2.1-rasm. 2015-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi (foizda) Ushbu tahlil natijalariga asoslangan holda aytish mumkinki, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi ko’plab omillar ta’siriga bog’liq. Ayniqsa, bu holat tadbirkorlik faoliyatini rivojlkantirishning hududiy jihatlarga bog’liq ekanligini asoslash uchun xizmat qiladi. Tadbirkorlik faoliyatini 2020 yilda hududiy rivojlanish ko’rsatkichlariga muvofiq, 2020 yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi 53,9 foiz ni tashkil qildi. YaIMning o‘tgan yilga nisbatan pasayishi yirik korxonalar ulushining oshishi bilan izohlanadi. Hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlikning YaHMdagi ulushining eng yuqori ko‘rsatkichi Jizzax (82,7 foiz), Surxondaryo (77,1 foiz), Xorazm (75,3 foiz), Buxoro (74,7 foiz) va Samarqand viloyatlariga (73,9 foiz) to‘g‘ri keldi. Navoiy viloyatida ushbu ko‘rsatkich eng past bo‘lib - 25,5 foizga teng.
Hududlar kesimida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida keskin tafovvutlarning vujudga kelishi, hududlarda investitsiya loyihalar samadorligining pasayishi, import hajmining ortishi, ichki bozorni xorijiy xom ashyolarga tayanillgan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan to’ldirishiga ta’sir ko’rsatadi. Bu esa respublikada milliy ishlab chiqarishning yanada rivojlanishi, korxonalarning iqtisodiy o’sishi, ishbilarmonlik, muhtining tashkiliy tizimini mavjud imkoniyatlar samarasini oshirishga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
2.2-rasm. 2020 yilda kichik tadbirkorlikning hududlar bo’yicha YaHMdagi ulushi (foizda) O’z navbatida mazkur holatlar hududlarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda muhandislik-kommunikatsion elementlarini barpo etish, markaziy avtomobil yo’liga chiqishni taminlaydigan yo’lni qurish, qancha kichik biznes sub’ektlarini joylashtirish mumkinligini aniqlash, tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatish obyektlarini aniqlash va ularni joylashtirish, har bir tadbirkorlik sub’ekti uchun qancha joy ajratish kerakligi kabi muammoli holatlar bilan birga, hududiy moliyalashtirish tizimini takomillashtirishga zaruriyat ortib borayotganligini ko’rsatadi.