma 
mablag‘lar 
ularni 
rejalashtirilishi 
nuqtai 
nazardan 
normalashtiriladigan aylanma mablag‘lar va normalashtirilmaydigan aylanma 
mablag‘larga bo‘linadi.
Miqdori real aniqlanishi normalar va normativlar orqali mumkin bo‘lgan 
aylanma mablag‘lar normalashtiriladigan aylanma mablag‘lar tarkibiga kiradi.
Normalashtirilishi 
mumkin 
bo‘lgan 
aylanma 
mablag‘lar 
tarkibiga 
quyidagilarni kiritish zarur: 

tovar zahiralari (chakana savdoda, ulgurji omborlarda, ommaviy ovqatlanish 
shoxobchalarida, yo‘ldagi); 

kassadagi va yo‘ldagi pul mablag‘lari; 

tovarlar bilar turgan va bo‘sh taralar; 

kelgusi davr uchun qilinadigan harajatalr; 

moddiy-texnik ta’minot materiallari, yoqilg‘i, qadoqlash va xo‘jalik ehtiyoji 
uchun zarur bo‘lgan materiallar; 

belgilangan muddatda banklarga inkassa qilish uchun hisob-kitob hujjatlari 
topshirilmagan savdo korxonalariga yuborilgan tovarlar summasi; 

ommviy ovqatlanish shaxobchalaridagi (korxonalaridagi) xom ashyolar. 
Miqdorini rejalashtirilishi qiyin yoki mumkin bo‘lmagan aylanma 
www.sies.uz
Page 123 of 356 


124
mablag‘lar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: 

bankdagi hisob raqamida saqlanayotgan pul aktivlari; 

belgilangan muddatdan keyin banklarga inkassa qilish uchun hisob-kitob 
hujjatlari topshirilmagan savdo korxonalariga yuborilgan tovarlar summasi; 

har xil debitorlar; 

saqlash uchun moddiy javobgarlikka olingan tovarlar summasi (aksep qilish 
inkor qilingan holdagi); 

qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar.
6.2.3. Aylanma mablag‘lar ko‘rsatkichlari 
Aylanma mablag‘lar ko‘rsatkichlarini quyidagi guruhlarga taqsimlab 
o‘rganishni tavsiya qilamiz.
1. Aylanma mablag‘lar holatini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlar, bular absolyut 
miqdorlarda (natural va qiymat o‘lchov birliklarida) va o‘rtacha qiymat 
ko‘rsatkichida hisobotga olinadi. 
2. Aylanma mablag‘larni o‘zgarish tendensiyalari (dinamikasi) ko‘rsatkichlari.
3. Aylanma mablag‘lar tarkibini anglatuvchi ko‘rsatkichlar.
4. Aylanma mablag‘lar bilan korxonani ta’minlanganligi ko‘rsatkichlari.
5. Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin