Ii sho‘ba amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda innovatsion yondashuv amaliy mashg’ulotlarda mustaqil ta’limni tashkil etish


Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash



Yüklə 333,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix05.12.2022
ölçüsü333,74 Kb.
#120481
1   2   3   4   5   6
Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash 
Providing the integrity of music education in instrumental performance 
Tashkent, Uzbekistan 
154 
Mustaqil mashg’ulot sinfda o’tilgan darsning bevosita davomi bo’lib, ular bir-
biri bilan bevosita bog’liq. Shu sababli mustaqil mashg’ulotning qay darajada 
samarali bo’lishi sinfda o’tilgan darsning mazmuniga bog’liq. 
Talaba mutaxassislik fani o’qituvchisining ko’rsatma va fikrlariga ko’r-ko’rona 
ergashib bo’ysinishi emas, balki biror masala yuzasidan o’zining shaxsiy 
munosabatini ijro orqali bildira olishi kerak. 
O’qituvchi rahbarligida o’tiladigan darsning ahamiyati katta. Talabaning 
mustaqil mashg’ulotiga sarf bo’layotgan vaqtini bekor o’tkazmasligini o’rganib 
borish kerak. Buning ushun talabaga mustaqil mashg’ulotni qanday tashkil qilish
nimalarga ko’proq e’tibor berish kerakligini tushuntirish lozim. Vaqtdan unumli 
foydalanish mustaqil ishlashning asosiy prinsiplaridan biri bo’lishi zarur. Asosiy 
prinsiplaridan yana biri mashg’ulotning muntazamligidir. Ijroni o’rgatishning 
dastlabki davridan boshlab talabada muntazam mustaqil ishlash ko’nikmasini hosil 
qilish zarur.[1.1.] 
Odatda, muntazamlilikka erishish qiyin bo’lsa ham, bunday mashg’ulotlar asta-
sekin odat tusiga kirib borishi maqsadga muvofiqdir. Ayrim talabalarning uyga 
berilgan vazifani tayyorlamaslik hollarini ham uchratamiz. Ko’p hollarda uy vazifasi 
tayyor emasligining sababi talabaning darsga bo’lgan yomon munosabati yoki 
dangasaligida emas, balki vazifani oxirigacha tushunib yetmasligi, musiqa asarini 
o’rganishga qanday yondashish kerakligini bilmasligidadir. Shu sababli mustaqil 
ishlash uchun berilayotgan vazifa o’quvchiga batafsil tushuntirilishi, talabaning 
imkoniyatlarini hisobga olgan holda aniqlashtirilishi lozim. 
Ba’zi talabalar mustaqil mashg’ulot paytida berilgan musiqa asarini boshidan 
oxirigacha ko’p marotaba takrorlayveradilar. Bunda musiqa asarining ma’nosi va 
o’ziga xos xususiyatlari to’la va aniq tahlil qilinmaydi. Asar o’qituvchi oldida ijro 
etib bera olish uchungina yuzaki takrorlanadi. Mustaqil shug’ullanishdagi 
mashg’ulotlarning kamchiliklaridan yana biri talabalar vazifani tayyorlash jarayonida 
o’z ijrosini nazorat qila olmasligidir. Masalan, musiqa asarining matni yoq olinishida 
biror nota no’to’g’ri o’rganiladi va buni talabaning o’zi sezmaydi. Yoki ma’lum bir 
ijro usuli noto’g’ri bajariladi va bu ham talabaning nazaridan chetda qoladi. Bunday 
kamchilik dars paytida o’qituvchi tomonidan bartaraf etiladi. 
Ijro paytida o’zining harakatlari, tovushlarning to’g’riligini nazorat qilish 
ko’nikmasi talabalarda o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi, balki reja asosida olib borilgan 
mashg’ulotlar evaziga erishiladi. O’z-o’zini nazorat qilishning ijrochi uchun 
ahamiyati juda katta, u orqali ijrodagi kamchiliklarga barham berish mumkin.
Mustaqil mashg’ulot qanday tuzilishi kerak va nimalardan iborat bo’ladi? 
Mustaqil mashg’ulot uchun berilgan vazifa qanchalik aniq bo’lsa, talabaning vazifasi 
shuncha osonlashadi. Mustaqil mashg’ulot qanday kechishidan qat’i nazar, uni 



Yüklə 333,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin