www.ziyouz.com kutubxonasi 105
lekin mukammal bilmasdan turib amal qilma», deydi. Shunday qilib, ilmni gapirib,
amalni orqaga surishda davom etadi. Hatto hech qanday amalsiz o‘lib ketadi».154
Sirriy Saqatiy (r.a.) shunday deydilar: «Zohir ilmini o‘rganishga ishtiyoq bilan bir kishi
(birdaniga) ibodat qilish uchun (odamlardan) ajralib oldi. Undan buning sababini
so‘radim. Aytdiki: «Tushimda bir zotni ko‘rdim. U: «Alloh seni zoe’ qilgur, qachongacha
ilmni zoe’ qilasan?» dedi. Men unga: «Men ilmni yod olyapman», dedim. U esa: «Ilmni
muhofaza qilish unga amal qilish demakdir», dedi. Shundan keyin ilm o‘rganishni tark
qilib, amalga yuzlandim».
154. «Al-Jome’» kitobida Anasdan (r.a.) zaif sanad ila rivoyat qilingan.
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Ilm ko‘p rivoyat bilish emas, balki qo‘rquvdir».
Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: «Xohlaganingizcha ilm o‘rganing. Allohga qasamki, amal
qilmaguningizcha, Alloh sizga savob bermaydi. Chunki esi pastlarning himmati
rivoyatdir, olimlarning himmati rioyat – amal qilishdir».
Molik (r.a.) aytadilar: «Ilm talab qilish juda yaxshi. Niyat to‘g‘ri bo‘lsa, uni yoyish ham
juda yaxshi. Lekin sen ertadan kechgacha o‘zingga lozim bo‘lgan ishlarga qara va hech
narsani vazifangdan ustun qo‘yma».
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Qur’on amal qilinishi uchun nozil etilgan. Sizlar esa uni
o‘rganishni amal qilib oldingizlar. Yaqinda shunday qavmlar keladiki, ular Qur’onni suv
qilib ichib yuboradilar. (Lekin) ular yaxshilaringiz emas. Ilmga amal qilmaydigan olim
davoni sifatlagan bemor yoki taomlarning lazzatini sifatlagan och odam kabidir».
Alloh taoloning quyidagi so‘zi shu ma’noni ifodalaydi:
«Sizlar uchun esa (Ey mushriklar, Allohni noloyka sifatlar bilan) sifatlaganlaringiz sababli halokat bo‘lur». Hadisda shunday deyiladi: «Ummatim uchun olimning toyilishidan va munofiqning
Qur’on haqida tortishuvidan qo‘rqaman».155
(Oxirat olimlarining alomatlaridan) yana biri manfaati oz, mujodala va «dedi¬dedi»si ko‘p ilmlardan saqlanib, toatlarga targ‘ib qiluvchi, oxiratda foyda beradigan ilmning tahsili uchun yordam berishdir. Amallarga tegishli ilmdan yuz o‘girib, mujodala bilan mashg‘ul bo‘lgan kishi ko‘p
kasalliklarga mubtalo bo‘lib, mohir tabibga vaqti ziqligida ro‘baro‘ kelgan va uning ketib
qolish xavfi bo‘lsa ham, o‘zini qiynab turgan dardlarini qo‘yib, turli dorilarning
xususiyatlari va tibbiyotning g‘aroyib masalalarini so‘rash ila mashg‘ul bo‘lgan kasalga
o‘xshaydi. Bu ish aqlsizlikning o‘zginasidir.
155. Tabaroniy va Ibn Hibbonlar rivoyati.
Rivoyat qilinishicha, bir kishi Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga
kelib, «Menga ilmning g‘aroyibotlarini o‘rgating», dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy