2.2.Tuproqlarning suv - fizik xossalari, ularning suv va o‘simlik ta’sirida
o‘garishi
Tuproqning suv-fizik xossalari uning mexanik tarkibiga va tuzilishiga bog‘lik.
Tuproqning mexanik tarkibi undagi zarrachalar diametri 0,01mm. dan kichik
bo‘lgan fizik gilning miqdori bilan aniqlanadi (2.2.1- jadval) [33].
2.2.1- jadval. Tuproqning mexanik tarkibi bo‘yicha turlari, % hisobida
Tuproq turlari
Fizik gil miqdori
(diametri 0,01mm)
Og‘ir, o‘ta gilli
> 66
Gilli
50 - 66
Og‘ir qumoq
40 - 50
O‘rta qumoq
33 - 40
Engil qumoq
25 - 55
Qumoq
14 - 25
Qumli
< 14
Tuproqning fizik xossalaridan,hajmiy og‘irligi va solishtirma og‘irligi katta
ahamiyatga ega (2.2.2-jadval).
2.2.2- jadval. Markaziy Osiyo tuproqlarning ayrim fizik xossalari
Tuproq turlari
Hajmiy og‘irligi, g/sm
3
Solishtirma og‘irligi, g/sm
3
Yengil
1,1-1,3
2,63-2,67
O‘rta
1,4-1,6
2,60-2,65
Og‘ir
1,7-1,8
2,68
Tuproq namligini va havo sig‘imini aniqlovchi xossalardan biri g‘ovaklik
hisoblanadi, u quyidagicha aniqlanishi mumkin [33]:
𝐴 = (1 −
𝚙
𝚙
1
) ∙ 100 %
bu yerda: ρ - tuproqning hajmiy og‘irligi;
ρ
1
- tuproqning soltishtirma og‘irligi.
Markaziy Osiyo tuproqlari g‘ovakligining o‘rtacha miqdori 2.2.3-jadvalda
keltirilgan.
2.2.3-jadval. Markaziy Osiyo tuproqlari g‘ovakligi
Tuproq turlari
G‘ovaklik, hajmga nisbatan % hisobida
Og‘ir: gilli
50 - 60
Gil
40 -66
Og‘ir qumoq
40-55
O‘rtacha qumoq
40 - 52
Engil qumoq
38 - 50
Qumloq
35 - 45
Gilli qum
32 - 40
Qum
30 - 38
Har xil mexanik tarkibli tuproqlardagi kapillyar suv ko‘tarilishi balandligi
(2.2.4-jadval), sizot suvlarining tuproq faol qatlamning suv-havo tarkibiga ta’sirini
va ikkilamchi sho‘rlanishning oldini olish maqsadida uni rostlash zarurligini
belgilaydi.
2.2.4-jadval.Tuproqlarda o‘rtacha kapilyar suv ko‘tarilish balandligi
Tuproq va gruntning suv bilan to‘yinish darajasiga va suvning o‘simlik
faoliyati uchun yetarliligiga qarab quyidagi nam sig‘imlari farq qiladi:
a) maksimal (eng ko‘p) gigroskopik nam sig‘imi (MGNS);
b) chegaraviy dala nam sig‘imi (ChDNS);
v) to‘la nam sig‘imi (TNS);
g) maksimal molekulyar nam sig‘imi (MMNS).
MGNS tuproqning suv bug‘lari bilan to‘la to‘yingan havodan tortib oluvchi
maksimal suv miqdori bilan aniqlanadi.
Tuproqning hamma bo‘shliqlari suvga to‘lganda uning o‘ziga eng ko‘p suv
singdirish miqdori TNSga mos bo‘ladi.
Tuproqning o‘simlik so‘lishi boshlanadigan eng kam chegaraviy kritik
namligini aniqlashda asosiy ko‘rsatkich maksimal molekulyar nam sig‘imi
hisoblanadi. U bir yarim, ikkilangan gigroskopiklikka teng bo‘ladi.
Tuproqdagi adsorbsion va kapilyar kuchlar ta’sirida saqlanadigan maksimal
suv chegaraviy nam sig‘imini hisoblanadi. Tuproqdagi kapilyar suvni o‘simlik
is’temol qiladi. Gravitatsion suv TNS va ChDNS orasidagi farqqa teng bo‘lib, tuproq
qatlamida harakatlanadi va sizot suvlarini suv bilan ta’minlaydi [33]. Har xil
Tuproq turlari
Kapilyar suv ko‘tarilish balandligi, m
Gil
4 - 5
Og‘ir qumoq
3 - 4
O‘rtacha qumaq
2 - 3
Yengil qumoq
1,5 - 2,0
Qumloq
1,0 - 1,5
Qum
0,5 - 1,0
mexanik tarkibli tuproqlardagi tuproq nam sig‘imlarini miqdorlari 2.2.5-jadvalda
keltirilgan.
Tuproq qattiq fazasining zichligi-tuproq quruq holatidagi qattiq fazasi
massasining hajmi og‘irligi bir xil 4
0
S haroratga ega bo‘lgan tuproq massasi
nisbatiga teng. Uning miqdori tuproq tarkibiga kiruvchi mineral va organik
moddalarning turiga bog‘liq. Mineral tuproqlar uchun uning qiymati 2,4 dan 2,8
g/sm
3
gacha, torfli tuproqlar uchun 1,4 dan 1,7 g/sm
3
gacha o‘zgaradi. Qattiq fazali
tuproqlarning zichligi tuproqning g‘ovakligi va uning tuliq nam sig‘imini aniqlash
uchun foydalaniladi.
Hajmiy og‘irlik-tabiiy tikislikdagi holatdan olingan mutloq quruq tuproqning
bir birlik hajmdagi massasiga teng va o‘lcham birligi g/sm
3
.
2.2.5-jadval. Tuproq nam sig‘imlari, % hisobida
Tuproq
turlari
MGNS
og‘irligiga
nisbatan
MMNS
og‘irligiga
nisbatan
ChDNS
TNS
hajmiga
nisba
tan,
hajmga
nis
batan
g‘ovaklikka
nisbatan
Og‘irligiga
nisbatan
Gil
8 - 12
21 - 24
45 - 55
78 - 85
21 - 26
45 - 65
Og‘ir
qumoq
6 - 8
18 - 21
45 - 55
66 - 75
21 - 26
40 - 55
O‘rta
qumoq
5 - 6
14 - 18
35 - 45
55 - 65
19 - 21
40 - 52
Yengil
qumoq
3 - 5
7 - 14
30 - 35
50 - 60
13 - 19
38 - 50
Qumloq
1,5 - 3
3 - 7
20 - 30
40 - 60
13 - 19
35 - 45
Qum
0,5 - 1,5
2 - 3
10 - 20
35 - 40
13 - 19
30 - 38
Tuproqning zichligi qattiq fazali tuproq zichligidan har doim kichik va uning
zichligi uni tatkil qiluvchi moddalar zichligiga, tarkibiga va g‘ovakligiga bog‘liq.
Tuproqlarning zichligi mexanik tarkibiga qarab 0,9 - 1,8 g/sm
3
ni, botqoqli
torflarniki - 0,15 - 0,14 g/sm
3
.
Tuproq g‘ovakligi-tuproq tarkibidagi hamma g‘ovaklar hajmining
yig‘indisiga teng va tuproqning umumiy hajmiga nisbatan foizda o‘lchanadi.
Tuproqning mexanik tarkibiga asosan har-xil gorizontlarida g‘ovaklik katta
diapozonda o‘zgaradi (25 - 90 %), gumusli gorizontlarda 5 - 60 %-gacha, botqoqli
torfli tuproqlarda 80 - 90 % gacha o‘zgaradi.
Tuproq g‘ovaklikligi, kapillyar va nokapillyarga bo‘linadi. Kapillyar
g‘ovaklik-tuproqning kapillyarlar oralig‘idagi bo‘shliqlar hajmlariga teng.
Nokapillyar g‘ovaklik yirik bo‘shliqlar hajmiga teng.
G‘ovaklik turlarining yig‘indisi umumiy g‘ovaklini tashkil qiladi va quyidagi
formula bo‘yicha aniqlanadi.
𝐴 = (1 −
𝛾
𝑚
) ∙ 100;
bu yerda:
𝛾 - hajmiy og‘irlik(tuproq zichligi);
m - tuproqning qattiq fazasi zichligi.
𝜔 = (
𝑚
𝑓
− 𝑚
𝑑
𝑚
𝑑
) · 100,
𝜔 = 𝜔
0
· 𝛾
Dostları ilə paylaş: |