Ijod na’munalarim bo’l zamonga hamnafas



Yüklə 20,72 Kb.
tarix31.12.2021
ölçüsü20,72 Kb.
#113298
ASILBEK ODILOV. Menejment 1-kurs. She'rlar to'plami



IJOD NA’MUNALARIM

BO’L ZAMONGA HAMNAFAS

Xo’p o’yladim bir kun yotib, Aql emas ,,ПРОКАТ’’

Hayollarim shataloq otib, Harakatda barakat.

Uxlab qolmasdan qotib, O’qi aniq fanlarni,

She’r to’qidim men yotib. Bularsiz hayot bo’lmas,

Hayollar charx urardi, Birortasi bo’lmasa

Darslarim ham turardi, Hayot barhayot bo’lmas.

Ilhomim jo’sh urardi, O’qi tabiiy fanlarni,

Osmonlarda yurardi. Har xil tirik jonlarni,

Beray senga maslahat, Yurak, o’pka, qonlarni

Bo’l zamonga hamnafas. Hayotning har onlarini.

Qilib har xil islohot, Bekor bo’lib turganing,

O’qi, izlan har nafas. Sandiroqlab yurganing,

Ertlab erta turgin, G’iybatdan uy qurganing,

Yangiliklarni bilgin, Kimga kerak, aytlaring…

,,Zamon’’, ,,Axborot’’ ko’rgin Zo’r o’qishga kirasan,

Yaxshilar bilan yurgin. Uni so’ng bitirasan,

Har xil maqsadlar qurgin, Zo’r ishga ham kirasan,

Ularni olg’a surgin. So’ng gerdayib yurasan.

Umidsizlik eng yomon Pulni pulga urasan,

Kechikmay ,,RO’L’’ing burgin. Dala hovli qurasan,

Qilmayabsan sen tashvish, Toshkent cityda turasan,

Olma pish, og’zimga tush, Ferrarida yurasan.

Axir emasku hayot, Shirin turmush qurasan,

Yalqovlikni tez yo’qot. Xo’p davringni surasan.

Chet ellarga ketasan,

Mashhur bo’lib ketasan,

Orzularing ushalib,

Murodingga yetasan.

Lekin, avval, birinchi,

Buyog’ini do’ndirgin.

Orzularingni biroz

Olovini so’ndirgin.

Chin dildan o’qish boshla,

Dangasalikni tashla,

Boshingni kamroq qashla,

Maqsadga qadam tashla.

Bir fanni o’qiyman deb,

Boshqasin unutma hech.

Qani tez o’qish boshla,

Axir, bo’lmasidan kech.

Hamma fanni teng o’qi,

Behuda qilma ermak,

Har fanning o’z o’rni bor,

Barchasin o’qish kerak.

Qani kelgin bo’laylik ,

Biz zamonga hamnafas.

Bugundan o’zgaraylik,

Ko’rganlar qilsin havas…

OTA

Dunyoning zamiri go’yoki ota,



CHunki inson tarqagan Odam atodan.

Baxtimizga otalar doim sog’ bo’lsin…

Shuni ibodatda so’rang xudodan.

Otalar misoli aqlning ko’zi,

Donishga to’ladir aytgan har so’zi,

Yusuf payg’ambardek yorug’dir yuzi,

Baxtimizga payvasta ularning o’zi…

Agar biror ishni boshlay desangiz,

Otangizdan albatta rizolik oling.

,,Ota rozi—xudo rozi’’ axir bejizmas,

Otangiz ko’ngliga mehringiz soling.

Otangizga quloq soling, nasihat oling,

Gar nedandir qaytarsa, so’zidan chiqmang.

Xizrday hurmat va e’zozlang, hatto,

Ular o’tirgan uyning tomiga chiqmang.

Agar oila darxt bo’lsa, unda ildiz otadir,

Gar u baquvvat bo’lsa, yana ildiz otadir.

Bu so’zlar zamirida katta ma’no yotadir,

Oilaboshi, o’rgatuvchi, hal qiluvchi otadir.

Oila bo’lsa mamlakat, ona vazir, ota shoh,

Xizmat qilaylik doim, goh shom,sahar, goh choshgoh.

Ota zotini agar qancha ta’riflasam kam,

Ulug’layman har qachon, charchamayman sira ham…

ONA


Ona shunday ulug’ zotki, beg’ubor inson,

Ba’zan tinmas tun-u kun, yana beminnat.

Nomingizga salovatlar o’qiymiz doim,

Hatto, ular oyog’i ostida jannat.

Onajonim sizni juda yaxshi ko’raman…

Hech narsaga teng kelmaydi, ajib tuyg’u bu…

Mehribonim,jonajonim, onajonimsiz,

Bu dunyoda siz bor axir, mening baxtim shu…

O’ta matonatli, sabrli inson,

Bag’rikenglikdasiz yakka-yagona.

Go’zalsiz, lobarsiz, beg’uborsiz, ha,

Bularning barchasi siz uchun ona…

Dunyoga keltirdingiz, tarbiyaladingiz,

Menga doim hamroh nasihat-u pand.

Ishonchlarni oqlayman hali ko’rasiz,

Mana ulg’ayabman men sizlar monand.

Biz uchun qilganlaringiz ona, tengsizdir,

Biz uchun ham hayot, ham mamotsizdir,

Behishtni tebratgan bu qo’lingizdir,

Firdavs nafasidek pok ko’nglingizdir.

Esimni tanibman, sizga bog’landim,

Bog’chada ham hatto sizga talpindim.

Ko’nglim ranjiganda ko’nglim oldingiz,

Ba’zan sho’xlik qilib sizni ranj qildim.

Erka-injiqliklarim siz ko’tardingiz,

Oyog’im og’riganda siz ko’tardingiz,

Topganingiz yedirdingiz, kiydirdingiz,

Misol bizni yerdan ko’kka ko’tardingiz.

Bilmaganim o’qitdingiz, o’qidim,

Yaxshilikka chorladingiz, uqidim,

Siz bo’lmasangiz axir men ham yo’q edim

Mehrimni jamlabon men she’r to’qidim.

Onajon, to umrim oxirigacha

Sizga doim xizmatda bo’lay,

Shunday e’zozlayki, boshga ko’taray,

Nomingizga atab ko’p ishlar qilay.

Nima topsam siznikidir shu,

Gar shoh bo’lsam, egadirsiz toj-u taxtimga.

Ko’nglimiz ham, jonimiz ham,qonimiz ham bir

Onajonim sog’ bo’ling doim baxtimga…

AKA

Assalom qardoshlar, aziz mo’minlar, Azizlar, sizga so’z qisqasin aytay,



Imon keltirganlar, dinga aminlar, Bu foniy dunyoda yana bir zot bor,

Turli millat, turli elat, turli davlat-u, Nainki she’rimni, jonimni atay,

Oliy maqsadi bir turli zaminlar. Menga yana ne kerak, axir akam bor.

Hatto Rasul aytgan ,,Onang buyukdir, Urinmang begona ko’nglin aylab shod,

Buyukdir, buyukdir’’, senga suyukdir, Akangiz ko’nglini aylangiz obod.

O’znimas, seni deb yashaydi har on, Meni shuni tushundim, shuni angladim,

Sen uchun qayg’urib, dili kuyukdir. Aka buyuk zotdir, aka ulug’ zot…

Otamiz muqaddas, bizni yaratgan,

Ongidan biz uchun ziyo taratgan,

Dunyoda nimaiki yaxshi- yomoni

Afzallik, ezgulik sirin o’rgatgan.

BIRINCHI O’QITUVCHIM

Assalom alaykum ulug’ insonim,

Aziz mehribonim, aziz ustozim,

Tabrik aylagayman mana shu kunda

Qalbimda izhorim, mo’yqalam—sozim.

Shoirlikka berilib, adabiy so’zlab,

Har so’z zamiridan nenidir ko’zlab,

Naqshindor, jilvador g’azalni emas,

Ichimdagi gapni berayin so’zlab…

Sizga bo’lgan mehrim shunchalar cheksiz,

Buni ta’riflashga tilim ham ojiz,

Ona bitta bo’lar, lek onamdeksiz,

,,Ustoz otadek ulug’’’ emasku bejiz.

Qoyil ustoz mehringiz barchaga yetar,

Maqtasangiz ko’ngildan g’uborlar ketar,

Qoshingiz chimirib, koyisangiz gar,

Dangasa ham hayiqib o’qimay netar.

Qo’limdan ushlabon harf o’rgatdingiz,

,,Yomondan yiroq bo’l’’ deya aytdingiz,

Shuningchun qalbingizdan qalbga ko’chdi nur,

Sizga hurmat, izzatda bo’lay bir umr.

O’quvchilar dardida siz kuyib- yondingiz,

Ne qilsam ham doim menga ishondingiz,

In sha alloh ishonchingiz albat oqlayman,

Sizga munosib shogird bo’lish xohlayman…

Siz tufayli sog’, raso aqlim, tafakkur,

Sizga doim ta’zim aylay, sizga tashakkur.

Doimo dilingiz shodlikka to’lsin,

Yuzingiz doimo quvonch-la kulsin,



Shundayin yosh, sog’-salomat bo’lin yuring

Aziz ayyomingiz muborak bo’lsin…
Yüklə 20,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin