Ihyou ulumid-din


«Ey Odam bolalari! Biz sizlarga avratlaringizni berkitadigan libosni ham



Yüklə 313,88 Kb.
səhifə10/149
tarix09.12.2022
ölçüsü313,88 Kb.
#120677
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   149
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]

«Ey Odam bolalari! Biz sizlarga avratlaringizni berkitadigan libosni ham,
yasan-tusan (libosini) ham tushirdik. (Hammasidan) yaxshiroq libos taqvo
libosidir» (26-oyat), degan so‘zi tafsirida ba’zi ulamolar «libos»ni «ilm», «yasan-tusan
libosi»ni «iymon» deb tushuntirishgan.
A’rof surasining 52-oyatida bunday deyiladi:
«Haqiqatan, Biz ularga (Makka aholisiga) bilimimiz bilan mufassal qilgan bir
Kitobni (Qur’onni) keltirdikki, u Qur’on iymon keltiruvchi qavm uchun hidoyat
va rahmatdir».
Alloh azza va jalla yana aytadi:
«Endi, albatta, ularga bilgan holimizda, (qilib o‘tgan ishlari haqida) so‘ylab
berurmiz» (A’rof surasi, 7-oyat);
«Yo‘q, u (Qur’on) ilm berilgan zotlarning dillarida (yod bo‘lguvchi) aniqravshan
oyatlardir» (Ankabut surasi, 49-oyat);
«U zot insonni yaratib, unga bayonni (nutqni) ta’lim berdi» (Rahmon surasi, 34-
oyatlar).
Alloh taolo bu oyatlarda ilmni ne’mat o‘laroq zikr qildi.
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi 10
Hadisi shariflarda esa, ilm fazilati quyidagicha bayon etiladi:
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Kimga Alloh yaxshilikni iroda qilsa,
uni dinda faqih (teran anglovchi) (sollallohu alayhi vasallam) qilib qo‘yadi va unga to‘g‘ri
yo‘lni ko‘rsatadi».4
Payg‘ambar yana marhamat qiladilar: «Olimlar payg‘ambarlarning vorislaridir».5
Ma’lumki, payg‘ambarlik rutbasidan ustunroq hech bir rutba yo‘q va bu rutbaga
merosxo‘r bo‘lish oliy sharafdir.
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Olimga yerdagi va
osmondagi barcha narsalar istig‘for aytadi».6 Yerdagi jonzotlar va osmonlardagi
maloikalar istig‘for aytib turuvchi kishilarning mansabidan ziyoda mansab bormi?!
4. «Dinda faqih qilib qo‘yadi» so‘zigacha Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilishgan. Tabaroniy rivoyatlarida ziyodasi bilan
kelgan.
5. Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja va Ibn Hibbonlar Abu Dardodan rivoyat qilishgan.
6. Yuqorida Abu Dardodan qilingan hadisni davomi.
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) yana marhamat qiladilar: «Hikmat sharafli
kishining sharafini ziyoda etadi va qulni podshohlar darajasigacha ko‘taradi».7 Bu
hadisda ilmning dunyodagi samarasi bayon qilinyapti. Ammo oxiratdagi mevasi undanda
xayrli hamda abadiydir.
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Ikki xislat borki, munofiqda hargiz
bo‘lmaydi: chiroyli xulq va dinda faqih bo‘lish».8
Zamonamizdagi ba’zi faqihlarning munofiqligini ko‘rib, bu hadisga shubha bilan qarama.
Chunki Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) sen gumon qilgan ma’noni iroda
qilmaganlar. Fiqhning ma’nosi endi keladi. Faqihlikning eng past darajasi oxirat diyori bu
dunyodan yaxshiroq ekanini bilishdir. Agar bu ma’rifat faqihda tasdiq topsa, nifoq va
riyodan xalos bo‘ladi.
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Odamlarning afzali hojat
tushsa, foyda beradigan, behojat bo‘linsa, o‘ziga foyda beradigan iymonli olimdir».9
7. Abu Nu’aym, Ibn Abdulbar va Abdulg‘ani Azdiylar Anasdan (r.a.) zaif isnod bilan rivoyat qilishgan.
8. Termiziy g‘arib isnod bilan rivoyat qilgan. Alboniy esa «Sahih» kitoblarida zikr qilgan.
9. Bayhaqiy zaif isnod bilan Abu Dardodan rivoyat qilgan.
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Iymon yalong‘ochdir, uning libosi
taqvo, ziynati hayo, mevasi esa ilmdir».10
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Payg‘ambarlik darajasiga eng yaqin
odamlar ilm va jihod ahlidir. Ilm ahli payg‘ambarlar keltirgan ta’limotlarni odamlarga
yetkazadilar. Jihod ahli esa, payg‘ambarlar keltirgan ta’limotlarning himoyasi uchun
qilichlari bilan jang qiladilar». 11
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Bir qabilaning o‘limi bir olimning
vafotidan yengilroqdir». 12
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy

Yüklə 313,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin