4. Byudjet cheklanganligi va iste′molchining muvozanatlilik sharti Byudjet chizig`i. Befarqlik egri chiziqlari bir ne′mat bilan ikkinchi ne′matni almashtirish mumkinligini ko`rsatadi, xolos. Lekin, ular iste′molchi uchun qaysi tovarlar majmuasi nafliroq ekanligini ko`rsata olmaydi. Bunday masalani byudjet chizig`i yordamida yechish mumkin. Byudjet chizig`i tovarlar narxiga va iste′molchining daromadiga asoslanadi va u mavjud pul mablag`lari chegarasida iste′mol uchun qanday tovarlar majmuasini xarid qilish mumkinligini ko`rsatadi. Iste′molchi tanlovida uning afzal ko`rishi befarqlik egri chizig`i orqali ifodalansa, daromadi va ne′matlar narxidagi o`zgarishlarga munosabatini byudjet chizig`i vositasida aks ettirish mumkin (12-rasm).
12-rasm. Iste′molchi tanlovini befarqlik egri chizig` va cheklangan byudjet chizig`i orqali ifodalanishi2 Byudjet chegarasini ikkita ne′mat misolida ko`radigan bo`lsak, agar iste′molchi daromadi R bo`lsa, X1 va X2 lar birinchi va ikkinchi ne′matlar miqdori, P1 va P2 lar mos ravishda, birinchi va ikkinchi ne′matlarning narxlari bo`lsa, byudjet chegarasi berilgan daromad R hamda P1 va P2 narxlarda iste′molchi tomonidan sotib olinishi mumkin bo`lgan, birinchi va ikkinchi ne′matlarning barcha kombinatsiyalarini ifodalaydi. Byudjet chegarasini quyidagicha yozish mumkin: va bu tengsizlik tovarlarga sarflanadigan xarajatlar yig`indisi, iste′molchi daromadidan oshmasligini bildiradi. X1 va X2 larning manfiy bo`lmaslik shartini kiritsak, iste′molchining tovarlarni sotib olishi mumkin bo`lgan sohasini (13-rasmda shtrixlangan yuza) aniqlagan bo`lamiz:
13-rasm. Iste′molchining tanlov sohasi Byudjet chegarasi tenglamasigrafikda AB chizig`ini beradi, bu chiziqqa byudjet chizig`i deyiladi. Byudjet chizig`i quyidagi tartibda aniqlanadi va tenglamasini quyidagicha yozamiz:
- byudjet chizig`ining burchak koeffitsiyenti, u byudjet chizig`ining X1 o`qiga nisbatan yotiqligini ifodalovchi kattalik. Byudjet chegarasi tenglamasida bo`lganda, bo`ladi va bunda barcha daromad X2 ne′matga sarflanadi (grafikda A nuqta bo`lib,
uning koordinatalari va u miqdorda sotib olinadi). Endi X2 desak,
1 1 P R X , bu holda barcha daromad X1 ne′matni sotib olishga sarflanadi va u 1 P R miqdorda sotib olinadi (grafikda B nuqta).
Demak, byudjet chizig`i koordinatalar o`qini nuqtalarda kesib o`tadi.
Byudjet chizig`idagi nuqtalarda daromad to`liq sarflanadi. Shtrixlangan sohadagi nuqtalarda (masalan, C nuqtada) daromad to`liq sarflanmaydi. Agar tanlov nuqtasi byudjet chizig`idan o`ng tomonda yotsa (D nuqta) daromad ushbu nuqtaga to`g`ri keladigan ne′matlar kombinatsiyasini sotib olishga etmaydi. Byudjet chizig`ining manfiy yotiqligi, absolyut qiymati bo`yicha tovarlar nisbati 2 1 PP ga teng (bu kattalik tg bo`lib, yoki Byudjet chizig`i tenglamasidan
ekanligini ko`ramiz. 2 1 PP
kattalik iste′molchining X1 tovardan qo`shimcha bir birlik (ΔX1) sotib olishi uchun qancha X2 tovardan (ΔX2) voz kechish mumkinligini ko`rsatadi. Iste′molchining tanlovi masalasi ikkita ne′mat uchun quyidagicha qo`yiladi. Iste′molchining daromadi (R) berilgan, sotib olish mumkin bo`lgan ne′matlar narxi mos ravishda P1 va P2 deylik. U holda iste′molchi o`zining daromadi R ga ko`ra birinchi va ikkinchi ne′matlardan shunday X1 va X2 miqdorda sotib olinsinki, natijada ulardan oladigan umumiy naf maksimal bo`lsin (naflilik funksiyasi maksimal qiymatga erishsin): max , 21 XXfTU , quyidagi shart bajarilsin: R XPXP 2 211 , 0 1 X va 0 2 X . Iste′molchining tanlov masalasini yechilishini grafikda ko`rib chiqamiz (14-rasm).