Iii. Hayot faoliyati xavfsizligi qismi


Atrof-muhitni muxofaza qilish



Yüklə 73 Kb.
səhifə4/6
tarix19.08.2022
ölçüsü73 Kb.
#117584
1   2   3   4   5   6
Iii. Hayot faoliyati xavfsizligi qismi

3.2. Atrof-muhitni muxofaza qilish
3.2.1. Sian bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalari

  • Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning sianli qorishmalar (pulpa) bilan bevosita kontaktda bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaslik va ish zonalaridagi zaharli ajratmalarni kamaytirish uchun sianlash bo‘linmasining jihoz va sig‘imlari maksimal zichlashtirilgan yoki mahalliy so‘rish ega panagohlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.

  • Texnologik jarayon nazorati va jihozlarni boshqarish to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lishi yoki masofadan turib amalga oshirilishi lozim.

  • Sianli jarayon jihoz va sig‘imlari qorishmalar(pulpa)ning mumkin bo‘lgan to‘satdan to‘kilib ketishini oldini oladigan avtomatik qurilmalar bilan ta’minlangan, to‘kilish trubkalari bilan jihozlangan bo‘lishlari darkor.

    • sianli qorishmalar (pulpa) yoki ularning bug‘lari tegib turadigan jihozning detallari, quvurlar, armatura va boshqa qurilmalar sianga bardoshli materiallardan tayyorlanishi lozim; elektr o‘tkazgichlar va rangli metall va ularning qotishmalaridan (mis, misrux, aluminiy va boshqa) qilingan detallar sianidlar bilan kontaktdan izolyatsiyalangan bo‘lishi lozim.

  • Yopiq joyda bo‘lmagan va aspiratsiyasiz jihoz va sig‘imlardagi sianli qorishmalarda (pulpada) himoyalash ishqorining konsentratsiyasi SaO bo‘yicha har doim 0,01 – 0,025% kam bo‘lmagan darajada ushlab turilishi kerak.

  • Sianlash va sianli qorishmalar tayyorlash bo‘linmalarida so‘rish ventilyatsiyasi bilan olib ketiladigan havo xonaning balandgi zonasidan olinishi kerak.

  • Tarkibida sianlar bo‘lgan sanoat oqavalarini zararsizlantirish xonalari fabrikaning boshqa xonalaridan ajratilgan va masofada turib boshqariladigan umum almashuvchi va avariya ventilyatsiyasi bilan jihozlanishi lozim.

  • Xlor mahsulotlari va boshqa reagentlar(vodorod, ozon peroksid va h.k.)ni qo‘llagan holda sianli sanoat oqavalarini zararsizlantirish faqatgina havo so‘rish, nazorat va masofadan boshqarish asboblari bilan jihozlangan usti qalin yopilgan jihozlardagina ruxsat etiladi.

  • Fabrika hududidan toksik moddalardan zararsizlantirilmagan maxsus kiyim boshni olib chiqish va uning tashqarisiga maxsus kiyimni kiyib chiqish man qilinadi.

  • Maxsus kiyim bosh avvalo zararsizlantirilib markazlashtirilgan holda yuviladi va ta’mirlanadi.

  • Faqat rezina qo‘lqoplar, fartuk va etik kiygan holdagina sianli qorishmalar (pulpa) bilan ishlashga ruxsat etiladi. Shimlar etik ustidan tushirilgan bo‘lishi lozim. sianli qorishmalar bilan ishlash joyi mahalliy so‘rish ventilyatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

  • Shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun sianlash bo‘linmasining barcha chegaralarida profilaktika punktlari qilingan bo‘lishi lozim, ular ish maydonlarida shunday joylashgan bo‘lishlari lozimki ulardan istalgan sianli jihozgacha bo‘lgan masofa 25m dan oshmasligi lozim.

  • Punktlarga kelish yo‘li yaxshi yoritilgan, tez topiladigan, jihojlar va kommunikatsiyalar bilan bekitilmagan bo‘lishi kerak.

  • Profilaktika punkti zaharga qarshi vositalar, dori-darmonlar va bog‘lash vositalari bo‘lgan aptechkalar, shuningdek zarur idishlar, zaharga qarshi vositalar bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.



Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin