hayot faoliyati xavfsizligi qismi
III. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI QISMI
3.1.Mehnatni muhofazasi qilish.
3.1. Mehnat muhofazasi va parchalash sexining xavfsizlik texnikasi
Parchalovchi-tortuvchi saralovchi mashina (PTSM) mashinisti, konveyer mashinisti va bunkerchi kasblari bo‘yicha ishga 18 yoshga to‘lgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, mehnat xavfsizligi o‘quvidan o‘tgan va ishning xavfsiz usullari hamda uslublarini amaliy o‘zlashtirgan, gazniqob va boshqa himoya vositalaridan foydalanishni bilgan, baxtsiz hodisalarda birinchi yordam ko‘rsata oladigan shaxslar qo‘yiladi.
Asosiy ishlab chiqarish zararligi:
1. Rudani tashishda – kremniy, havoda chang mavjudligi 2 mg/l oshmagan
Ishlayotgan jihozdan hosil bo‘ladigan titrash (vibratsiya)
Ishlayotgan jihozdan shovqin “A” shkalasi bo‘yicha 110 desibelga yetadi.
Chang bosishini yo‘qotish uchun uchastkada so‘ruvchi-tortuvchi shamollatish (ventilyatsiya), shuningdek, tashishda rudani sug‘orish qo‘llanilgan. Sug‘orish suv tushirgich nuqtalarida va suv havo aralashmali yuklash telejkalarida amalga oshiriladi. Binolar va ish joylarini yoritishga tabiiy va sun’iy yoritgichlardan foydalanish bilan erishiladi. Sexda ishlaydigan barcha xodimlar ko‘p qavatli binolardagi ishning o‘ziga xos xususiyatlariga, xavfi yuqori ishlarni bajarish qoidalariga, kasbi bo‘yicha xavfsiz usul va uslublarga, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga o‘qitilgan bo‘lishi zarur.
Shaxsiy himoya vositalari sifatida changga qarshi respiratorlar, "Berushi" turidagi shovqinga qarshi ichqo‘ymalar va mineralli zichlangan himoya ko‘zoynaklari qo‘llaniladi.
3.1.2. Mehnat muhofazasi va maydalash sexining xavfsizlik texnikasi
Tegirmon mashinisti kasbi bo‘yicha ishga 18 yoshga to‘lgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, mehnat xavfsizligi o‘quvidan o‘tgan va ishning xavfsiz usullari hamda uslublarini amaliy o‘zlashtirgan, gazniqob va boshqa himoya vositalaridan foydalanishni bilgan, baxtsiz hodisalarda birinchi yordam ko‘rsata oladigan shaxslar qo‘yiladi.
Asosiy ishlab chiqarishning zararli omillari:
Parchalangan rudadan maydalash sexiga kiradigan chang
Jihozlar ishidan hosil bo‘ladigan titrash (vibratsiya)
3. Ishlayotgan jihozdan shovqin “A” shkalasi bo‘yicha 110 desibelga yetadi.
Ishchi zona havosida zararli moddalar miqdori, chunonchi, chang bosishining 2 mg/m.dan oshmasligi uchun so‘ruvchi-tortuvchi shamollatish (ventilyatsiya) qo‘llanilgan. Talablarga muvofiq ishchi joylarini yoritishda lyuminessentli cho‘g‘lanma lampalardan foydalaniladi. Ishlab chiqarish xonalaridagi ishchi joylarida shovqin va titrash (vibratsiya) belgilangan me’yordan oshmasligi lozim. Sexda ishlaydigan barcha xodimlar ko‘p qavatli binolardagi ishning o‘ziga xos xususiyatlariga, xavfi yuqori ishlarni bajarish qoidalariga, kasbi bo‘yicha xavfsiz usul va uslublarga, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga o‘qitilgan bo‘lishi zarur.
Barcha ishlar maxsus kiyimda va maxsus poyafzalda olib borilishi zarur. Shaxsiy himoya vositalari sifatida changga qarshi, shovqinga qarshi ichqo‘ymalar va quloqchinlar qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |