«Albatta, munofiqlar do‘zaxning eng tubida (bo‘lur)lar», (Niso surasi, 145-oyat).
Chunki ular bilganlaridan keyin inkor qildilar.
Yahudiylar «Allohning bolasi bor», «Alloh uchtadan bittasidir», demasalar ham,
nasorolardan yomonroq deb sifatlandi. Chunki ular bilganlari holda inkor qildilar. Bu
haqda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
«Ular uni (Muhammad sollallohu alayhi vasallamni) xuddi o‘z farzandlarini tanigandek taniydilar» (Baqara surasi, 146-oyat).
Yana aytadiki:
«O‘zlariga tanish zot (Muhammad) kelganida, (uni inkor etib) kofir bo‘ldilar. Kofirlarga Allohning la’nati bo‘lsin!» (Baqara surasi, 89-oyat)
143. Muttafaqun alayh. Faqat olim so‘zi o‘rnida kishi deb aytilgan.
Bal’om ibn Bourro qissasida Alloh taolo shunday deydi:
«(Ey Muhammad), ularga (yahudiylarga) bir kimsaning xabarini tilovat qiling - u kimsaga oyatlarimizni bildirgan edik. Bas, u o‘sha oyatlarimizdan chetlangach (ya’ni ularga amal qilmagach), uni shayton ergashtirib ketib, yo‘ldan ozguvchilardan bo‘lib qoldi.» (A’rof surasi, 175-oyat)
Oyat davomida shunday deydi:
«Bas, uning misoli xuddi bir itga o‘xshaydiki, uni haydasang ham tilini osiltirib turaveradi, yoki (o‘z holiga) qo‘ysang ham tilini osiltirib turaveradi.» Fojir olim ana shundaydir. Chunki Bal’omga Allohning kitobi berilgan edi. U esa, faqat
nafs havosining istagiga berilib ketgani sababli itga o‘xshatildi.
Iso (a.s.) shunday deganlar: «Yomon olimlarning misoli anhor og‘ziga tushib (suvni
to‘sib qo‘ygan) xarsangtosh kabidirki, na o‘zi ichadi va na ekinlar ichishi uchun suvni
qo‘yib yuboradi. Yana yomon olimlarning misoli botqoqlikdagi o‘t kabidirki, zohiri
chiroyli, ichi balchiqqa to‘la, yana (ularning misoli) qabrlar kabidirki, zohiri obod, ichi
o‘liklarning suyaklari bilan to‘lgan».
Ushbu xabarlar va asarlar dunyoparast olimning ahvoli johilnikidan ko‘ra yomonroq va
azobi og‘irroq bo‘lishini hamda najot topuvchilar va Allohga yaqin bo‘luvchilar oxirat
olimlari ekanini bayon qilmoqda.
Oxirat olimlarining ham bir qancha alomatlari bor.
Ulardan biri ilmi bilan dunyo talab qilmaslikdir. Zero, olimlikning eng past darajasi
dunyoning haqir, past, tashvishli va o‘tkinchi ekanini hamda oxiratning ulug‘, doimiy,
ne’matlari musaffo va mulki buyukligini bilishdir. Olim kishi yana shuni ham bilmog‘i
lozimki, dunyo va oxirat bir-biriga ziddir. Kundoshlar kabidirki, birini rozi qilsang,
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy