I. Bob Banklarning mohiyati va ularning asosiy funksiyalari
1.1 O’zbekistonda bank tizimining shakllanish bosqichlari……………...5
1.2. Banklarni iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati………………….13
II Bob O’zbekiston bank tizimini rivojlanish tendensiyalari tahlili
2.1. O’zbekistonda banklar faoliyatining asosiy yo’nalishlari va ularni rivojlantirish istiqbollari……………………………………………...…26
2.2.Bank tizimining moliyaviy barqarorligi va rivojlanishi…………….35
2.3.Tijorat banklari faoliyatini tashkil etish va boshqarish ……………41
Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
Istiqlolga erishganimizdan so’ng, bank tizimida ham sezilarli darajada o’zgarishlar yuzaga keldi.
Mamlakatimizda bank tizimining uzluksiz rivojlanishi bozor munosabatlari sharoitidagi ob’yektiv zaruriyat bo’lib, bu o’z navbatida tijorat banklar foalyatini uzluksiz nazorat qilishni va ularni samarali boshqarish uchun zarur ma’lumotlar bazasining yaratilishining uslubiy asoslarini takomillashtirishni talab etadi.
Bank tizimidagi islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o’sish sur’atlarini ta’minlashda eng muhim omil hisoblanadi. Shu sababli ham ushbu sohani rivojlantirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Biroq shuni tan olish lozimki mamlakatimiz bank tizimi yetarli darajada rivojlanmagan. Bu kabi fikrlar prezidentimi Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ham bir necha bor ta’kidlab o’tilgan. Xususan, Prezidentimiz o’z nutqlarida “Endi banklar resurs jalb etish bo’yicha "o’z aravasini o’zi tortishi” kerak. Shundagina bozor sharoitiga mos, zamonaviy boshqaruv tizimiga ega moliyaviy institutga aylana oladi” degan edilar1.
O’zbekiston bank tizimi o’z sifatini yangi bosqichini boshidan kechirmoqda. Bu makroiqtisodiy vaziyatdagi jiddiy o’zgarishlar, umuumiqtisodiy vazifalarni hal etishda banklarning faoliyati va ta’sirining o’sishi bilan bog’liq. Chunki kredit va moliya operatsiyalarini asosiy qismini qamrab oladigan kredit tizimining hal qiluvchi bo’g’ini bank tizimidir.
O’zbekistonda bank tizimi mustaqil davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri bo’ladi.
Aynan yuqorida ta’kidlab o’tilgan fikrlar mazkur kurs ishining ahamiyatini belgilab beradi.