Ichki turizm



Yüklə 25,17 Kb.
səhifə2/4
tarix24.02.2023
ölçüsü25,17 Kb.
#123580
1   2   3   4
ICHKI TURIZM

ASOSIY QISM.

Ichki turizm O‘zbekiston Respublikasida doimoiy yashovchi shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi sayohatni o`z ichiga oladi. Ichki turizmning bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida eng keng tarqalgan turlari: diniy turizm(ziyorat), eko turizm, madaniy turizm, sport turizmlari bo`lib qolmoqda.


Diniy turizm o`zbek xalqining milliy kelib chiqishi uzviy bilan bo`g`liq bo`lganligi uchun barcha ko`rsatgichlarda ichki turizm sitatistikasida birinchi o`rinni egallab turubdi. Diniy ya`ni ziyorat turizmida yurtimizda Samarqand va Buxoraga soyyohlar oqimi anchagina katta.
Madaniy turizm jihatdan yurtimizda juda katta imkoniyatlar mavjud bo`lib, respublikamizning qaysi viloyatini nazarda tutmang ko`zga tashlanadigan madaniy turistik obidalar mavjud.
Sport turizimi. O‘zbekistonning 4 faslli davlat ekanligi sport turizmi uchun juda katta imkoniyatdir. Ayniqsa mahalliy sayyohlar uchun sport va dam olish ajralmas o`zakka aylangan hozirgi kunda. Bugungi kunda klassik qishki sport turlari uchun yurtimizda to`rtta tog` kurorti mavjud: Chimyon, Bildirsoy, Amirsoy va Yangiobod tez orada ularning soni ko`payishi kutilmoqda. Mamlakatimiz o`zining keng va xilma-xil lanshaftlari tufayli ekstremal sport turlari uchun juda kup imkoniyatlar taqdim etadi. Vaholanki bu sport turlari yurtimizda hali yangi hisonlanadi. Bularga quydagilar kiradi:

  1. Ekstemal chang`i, snoubord

  2. Moto poygalar (matorsysle rasing) rally, matokross

  3. Skeytbording, tog` velosipedi, toqqa chiqish, paraplanerlik.

Eko turizm bu ham yurtimizda yangi turistik tarmoq hisonlanib hozirda xorijiy hamda mahalliy sayyohlarni o`ziga chorlayotgan turizm turidir. Eko turizm tabiiy muhitga, tabiatga ziyon yetkazmasdan sayohat qilib uning betakror joylaridan zavq olish uchun qaratilgan tizimdir.
Eko turizmni maqsadiga ko`ra bir necha turlarga bo`lish munkin:

  1. Nayob hayvonot va o`simliklar dunyosi bilan tanishish,

  2. Fato tasvirlar va hujjatli filmlar olish

  3. Agro-turizm

  4. Ilmiy ekskursiyalar

  5. Ov turizimi

Ichki turizmni rivojlanishini yuqorida aytib o`tgan Eko turizmning bo`lagi bo`lgan Nayob hayvonot va o`simliklar dunyosi bilan tanishish turizmi bilan rivojlantirishga keng imkon yaratish bilan davom ettirish munkun. Bunda asosan O`zbekistonning asosiy maydoni chul va dash hududlaridan tashkil topganligi alohida etiborga loyiqdir.
Respublikamiz faunasida 97 turdagi o`txo`r hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar, 83 ta baliq turiga ega. O`zbekiston qonunchiligi va qizil kitobidagi belgilangan normalarni inobatga olib, ov turizimini ham rivojlantirish katta ahamiyatli soha hisoblanadi.
Bunda asosiy etiborni Orol dengizining bo`shagan o`rnida tashkil etilayotgan saksavulzorlar va xorazm Buxora va Xorazm viloyati chul hududlarida burgut ovi turini tashkil etish bugungi kundagi amalga oshirish kerak bo`lgan rejalardan bo`lmoqi lozim.
Ummuman olganda, O‘zbekiston ekoturizmni rivojlantirish uchun barcha resurslarga boy va bu jihatdan dunyoda 15 o`rinda turadi. [3] Respublikamizda tashkil etilayotgan ekoturlar quyidagi tamoyillarga amal qilishi lozim:

  1. Tabiatni muhofaza qilish

  2. Ekoturizm zamirida ekologik va ijtimoiy iqtisodiy manfaatlar bo`lishi.

  3. ekoturizmning tarixiy, madaniy va boshqa turizm turlari bilan bog’liq rivojlantirilishi;

  4. davlat va mahalliy boshqaruv organlari, aholining ekoturizdan manfaatdorligi;

  5. Vatanni asrab, rivojlantirishda milliy iftixorni shakllantirish zaruriyati.

Yurtimizda ichki turizimni rivojlantirish uchun qabul qilanayotgan qonun va qonu osti hujjatlari ijrosi bilan yurtimizda ichki turizmning rivojlanishi anchagina sezilarli tus olmoqda. Buning uchun qilinga eng katta islohatlardan biri: bu aholining daromadlarini oshirishga qaratilgan davlat tiziminidir. Va eng asosiysi mahalliy sayyorlarni yurtimizning etiborga loyiq go`shalari haqida ma`lumotlar berishdir. Shu masala biriz og`riqli masaladir.
Turfermalar xorijiy sayyorlarni jalb etish uchun xalqaro miqyosida turistik brend va reklamalarni yatishga juda katta etibor berib, ichki turizm tizimida turistik reklama marofaniga qo`l urishmayapdi. Mahhalliy turustik brendlarni yaratish va ularni ommoviy tarzda reklama qilish orqali mahalliy sayyorlarning etnik va ijtimoiy qatlamning qaysi sinfiga mansubligiga moslab ichki turistik faoliyatni yo`lga qo`yish hozirda rivojlanmoqda biroq, bu tizimning reklamasiga yetarlicha urg`u berilmayapdi.
O‘zbekistonda ichki turizm nega ommalashmagan? Asosiy sabab mablag‘mi?
So‘nggi yillarda O‘zbekistonga xorijdan kelayotgan sayyohlar oqimi sezilarli oshishi kuzatildi. Ammo bunday salmoqli o‘sish ichki turizmda kuzatilayotgani yo‘q. Bunga sabab aholi daromadlari pastligimi, hukumatning ichki turizmga e'tibori yetarli emasligimi yoki boshqa sabablar bormi?
Pandemiya sharoitida xorijdan turistlar oqimi kamayishi shubhasiz. Shunday sharoitda ichki turizm inqirozning soha obektlariga ta'sirini yumshatishda qo‘l kelishi mumkin. Ammo ta'kidlash kerakki, aholining aksar qismida mamlakat bo‘ylab sayohat qilish ishtiyoqini yuqori deb bo‘lmaydi.
Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2019 yilda O‘zbekistonda ichki turizm salmog‘i 14 mln 748 ming kishini tashkil etgan. Bu raqamlar rivojlangan davlatlarda ham foydalaniladigan hisoblash metodologiyasiga asoslab chiqarilgandir balki, ammo baribir mazkur statistika real holatni ko‘rsatayotganiga ishonish qiyin.
O‘zbekiston aholisining yarmidan ko‘pini yoshlar tashkil etadi, o‘tgan yilning kuzida qabul qilingan prezident farmonida ularni sayohat qilishga rag‘batlantirish bo‘yicha vazifalar belgilangan edi. Shu farmonga asosan, Yoshlar turizmini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqilib, o‘tgan yilning dekabr va shu yilning fevral oylarida muhokamaga qo‘yildi. Ammo haligacha konsepsiya tasdiqlanganicha yo‘q.

Yüklə 25,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin