Ii-bo‘lim. O‘zbekistondagi tuproq turlari va ularning xossalari


Tuproqdagi suvning shakllari. Suvning tuproq va o‘simlikdagi harakati



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix18.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#127024
1   2   3   4   5   6   7
Ii-bo‘lim. O‘zbekistondagi tuproq turlari va ularning xossalari

2.5.Tuproqdagi suvning shakllari. Suvning tuproq va o‘simlikdagi harakati 
Tuproqdan suv olish uchun o‘simlik iddiz hujayralarining so‘rish kuchi tuproq 
eritmasining surish kuchidan bir muncha yuqori bo‘lishi shart. Chunki tuproqda 
bunday so‘rishga qarshilik qiluvchi kuchlar mavjudki, ular suvni ushlab turuvchi 
kuchlar deyiladi. Odatda, tuproq tarkibida suv toza emas, balki ma’lum 
konsentratsiyali eritma holida bo‘ladi. Eritmaning konsentratsiyasi tuproqdagi suvda 
eruvchituzlar va boshqa moddalarning miqdoriga bog‘liq. Bundan tashqari tuproqda 
osmotik qarshilik bilan bir qatorda adsorbsion xususiyatdagi qarshilik ham bor. U 
suv molekulalarining tuproq donachalari bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatidan kelib 
chiqadi, ya’ni suv tuproq donachalari bilan har xil darajada birikadi va natijada 
tuproqda har xil shakllar hosil bo‘ladi. 
Tuproqda suvning ikki xil shakli bor: fizikaviy birikkan suv va kimyoviy 
birikkan suv. Kimyoviy birikkan suv mineral kolloidlar va minerallar tarkibida 
birikma yoki molekula shaklida uchraydi. 
Fizikaviy shakldagi suv quyidagi xillarga bo‘linadi:
1. Bug‘simon suv.
2. Gigroskopik suv. 
3. Pardasimon suv.
4. Kapillyar suv. 
5. Gravitatsion suv. 
Har qanday sharoitda tuproqdagi suvinig bir qismi bug‘ holatiga o‘tadi. 
Tuproq g‘ovakliklaridagi bug‘ tuproq haroratini o‘zgarib turishi natijasida tomchi 
holatiga o‘tishi va o‘simlikning ildizi orqali o‘zlashtirilishi mumkin. Gigroskopik 
suv-tuproq zarralari yuzasiga singdirilgan namlikdir. Parda suv-tuproq 
zarrachalarining sirtidan yupqa parda singari o‘rab olgan bo‘ladi. 
O‘simlik o‘zlashtira olmaydigan suvning shakli. 
1.Gigroskopik suv. 


2. Parda suv. 
O‘simlik o‘zlashtira oladigan suvning shakli. 
1. Kapillyar suv. 
2. Gravitatsion suv. 
3. Bug‘simon suv. 
Kapillyar suv - tuproq qatlamlaridagi kapillyar g‘ovaklar orqali quyi 
qatlamdan yuqori qatlamga erkin harakat qiladigan suvdir. Kapillyar suv tuproqning 
juda mayda kapillyarlarini to‘ldiradi va o‘simlikni suv bilan ta’minlashda asosiy 
manbalardan hisoblanadi.
Gravitatsion suv - tuproqning- nokapillyar g‘ovaklari orqali yuqoridan quyi 
qatlamlariga erkin harakatlanadigan suv gravitatsion suv deyiladi va undan o‘simlik 
qisman foydalanadi
Bug‘simon suv - har qanday sharoitda tuproqdagi suvinig bir qismi bug‘ 
holatiga o‘tadi. Tuproq g‘ovakliklaridagi bug‘ tuproq haroratini o‘zgarib turishi 
natijasida tomchi holatiga o‘tishi va o‘simlikning ildizi orqali o‘zlashtirilishi 
mumkin.
Tuproqdagi erkin o‘zlashtiriladigan suv shakllari o‘rtacha 0,5 mPa, qisman 
o‘zlashtiriladigan suv shakllari 1,2 mPa va o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan suv shakllari 
1,25-3,0 mPa.gacha bo‘lgan kuch bilan ushlanib turadi. 
O‘simliklar o‘zlashtira olmaydigan suv - suvning o‘lik zaxirasi deyiladi. O‘lik 
zaxiraning miqdori odatda, tuproq turiga va tarkibiga qarab o‘zgarib turadi. 
Tuproqning to‘la nam bilan ta’minlanganligi to‘la nam sig‘imi deyiladi. To‘la 
nam sig‘imi ham tuproq turlariga qarab har xil miqdorga ega: yirik qum~23,4 %, 
mayda qum~28,0 %, yengil qumoq~33,4%, og‘ir qumoq-47,2 %, og‘ir soz-64,6 % 
va boshqalar. 
O‘simliklarning to‘la suv bilan ta’minlanish jarayonida ildiz tizimi asosiy 
o‘rin egallaydi. SHuning uchun ham ildizning rivojlanish jadalligi morfologik 
tuzilishlari tuproqdan suv va suvda erigan mineral elementlarni so‘rishga 
moslashgan.


O‘simliklar tanasiga suvning kirishi va sarflanishi suv muvozanati deyiladi. 
Bunda o‘simlik tanasiga kirayotgan suv bilan sarflanayotgan suv miqdori bir-biriga 
to‘rg‘i kelishi lozim. Lekin yozgi ochiq kunlarda quyosh nurlari ta’siridan 
transpiratsiya kuchayishi va o‘simlik qabul qilayotgan suv uning o‘rnini qoplay 
olmasligi natijasida nisbiy tenglik buziladi. Oqibatda suv taqisligi ro‘y beradi. 
Aksariyat hollarda taqchillik 5-10 foizga teng va o‘simliklarga ko‘p zarar qilmaydi. 
Chunki asosan tush vaqtida bo‘ladigan bunday suv taqchilligi odatdagi hodisa 
hisoblanadi. O‘simlik uning ta’sirida transpiratsiya jadalligini tartibga solib turish 
qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bu suv taqchilligining oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
Transpiratsiya ham juda kuchayib ketganda, tuproqda suvning miqdori 
kamayib kolsa, o‘simliklarga kirayotgan suvning miqdori ham juda kamayib ketadi 
va o‘simliklarningsuvmuvozanati ancha qattikbuziladi. Bu ayniqsa, kunning eng 
issiq soatlarida sodir bo‘ladi. Suv taqchilligi ro‘y berganda barglar so‘lib va osilib 
qoladi. Suv taqchilligini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: 
D= (1-M/M
1
)·100 
bu yerda: D - suv taqchilligi; 
M - barg kesmalarining (doiracha) suvga solguncha bo‘lgan og‘irligi, g; 
M
1
- barg kesmalarining 60 daqiqa davomida suvda saqlangandan keyingi 
og‘irligi, g. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin