www.ziyouz.com kutubxonasi 98
kiyimlaringiz Jomutniki kabi, ulovingiz Qorunniki kabi, uy jihozlaringiz Fir’avnniki kabi
bo‘lsa, gunohlaringiz johiliyatdagi kabidir va yo‘lingiz shaytoniy yo‘ldir. Muhammadning
(sollallohu alayhi vasallam) shariatlariga yo‘l bo‘lsin!»
Bir shoir shunday degan ekan:
Cho‘ponki qo‘ylarini bo‘ridan himoya qilur, Lek cho‘pon bo‘ri bo‘lsa, ahvol ne kechur?! Boshqa bir shoir aytadi: Ey mamlakatning tuzi bo‘lgan qorilar, Tuz aynisa, unga bormi dorilar?! Oriflarning biridan: «Sizning-cha, gunohlar ko‘zini quvnatadigan kishi Allohni taniy
oladimi?!» deb so‘rashganida, shunday javob bergan ekan: «Dunyoni oxiratdan ustun
qo‘ygan kishi Allohni taniy olmasligi shubhasizdir. Holbuki, uning gunohi undan (siz
so‘rayotgan odamnikidan) anchayin yengildir».
Mol-dunyoni tark qilish oxirat olimlari safiga qo‘shilish uchun kifoya qiladi, deb o‘ylama.
Chunki obro‘ – maqom mol-dunyodan ko‘ra zararliroqdir. Shuning uchun Bishr ibn Horis
(r.a.) shunday deganlar: «Haddasana» (bizga aytib berishdi) degan so‘z mol-dunyo
eshiklaridan biridir. Bir kishining qachon «haddasana» deganini eshitsangiz, u «menga
yo‘l beringlar» degan bo‘ladi».
Ana shu Bishr ibn Horis (r.a.) o‘ndan ortiq savatlarga joylangan kitoblarni yerga ko‘mib
qo‘ygan edilar, aytardilarki: «Men hadis aytishni xohlayman. Agar mendagi hadis
aytishga bo‘lgan ishtiyoq yo‘qolsa, albatta, aytaman».
U zot ham, boshqalar ham aytganlarki: «Qachon gapirishni xohlasang, sukut qil. Qachon
xohlamasang, shunda gapir».
Bunday deyishlarining sababi, chiroyli ifodalashdagi obro‘ va irshod mansabi bilan
lazzatlanish dunyoda ne’matlanishdan ko‘ra lazzatlidir. Bas, kim mana shu jihatdan
nafsining xohishiga ijobat qilgan bo‘lsa, u dunyoparastlardan biridir. Shuning uchun
Sufyon Savriy (r.a.) aytganlarki: «Til orqali keladigan fitna oila, mol-dunyo va farzandlar
orqali keladigan fitnadan og‘irroqdir. Payg‘ambarlar sayyidi bo‘lgan zotga bu haqda