www.ziyouz.com kutubxonasi 8
o‘zining obro‘-mansabini oshirish, o‘zini ko‘rsatish va faxrlanishga ilmni qalqon qilib
olgan kishilardagi fiqh ilmiga sodiqligini ko‘rdim. Alloh subhanahu va taolodan tavfiq,
rushdu hidoyat so‘raymiz. Zero, U marhamatli Karim Zotdir.
Ushbu «Ilm kitobi» jami yetti bobdan iborat. Birinchi bob ilm, ta’lim berish va ilm olish fazilati haqida. Ikkinchi bob ilmlarning o‘rganish farzi ayn, farzi kifoya bo‘lgani, din ilmida fiqh va kalomning chegarasi, oxirat va dunyo ilmi haqida. Uchinchi bob omma ilm hisoblaydigan, lekin dindan bo‘lmagan hamda mazmum ilmlar turi va miqdori bayoni. To‘tinchi bob munozara ofatlari, odamlar ixtilof va tortishuv bilan mashg‘ul bo‘lib qolishining sababi haqida. Beshinchi bob muallim va mutaallimning odoblari haqida. Oltinchi bob ilm va olimlar ofatlari hamda dunyoviy va oxirat olimlarini ajratuvchi alomatlar haqida. Yettinchi bob aql, uning fazilati, qismlari va u haqda kelgan xabarlar haqida. Birinchi bob Ilm, ta’lim berish va ilm olish fazilati hamda uning naqliy va aqliy dalillari Ilm fazilati Alloh taoloning Qur’oni karimda kelgan quyidagi so‘zlari ilmning fazilatli ekaniga ochiq
dalildir:
«Alloh, farishtalar va ilm ahllari – adolat bilan hukm qiluvchi yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar» (Oli
Imron surasi, 18-oyat).
Bu oyatda Alloh taolo avval o‘zini, keyin farishtalarni, so‘ngra ilm ahlini zikr etdi. Mana
shuning o‘zi ilmning sharafli, fazilatli va ulug‘ ekanini anglash kifoya qiladi.
Alloh taolo yana aytadi:
«Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) darajamartabalarga ko‘tarur» (Mujodala surasi, 11-oyat).
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) aytadilar: «Olimlarning darajasi ilm olmagan
mo‘minlarning darajasidan yetti yuz daraja yuqoridir. Har darajaning orasi besh yuz
yillik yo‘lga teng. Alloh taolo: