Ii bob. O`Quvchilarda sog`lom tafakkurni rivojlantirishning mazmuni, metodi, shakl va vositalari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə14/32
tarix02.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#137091
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Magitrlik dissertasiyasi Adash

Pedagogik vazifalar



1) o'quvchilarda o'quv-bilish faoliyatiga nisbatan motivatsion tizimni shakllantirish;
2) ularda shaxsiy va ijtimoiy hayotda sodir bo'layotgan voqea-hodisalarni analitik tahlil qilish, o'z munosabatini qat'iy bildira olish va tanqidiy bildirilgan fikrlarni qabul qila olish qobiliyatini rivojlantirish;
3) o'z-o'zini nazorat qilish, o'z-o'zini rivojlantirish va o'z-o'ziga ijobiy munosabatni shakllantirish;
4) biror-bir jarayondagi xato va kamchiliklarni to'g'ri anglay bilish, hayotiy muammolarning eng maqbul yechimlarini tanlay bilishni shakllantirish;
5) shaxslararo munosabatda sog'lom muhitni yarata olish ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish.

Kutiladigan natija



O'quvchilarda tafakkur, tafakkur jarayoni va qonuniyatlariga doir nazariy hamda inson ongini rivojlantirishga doir amaliy bilim, ko'nikma va malakalarni tarkib toptirish orqali ularda sog'lom tafakkur yuritish tarzining yorqin namoyon bo'lishiga erishish.

O'qituvchi texnologik modelni ishlab chiqishda, asosiy maqsadni aniqlashda, pedagogik vazifalarni belgilashda mavjud shart-sharoitni, o'quvchilarning bilim darajasini, ularning qiziqishlarini hisobga olishi, shuningdek, qo'yilgan maqsadga erishishning eng samarali yo'llari, usullarini tanlay bilishi va o'qitish jarayonida qo'llay olish ko'nikmasiga ega bo'lishi lozim. So'ngra, mashg'ulot mavzusi, mashg'ulotda ko'riladigan asosiy masalalar, o'qituvchi va o'quvchi faoliyati mazmuni, mashg'ulotni tashkil etish shakllari, bosqichlari, mashg'ulotda qo'llaniladigan metod, usullar va texnik vositalar texnologik xaritada o'z aksini topadi.
2.2-jadval
Oila va ta'lim muassasasi hamkorligi asosida o'quvchilarda sog'lom tafakkurni rivojlantirishning texnologik xaritasi


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin