Tovar zahiralari va tovarlarni kelishini tahlili.
9.3.1. Tovar zahiralari tushunchasi, turlari va ko‘rsatkichlari.
9.3.2. Tovar zahiralari ko‘rsatkichlariga ta’sir qiladigan omillar.
9.3.3. Tovar zahiralarining tahlili.
9.3.4. Tovarlar kelisi tushunchasi, manbalari va uning tahlili
9.3.5. Tovar zahiralari tushunchasi, turlari va ko‘rsatkichlari.
9.3.1.Tovar zahiralari tushunchasi, turlari va ko‘rsatkichlari.
Zahiralar insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida yaratilib kelingan.
Ibtidoiy jamiyatda zahiralar asosan iste’mol fondi shaklida paydo bo‘lgan. Ularni
tarkibi juda qisqa bo‘lib, asosan birlamchi ehtiyojni qondiruvchi mahsulotlardan
tashkil topgan. Umuman zahiralar ishlab chiqarish jamoa va induvidual iste’mol
uchun jamg‘ariladigan ishlab chiqarish vositalari va iste’mol mahsulotlardan tashkil
topadi. Shu sababli zahiralarni uch turga ajratish mumkin: Ularga quyidagilar kiradi:
1. Ishlab chiqarishdagi (xom ashyo, jihozlar);
2. Shaxsiy iste’moldagi(oila xo‘jaligida);
3. Tovar shaklida.
Bular bir biri bilan funksional bog‘liqlikda birining o‘zgarishi qolganlarining
o‘zgarishiga olib keladi.
Bu zahiralar bir biridan shakli, natural tarkibi, miqdori, joylanishi, to‘planishi
bilan farq qiladi.
Ishlab chiqarish zahiralari ishlab chiqarish vositalaridan tashkil topadi va
ishlab chiqarish jarayonini uzliksizligini ta’minlaydi. Ular qatoriga ishlab chiqarish
uchun zarur bo‘lgan xom ashyo, yoqilg‘i materialllar kiradi.
Shaxsiy iste’moldagi zahiralar tovarlarni ayriboshlash jarayonidan chiqib
iste’molchilar mulkiga aylangan vaqtidan vujudga keladi. Ya’ni ular aholi
ixtiyoridagi oziq – ovqatlar va nooziq – ovqatlardan tashkil topadi.
www.sies.uz
Page 262 of 356
263
263
Bozorga chiqarilgan yoki sotishga mo‘ljallangan mahsulot tovar deb
hisolanadi.
Tovarlar bozorda, ya’ni tovar muomilasi bo‘g‘inlarida, shaxobchalarida,
yo‘lda turgan davrda tovar zaxiralarini tashkil qiladi. Tovar zaxiralari ishlab
chiqarishdan iste’molgacha yetkazguncha bo‘lgan vaqtdagi tovarlar miqdoridan
iborat.
Tovar zahiralari tarixiy kategoriya bo‘lib, u mehnat mahsulini tovar shakliga
aylanishi, ya’ni tovar ishlab chiqarish va tovar ayirboshlash jarayonini vujudga
kelishi bilan shakllana boshlagan.
Іar qanday narsa yoki mahsulot tovar shaklida har doim bo‘la olmaydi. Shu
sababli har qanday zahira tovar zahirasi sifatida namoyon bo‘lmaydi.
Biz yuqorida aytganimizdek, tovar zahiralari bozorga chiqarilgan yoki
sotishga mo‘ljallangan mahsulotlar, ya’ni ayirboshlash bo‘g‘inlarida turgan tovarlar
miqdoridan iborat bo‘ladi. Tovar zahiralari tovarda mujassamlashgan iste’mol
qiymati va qiymatiga ega bo‘lishi kerak. Bunday sifatlar narsa yoki mahsulot
ayirboshlash yoki sotishga mo‘ljallangan bo‘lsagina vujudga keladi.
Tovar zahiralari mehnat vositalari hamda iste’mol tovarlaridan tashkil
topadi. Tovar zahiralarining shakllanishi ob’ektiv zaruriyatlardan vujudga keladi.
Birinchidan, bu ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlarining bir biri bilan
bog‘liqligi hamda birligiga qaramasdan zamon va makonda to‘g‘ri kelmasligi.
Ayrim davrlarda ishlab chiqarish hajmi va iste’mol miqdori bir biriga to‘g‘ri
kelmaydi. Bu tafovut ularni umumiy miqdori teng bo‘lgan holda ham doimo ortib
borishi mumkin. Bunga ishlab chiqarishni ixtisoslashishi, kengayishi, talabni
dinamik o‘sishi ta’sir qiladi. Bunday tafovut talab va taklifni mavsumiy
harakatlaridan ham kelib chiqadi. Bunday hollarda kengaytirilgan ishlab
chiqarishning uzluksizligi tovar zahiralari hisobidan ta’minlanadi.
Ikkinchidan, tovar zahiralarini zaruriyati tovarlarni tashish, saqlash, sotish va
tovarlarni iste’mol qilish kabi xususiyatlaridan kelib chiqadi. Tovarlarni tashish,
katta miqdordagi partiyalarda (vagon, konteynerlarda ) amalga oshirilsa samarali
bo‘ladi. Savdo shahobchalari mayda partiyalarda tovarlarni qabul qilishga intiladi.
www.sies.uz
Page 263 of 356
264
264
Bundan tashqari tovarlarni ishlab chiqarish assortimentini savdo assortimentiga
keltirish zarurati ham mavjud.
Uchinchidan, talab va taklifni tasodifiy o‘zgarishiga bog‘liq. Masalan,
ko‘zda tutilmagan iste’mol miqdorini u yoki bu tomonga o‘zgarishi. Tovar zahiralari
ayrim davrlarda shu tur tovarlar tanqislik kabi holatlarni oldini olish uchun tashkil
qilinadi.
To‘rtinchidan, tovar zahiralari jamg‘arish elementi sifatida ham zarur
bo‘ladi. Bu hol milliy boylikni ortib borishini anglatib, ishlab chiqarish va
ayirboshlashda tovar zahiralarini o‘sishida o‘z aksini topadi.
Beshinchidan, tovar zahiralari favqulotda holatlarni oldini olish maqsadida
jamg‘ariladi. Bunga davlat rezervlarini kiritish mumkin.
Oltinchidan, baho omilini ta’siri natijasida vujudga keladi. Masalan, ko‘p
miqdorda ishlab chiqaruvchilardan tovarlarni sotib olish, ularni ulgurji baholarini
pasaytirishga olib keladi. Bu esa ulgurji olib sotuvchilar uchun foydali bo‘ladi va
ular ushbu zaruriyatdan kelib chiqib tovar zahiralarini ko‘paytirishga intiladi.
Va nihoyat, tovar zahiralari sub’ektiv omillarga ham bog‘liq. Ular
chayqovchilik maqsadlaridan kelib chiqadi. Arzon bahoda sotib olib qimmat sotish
bilan bog‘liq. Bu masala oltinchi omildan maqsadi va mazmuni bo‘yicha farqlanadi.
Yuqorilardan kelib chiqib, tovar zahiralarini vujudga kelishi kengaytirilgan
takror ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlaridan kelib chiqishini ta’kidlash
mumkin. Tovar zahiralari hisobotda, tahlil va rejalashtirishda bir necha xil alomatlari
bo‘yicha tavsiflanadi.
Tovar zahiralari tashkil topishi va ishlatilishi nuqtai nazaridan (saqlanish
muddati, tashkil topishi va yo‘naltirish maqsadiga qarab) tavsiflanadi. Saqlash
muddatiga qarab, qisqa muddatli va uzoq muddatli tovar zahiralariga ajratiladi.
Tashkil topishi va yo‘naltirish maqsadiga binoan tovar zahiralari joriy,
mavsumiy va sotish muddatidan ilgari tashiladigan zahiralar hamda kafolatli
zahiralarga bo‘linadi. Joriy zahiralar qisqa muddatli zahiralarni, qolganlari uzoq
muddatli zahiralar guruhini tashkil qiladi.
Joriy zahiralar yaqin muddat ichida tovarlarni joriy sotilishini ta’minlash
www.sies.uz
Page 264 of 356
265
265
uchun tashkil qilinadi va yo‘naltiriladi. Ular har kuni ishlatiladi va muntazam
to‘ldirib boriladi.
Mavsumiy zahiralar ishlab chiqarilishi uzluksiz bo‘lgan va iste’mol qilinishi
yil mavsumiga bog‘liq bo‘lgan tovarlardan tashkil topadi. Masalan, yozgi tovarlar
qish va bahor mavsumlarida saqlansa, qishki tovarlar yoz va kuz mavsumlarida
saqlanadi.
Mavsumiy tovar zahiralari tarkibida uzoq muddatga saqlanadigan qishloq
xo‘jalik mahsulotlari ham hisobotga olinadi. Bunday tovarlar mavsumiy ishlab
chiqarish harakteriga ega bo‘lib, yil davomida iste’mol qilinadi. Bular qatoriga
kartoshka, meva va sabzovotlar kiradi.
Sotish muddatidan ilgari tashkil qilinadigan tovar zahiralari tabiiy shart
sharoiti bo‘yicha qish davrida tovarlarni tashish imkoniyati bo‘lmaydigan
hududlarga, transport qatnash imkoniyati bo‘lgan (asosan yoz davrida) vaqtida
tovarlarni oldindan yetkazib qo‘yish va qish davrida sotishni ta’minlash bilan bog‘liq
bo‘lgan tovardan iborat bo‘ladi.
Tovar ayirboshlash jarayonida kafolatli tovar zahiralari alohida o‘rin tutadi.
Bunday zahiralar tovar aylanishini ta’minlash uchun boshqa turdagi zahiralar tugab
qolgan davrda, uni uzluksizligini ta’minlash uchun tashkil qilinadi. Bunday tovarlar
ham sotilishi muddatidan ilgari tashkil qilinadi (tashib qo‘yiladi).
Kafolatli tovar zahiralarini nazariy nuqtai nazardan ikki xil guruhga bo‘lish
mumkin: birinchidan, tovarlarni tashish muddati rejaga nisbatan buzilsa, tashish
sekinlashsa yoki to‘xtab qolsa, keltirilgan tovarlar partiyasi buyurtmadan kam bo‘lib
qolgan vaqtlarda tovar aylanishini uzluksizligini ta’minlash uchun tashlil
qilinadigan;
Ikkinchidan, talabni jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan (tovar aylanishini
ko‘zda tutilmagan miqdorda o‘zgarish, aholi sonini jiddiy o‘zgarishi kabilar)
tovarlarga bo‘lgan talabni qondirish uchun ko‘zda tutilgan zahiraga.
Kafolatli zahira alohida hisobga olinmaydi, u tovar zahiralarini
normalashtirish jarayonida joriy, mavsumiy va sotilish muddatidan ilgari tashkil
qilinadigan zahiralari tarkibida hisobga olinadi. (Masalan, tegishli tovar zahiralari
www.sies.uz
Page 265 of 356
266
266
summasiga nisbatan foiz hisobida).
Maxsus zahiralarga davlat rezervlari kiritiladi. Ushbu zahiralar favqulotda
vujudga keladigan ko‘zda tutilmagan hodisa va jarayonlar davrida aholini zarur
tovarlar bilan ta’minlashga mo‘ljallanadi.
Bunday zahiralar uchun maxsus moddiy-texnik baza va tashkiliy tuzilmalar
tashkil qilinadi.
Tovar zahiralari statistik va buxgalteriya hisobida ularni joylashish nuqtai
nazaridan turlab hisobga olinadi.
Bu alomati bo‘yicha tovar zahiralari chakana savdoda, ommaviy
ovqatlashish shahobchalarida, ulgurji savdoda va yo‘ldagi tovarlarga bo‘linadi.
Tovar zahiralari tarkibiy qismlash bo‘yicha ham tavsiflanadi. Masalan, oziq-
ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat tovarlari (makrotarkibi), alohida tovar guruhlari
va assortimentlari (mikrotarkibi) bo‘yicha.
Tovar zahiralari davr nuqtai nazaridan reja, kutilayotgan va hisobot davriga
(haqiqiy), ushbular o‘z yo‘lida davr boshiga va davr oxiriga hisobga olinadi.
Shu bilan bir qatorda tovar zaxiralarini minimal va maksimal miqdorlari
ularni tahlil qilishda va rejalashtirishda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |