Ii bob. O`Quvchilarda sog`lom tafakkurni rivojlantirishning mazmuni, metodi, shakl va vositalari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə17/32
tarix02.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#137091
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Magitrlik dissertasiyasi Adash

4. Qadriyatli bosqich – hayotiy faoliyati davomida sog'lom tafakkur yuritish tarzini qadriyatga aylantirish, ularda mustahkam e'tiqodni shakllantirish maqsadida tashkil etiluvchi ta'limiy va tarbiyaviy jarayonning yuqori bosqichi.
Qadriyatli bosqichni samarali amalga oshirish quyidagi jihatlarni hisobga olish asosida amalga oshiriladi:
1) har qanday me'yor, talab, axloqiy ideal o'quvchilar tomonidan yakka tarzda qabul qilinishini hisobga olish;
2) qadriyatlarning o'quvchilar tomonidan anglangan tarzda qabul qilinishi va o'zlashtirilishiga erishish;
3) biror qadriyatning ehtiyoj obyektiga aylanishi uchun tarbiyalanuvchi o'z faoliyati maqsadlari hamda uni amalga oshirish shakl, metod va vositalarini aniq belgilay olishi zarurligiga alohida e'tibor qaratish;
4) qadriyatlar interiorizatsiyasi kognitiv va xissiy, ratsional va amaliy (faoliyatga tayyorligi), ijtimoiy va shaxsdagi individuallikning dialektik birligiga asoslangan holda amalga oshirilishi zarur.
Mazkur bosqichda asosiy e'tibor, sog'lom tafakkur yuritish tarzini o'quvchilar qadriyatlari tizimiga kiritish, bunda oilaning va ta'lim muassasasining ta'sir imkoniyatlarini oshirish jihatlariga alohida e'tibor qaratiladi.
2.3-jadval
O'quvchilarda sog'lom tafakkurni rivojlantirish texnologiyasining bosqichlari mazmuni.

Bosqichlari

Motivatsion-diagnostik

Axborotli-kognitiv

Faoliyatli

Qadriyatli

Mazmuni

Shakllantirilayotgan xususiyat bilan o'zaro ta'sirga kirishish – bu munosabat, baholash; o‘z tajribasiga, o‘zining qadriyatlar tizimiga kiritish bilan bog'liq. Mazkur xususiyatga ijobiy emotsional munosabatni tarkib toptirish

Ta’lim-tarbiya jarayonida o'quvchi-yoshlarga shakllantirilayotgan xususiyat haqida tushunchalar berish, tasavvurlar hosil qilish, yaxlitlikda bilimlarni tarkib toptirish

Hosil qilingan bilimlar, fikrlash tarzini o'quv faoliyati va muloqotning real hayotiy sharoitlariga kiritish. Sog'lom tafakkurni amaliy topshiriqlarni bajarish, mustaqil ish tayyorlash, mashq qilish yo‘li bilan mustahkamlash.

Shakllantirilgan xususiyatni qadriyatlar tizimiga kiritish orqali qadriyatli yo'nalganlikni tarkib toptirish




Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin