Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). O’quvchilarda sog’lom tafakkurni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari bir qator olimlarimizning ilmiy tadqiqot ishlarida bu masala u yoki bu tarzda yoritilgan. Shular jumlasiga E.G’oziyev, O.Musurmonova, V.Karimova , O.Xasanboyeva va boshqalarning “Oila psxologiyasi”, “Odobnoma”, “Oila pedagogikasi” darsliklarida hamda M.Qarshiboyev, S.Nishonova asarlarida oila va maktab hamkorligida o’quvchilarni axloqiy tarbiyalash masalalari o’rganilgan bo’lsa, M.L.Abdujabborova va N.O’.O’rinboyevlarning nomzodlik dissertatsiyasi ishlarida o’quvchilar orasida olib boriladigan mafkuraviy profillaktika masalalari, barqaror taraqqiyotni ta’minlashda o`quvchilarda sog’lom tafakkurni rivojlantirish masalalari o’rganilgan.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi.umumnazariy (analiz, sintez, analogiya, qiyoslash, solishtirish, umumlashtirish, tasniflash, tizimlashtirish, modellashtirish va boshq.); umumpedagogik (me’yoriy hujjatlar va manbalarni o’rganish tahlil etish, suhbat, so’rovnoma, faoliyat natijalarini o’rganish, pedagogik eksperiment); diagnostik (ekspert baholash); matematik-statistik.
Tadqiqot ishining nazariy ahamiyati.Tadqiqot faoliyati jarayonida olingan natijalar maktabning ijtimoiy-pedagogik vazifalari, ta'lim muassasasining faoliyatini tashkil etish, o'quvchilarning o'quv motivatsiyasi, tafakkur, uni shakllantirish va rivojlantirishga oid nazariy ma'lumotlar bilan boyitishga xizmat qiladi.
Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati. Tajriba-sinov ishi davomida ishlab chiqilgan texnologiya o'qituvchilarning o`quvchilarda sog`lom tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan amaliy faoliyatini tizimli tashkil etishga xizmat qiladi.
Ish tuzilmasining tavsifi.Ushbu tadqiqot ishi kirish, 3 bob, 8 paragraf, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat bo`lib, jami 93 sahifadan iborat.
I BOB. O`QUVCHILARDA SOG`LOM TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA.