III BOB. O‘QUVCHILARDA SOG‘LOM TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGINI O`RGANISH NATIJALARI. 3.1-§. O‘quvchilarda sog‘lom tafakkurni rivojlantirishga oid tajriba sinov ishlarining mazmuni. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etishdan asosiy maqsad – o’quvchilarda sog’lom tafakkurni rivojlantirish imkonini beruvchi, ular shaxsida ma’naviy yuksalishni ta’minlovchi, tavsiya etilgan pedagogik shart-sharoitlardan samarali foydalanish mezonlarini aniqlashdan iborat etib belgilandi.
Belgilangan maqsadga muvofiq quyidagi vazifalar ijobiy hal etildi:
1. Umumiy o‘rta ta’limi faoliyati mazmunini yorituvchi o‘quv-me’yoriy hujjatlarni (davlat ta’lim standarti, o‘quv reja, fan dasturlari, ma’naviy-marifiy tadbirlar dasturi va h.k) o‘rganish asosida o‘quv-tarbiya jarayonida o’quvchilarda sog’lom tafakkurni rivojlantirish bo‘yicha nazariy ma’lumotlarni o‘rganish va umumlashtirish.
2. Oila va ta’lim muassasasi hamkorligi asosida o’quvchilarda sog’lom tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi ishlab chiqildi, texnologiyaning har bir bosqichida qo’llaniladigan shakl, metod va vositalar aniqlashtirildi.
3. Suhbat va anketa so‘rovnomalari yordamida o’quvchilarda “sog’lom tafakkur” tushunchasining rivojlanganlik darajasi, ularda o’quv motivatsisyasining rivojlanganlik darajasi, oila va ta’lim muassasasi faoliyatining diagnostikasi, ta’lim muassasasi o’qituvchilari va o’quvchilarida inson tafakkurining rivojlanishi, unda sog’lom tafakkurni shakllantirish jarayonining mohiyati borasidagi nazariy bilimlari aniqlashtirildi.
4. Oila va ta’lim muassasasi o’rtasidagi hamkorlik shakllarining mazmun-mohiyatini o’rganildi.
Tajriba-sinov ishlari quyidagi uch bosqichda amalga oshirildi:
Asoslovchi tajriba bosqichida o'quvchilarda sog'lom tafakkurni rivojlanririshning mavjud holatini aniqlashga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat tashkil etildi. Ko‘zda tutilgan maqsadga erishishda umumiy o‘rta ta`lim maktabida tahsil olayotgan o`quvchilarning faoliyatini pedagogik kuzatish, s uhbat, anketa so‘rovlari, shuningdek, o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar mohiyatini yorituvchi hujjatlarni o‘rganish kabi metodlardan foydalanildi. Bularning barchasi tadqiqotning asosiy yo‘nalishi va dasturini muayyan darajada aniqlash imkonini berdi. Tadqiqot mavzusiga oid etakchi olimlar, pedagoglarning ilmiy ishlari tahlil qilindi. Tajriba-sinov ishining 1-bosqichi amalga oshirildi.