Ichki sekretsiya bezlarining funktsional ahamiyati


Buyrak usti, me'da osti va jinsi bezlar



Yüklə 36,48 Kb.
səhifə5/5
tarix24.11.2023
ölçüsü36,48 Kb.
#134024
1   2   3   4   5
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING FUNKTSIONAL AHAMIYATI

Buyrak usti, me'da osti va jinsi bezlar

Buyrak us!i bezlari. Bu bezlar ikkita bo'lib, nomiga monand o'ng va chap buyraklarning ustki qismida joylashadi (6- rasm). Ularning birgalikdagi og'irligi 10-20 g. Buyrak usti bezlari ikki qavatdan: ustki - po'slloq va ichki - miya qavatdan iborat Buyrak usti bezlarining ustki po'stloq qavatida uch guruh kortiko¬steroid gormonlar ish lab chiqariladi:
I. Mineralokortikoid gormoni organizmda mineral tuzlar almashi¬nuvi boshqarilishida ishtirok etadi.
2. Glyukokortikoid gormoni organizmda oqsil va uglevod almashi¬nuvini boshqarishda ishtirok etadi. Ular ta'sirida qonda qand, jigarda glikogen miqdori ortadi. Bundan tashqari bu gormonJar odamda aller¬gik reaksiya va yallig'lanish jarayoni yuzaga kelishini susaytiradi. Shuning uchun bu gormonlardan tayyorlangan dorilar (prednizolon, gidrokortizon va boshqalar) allergiya kasalliklarida hamda og'ir o'tadigan turli xii xastaliklami davolashda ishlatiladi.
3. Androgen va esterogen gormonlari erkaklar va ayollaming jinsiy bezlari funksiyasini kuchaytiradi.
Buyrak usti bezlarining ichki - miya qismida noradrenalin va adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu ikkala gormonning ta'siri bir xil bo'lganligi uchun ular birgalikda katexolamin deb ham yuritiladi. Bu gormonlar arterial qon bosimini oshiradi, yurak qisqarishini tezlashtiradi, to'qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Odam hayajonlanganda, achchiqlanganda, qo'rq¬qanda katexolamin hosil bo'lishi kuchayadi. Shuning uchun bun¬day holatlarda odamning arterial qon bosimi ortadi, teridagi qon tomirlari torayadi va rangi oqarib, yurak urishi tezlashadi. Odam qattiq ta'sirlanib, stress holati yuzaga kelganda buyrak usti bezlari¬ning funksiyasi kuchayadi, uning po'stloq va miya qismlarida gormonlar ko'p hosil bo'ladi.
Buning natijasida organizmning noqulay ta'sirga nisbatan chidamliligi ortadi. Shunday qilib, buyrak usti bezlari organizmni himoya qilishda ishtirok etadi.

Yüklə 36,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin