3. Iste′molchining afzal ko`rishi qoidalari.
Iste′molchining eng yaxshi iste′mol ne′matlar majmuini tanlashini, ne′matlar turi ikkita bo`lgan hol uchun qaraymiz. Umuman olganda bu tahlilni keskin darajada cheklamaydi. Haqiqatdan ham iste′molchi tanlovini berilgan ne′mat bilan boshqa qolgan barcha ne′matlar o`rtasida qarasak ham bo`ladi. Ikkita ne′mat uchun naflilik funksiyasi quyidagi ko`rinishga ega (6-rasm).
6-rasm. Ikki o`zgaruvchili naflilik funksiyasi grafigi
Yuqoridagi rasmda keltirilgan naflilik funksiyasining TU=ƒ(X1,X2) grafigida funksiyaning TU1 va TU2 qiymatlariga to`g`ri keluvchi chiziqlar keltirilgan. Masalan, ABC chizig`i naflilik funksiyasining TU1 qiymatiga mos keladi va shu ABC chiziqning har bir nuqtasiga mos keluvchi X1 va X2 ne′matlar miqdori kombinatsiyalari bir xil darajadagi naflilik TU1 ni ta′minlaydi. Grafikdagi ABC chiziqning X10X2 tekislikdagi proeksiyasi A1B1C1 egri chiziq naflilik funksiyasining TU1 qiymatiga to`g`ri keluvchi befarqlik egri chizig`i deyiladi. Naflilik funksiyasining TU1 va TU2 qiymatlariga mos keluvchi befarqlik chiziqlari quyidagi ko`rinishga ega (7-rasm).
7-rasm. Befarqlik egri chiziqlari
Befarqlik egri chizig`i - bu iste′molchi uchun bir xil naf beruvchi ne′matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi (8-rasm). Faraz qilaylik, X1 - gamburger, X2 - fanta ichimligi.
8-rasm. Gamburger va fanta ichimligi uchun befarqlik egri chizig`i
8-rasmdagi grafikda bitta gamburger bilan uchta fanta ichimligi (A nuqta) beradigan naf, 2 ta gamburger bilan 2 ta fanta ichimligi (B nuqta) beradigan nafga teng. Demak, befarqlik egri chizig`i bir xil naf beradigan gamburger va fanta ichimliklari kombinatsiyalarini ifodalovchi nuqtalardan iborat. Befarqlik egri chiziqlari majmuasi befarqlik egri chiziqlari kartasini hosil qiladi (9-rasm).
9-rasm. Befarqlik egri chiziqlari kartasi
Befarqlik egri chiziqlari bir-biri bilan kesishmaydi. Befarqlik egri chiziqlari qanchalik o`ngda va tepada joylashgan bo`lsa, unga to`g`ri keladigan naflilik shuncha yuqori bo`ladi: Masalan, 9-rasmdagi befarqlik egri chiziqlari joylashuviga ko`ra TU3>TU2>TU1 deb yozish mumkin.
10-rasm. Ne′matlarni bir-biri bilan almashtirish zonasi
Ne′matlarning bir-birini o`rnini bosishi zonasi. Ne′matlarning birbirini o`rnini bosish zonasi deb - bir ne′matni ikkinchi ne′mat bilan samarali almashtirish mumkin bo`lgan oraliqga aytiladi (10-rasm). Rasmdagi ON ga teng bo`lgan X1 ne′matning miqdori iste′molchi uchun shunday zaruriy minimal miqdor hisoblanadiki, u ushbu miqdordagi ne′matning o`rniga X2 ne′matdan qancha ko`p taklif qilinmasin voz kecha olmaydi. Xuddi shunday OF miqdorga teng bo`lgan X2 ne′matning miqdori ham iste′molchi uchun zaruriy minimal miqdor hisoblanadi. X1 va X2 ne′matlarning o`zaro almashish sohasi bo`lib VW oraliq hisoblanadi. Bu oraliqda, bu ikki ne′matning bir-biri bilan almashtirish mazmunga ega. Chekli almashtirish normasi. Befarqlik egri chizig`ining pastga tomon yotiqligi X2 ne′matni X1 ne′mat bilan chekli almashtirish normasini ifodalaydi. Chekli almashtirish normasi odatda MRS X, Xbilan belgilanadi va uning miqdori gorizontal o`q bo`yicha ifodalangan X1 ne′matning bir birligi uchun, vertikal o`q bo`yicha ifodalangan X2 ne′matning qancha miqdoridan voz kechish mumkinligini ko`rsatadi (11-rasm).
11-rasm. Ne′matlarni chekli almashtirish normasi
Befarqlik egri chizig`i koordinata boshiga nisbatan botiq bo`lgani uchun, MRSX, X bir ne′mat bilan boshqa ne′matni almashtirish oshib borgan sari kamayib boradi. 11-rasmda X2 o`qi bo`yicha ajratilgan ΔX2 ni X1 o`qi bo`yicha ajratilgan ΔX1 ga nisbatan chekli almashtirish normasini beradi:
Bu yerda: MRSX, X – X1 bilan X2 ni chekli almashtirish normasi. MRSX, X befarqlik egri chizig`ining har qanday nuqtasida, shu nuqtadan o`tgan chiziqning tangens burchagi yotiqligining absolyut qiymatiga teng. Befarqlik egri chizig`ining tangens burchagi yotiqligi manfiy bo`lgani uchun MRSX, X manfiy bo`ladi. Lekin, MRS musbat bo`lib, u burchak yotiqligining absolyut qiymati bo`yicha olinadi. Agar funksiya uzluksiz bo`lsa, Masalan, ΔX1=1 kitobga va X2 3 ta bananga teng bo`lsa, bo`ladi va iste′molchi bitta kitob uchun uchta bananni berishga tayyor. Ko`rsatish mumkinki, bu yerda 3 ta banandan olinadigan naf bitta kitobdan olinadigan nafga teng. Boshqa tomondan naflilik funksiyasi ) ,( 2 1 XXTU dan to`liq differensial olsak:
X1 va X2 larni shunday tanlash mumkinki, natijada 0 bo`ladi. U holda quyidagini yozishimiz mumkin:
Demak, ikkinchi ne′matni birinchi ne′mat bilan befarqlik egri chizig`ining har bir nuqtasidagi chekli almashtirish normasi MRS, ne′matlarning shu nuqtadagi chekli nafliliklari nisbatiga teng.
Dostları ilə paylaş: |