Ii sho‘ba amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda innovatsion yondashuv amaliy mashg’ulotlarda mustaqil ta’limni tashkil etish


Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash



Yüklə 333,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix05.12.2022
ölçüsü333,74 Kb.
#120481
1   2   3   4   5   6
Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash 
Providing the integrity of music education in instrumental performance 
Tashkent, Uzbekistan 
158 
Uchinchi qadam chalg’imaslik. Biror kishi oldingizga kelib gapirsa, 
chalg’imaslik kerak. Siz uydagilarni ham dos’tlaringizni ham shunga o’rgatishingiz 
kerakki, ishlab o’tirib nimadir bilan bandmisiz, ular sizni chalg’itmasligi kerak. Yana 
shu joyda bir narsani aytib o’tish kerak, taymer ishlab boshlagandan keyin vaqt 
kamayib ketavergani natijasida kishida psixologik bosim ta’sir qilib vaqt tugaguncha 
ulgurishim kerak, degan fikrda taymersiz ishlaganga qaraganda tez va samarali ish 
olib boriladi. Vaqt tugab borgani sari vaqt sizni shoshiltirishni boshlaydi. Taymer 
qo’yib ishlaganda, taymer qo’ymay ishlaganga qaraganda ko’proq narsa qilishga 
ulgurasiz. Bu tabiiy holat. Ya’ni taymer effekti yuz beradi. Tezroq va tezroq harakat 
qilishni boshlaysiz.
To’rtinchi qadam dam olish. Dam olish taxminan 5 daqiqa bo’ladi. Dam olish 
degan haqiqiy dam olish tushuniladi. 25 daqiqa taymerda shug’ullanish tugagandan 
so’ng 5 daqiqa haqiqiy dam olish kerak, telefonda rasm yoki telegramga kirish, 
telefizor tomosha qilish emas, balki miyani dam oldirish kerak. 5 daqiqalik dam olish 
tugagandan so’ng keyingi 25 daqiqalik pomidorga o’tiladi.
Beshinchi qadam katta dam olish. Bu taxminan 4 ta pomidordan keyin 30 
daqiqaga dam olasiz. 1 ta pomidor 25 daqiqani tashkil qiladi. Har bir pomidordan 
keyin 5 daqiqadan dam olinadi. 4 ta pomidordan keyin katta dam olish 30 
daqiqalardan bir soatgacha dam olinadi, yoki butunlay pomidorni tugatishingiz 
mumkin. 
Mana shu pomidor usulini qo’llaganingizdan keyin siz o’zingizda juda katta 
foydali ish koefsentingiz oshganini his qilasiz. Bu usul orqali siz qisqa vaqt ichida 
ko’p ishchi bajaradigan bo’lib qolasiz. Aynan 25 daqiqa siz uchun shartli refleks 
bo’lib qoladi. Har doim bu usulni ishlatib borgan sari taymerni bosishingiz bilan 
sizning diqqat e’tiboringiz, xotirangiz kuchli ishlaydigan bo’lib qoladi. Bu usulni har 
kuni ishlatish lozim. Bundan tashqari yana bir narsani tushunish kerakki, bir kunda 
nechta pomidor bajarish kerak, bu sizning o’zingizga havola. Kunlik 4 ta pomidordan 
keyin dam olish esdan chiqmasdan, yana ishtiyoq kelaversa pomidorlar soni 
oshiraverish mumkin. Shuni sezasizki, pomidor usulida ishlashni boshlaganingizdan 
keyin ishga kirishib ketasiz, miyangiz ishga shung’ib ketadi, uni to’xtatish judayam 
qiyin bo’ladi. Bir narsani tushunishingiz kerak, pomidor usuli orqali siz dangalikdan 
qutulasiz va vaqtingizni unumli o’tkazishni o’rganasiz. 
Yana shuni tushunish kerakki, vaqt bu tiklanmaydigan resurs. Shuning uchun 
vaqtdan unumli foydalanishda pomidor usulidan samarali foydalanish va boshqalarga 
ham yetkazish tavsiya etiladi. Xulosa qilib aytganda, talabalarning bilim olishida o’z 
xohishi bilan harakat qilishi yuqori samara beradi.
 


Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash 
Providing the integrity of music education in instrumental performance 
Tashkent, Uzbekistan 
159 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. F.Xalilov va boshqalar. “Maxsus cholg’u” Toshkent, Ilm-Ziyo, 2016.
2. R.Abduazimov “Cholg’u ijrochiligi” Toshkent. “Musiqa” 2016. 
3. Dovranbek Turdiyev youtube kanali. 

Yüklə 333,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin