2 BOB. O’zbekiston banklaridagi foiz stavkasi kredit muddatlari va miqdorlari 2.1. Xalq Banki haqida ma’lumot
Xalq banki ATB — O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biridir.
Asosiy maʼlumotlar:
Turi - Aksiyadorlik jamiyati
Shiori - Doimo yoningizdagi bank
Litsenziyasi - №25 25-yanvar 2003-yil
Faoliyati - Barcha turdagi bank xizmatlari
Avvalgi nomi – “O‘zjamg‘armabank”
Boyligi:
Nizom jamgʻarmasi - 259 mlrd. soʻm (1-aprel 2016-yil)
Kapitali - Green Arrow Up Darker.svg 498,831 mlrd. soʻm (2016-yil),
454,957 mlrd. soʻm (2015-yil)
Aktivlari - Green Arrow Up Darker.svg 2,7 trln. soʻm (2013)
2,1 trln. soʻm (2012)
Sof foydasi - Green Arrow Up Darker.svg 45,753 mlrd. soʻm (2014)
40,434 mlrd. Soʻm (2013)
Shoʻba tashkilotlari: «Xalq sug‘urta», «Xalq invest» MChJ
Auditor - «Grant Tronton»
Sayti - www.xb.uz
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki — O‘zbekiston dagi eng yirik moliya muassasalaridan biri. Bankning asosiy maqsadi — kompleks ravishda bank tizimini yaratish, aholidan bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish hamda aholini kreditlash va milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun kredit va investitsiya resurslarini ko‘paytirishdan iborat. Bankning markaziy ofisi Toshkent shahrida joylashgan.
Bank o‘z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o‘z mavqeyi va rolini mustahkamlash uchun barcha saʼy-harakatlarini safarbar etmoqda. Xalq banki missiyasi — bank faoliyatining yo‘nalishi va mazmunini belgilab beradi, hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajarish, shuningdek, xalq farovonligi va umuman iqtisodiyotning o‘sishini taʼminlashdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bank mijozlari — aholi va xo‘jalik yurituvchi subʼektlardir.
Bank Tarixi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O‘zbekistonning eng qadimiy banklaridan biridir. Uning Toshkentdagi birlamchi jamg‘arma kassalari 1875-yilda tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 1995-yil 4-oktyabrdagi qaroriga asosan „O‘zjamg‘armabank“ davlat-tijorat Xalq banki etib qayta tuzilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi „Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi „Aksiyadorlik tijorat Xalq banki“ nomiga o‘zgartirilgan.
Mustaqillik yillarida Xalq banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat yuritib, zimmasiga yuklangan masʼuliyatli vazifalarni muvaffaqiyatli tarzda ado etib kelmoqda.