Jalb qilingan xorijiy kredit liniyalari Bank nafaqat chet ellik mutaxassislarni jalb qilish bilan shug‘ullanadi, balki xorijiy banklar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
Jumladan:
1. AQShning „Cargill Financial Services International, Inc.“ moliya muassasasidan 94 mln. AQSh dollar;
2. „Osiyo taraqqiyot banki“ (ABR)dan chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 50 mln. AQSh dollar;
3. Turkiyaning Aktif bankidan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha dastlabki 2 mln. AQSh dollar;
4. Rossiyaning „Roseksimbanki“dan 10 mln Yevro ekvivalentida (11 mln. AQSh dollarga teng);
5. „Transkapitalbank“dan 18 mln. AQSh dollarlik kredit liniya mablag‘lari;
6. Yaponiyaning „Yaponiya xalqaro hamkorlik agenligi (JICA)“dan 30 mln. AQSh dollar;
7. Qozog‘istonning „First Heartland Jýsan Bank“ bankidan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha 5 mln AQSh dollarlik kredit liniya mablag‘lari jalb qilindi;
8. „ICBC Standard Bank Plc“dan 25 mln AQSh dollari miqdorida kredit olindi;
9. „Deutsche Bank“dan 150 mln AQSh dollari miqdorida kredit olindi.
Joriy yilda bank tomonidan quyidagi xorijiy kredit liniyalarni jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borildi. Jumladan; — „Raiffeisen Bank International AG“ (Avstriya) banki bilan 1 aprelda loyihalarni moliyalashtirish doirasida qiymati 50 mln Yevro miqdoridagi Bosh kelishuv imzolandi. (60 mln AQSh doll. ekv.) Mazkur mablag‘lar hisobidan jami 11 mln. AQSh dollar miqdoridagi nooziq-ovqat sanoat sohasidagi loyihalar moliyalashtirildi. — PJSC „Sovcombank“ (Rossiya) banki bilan 6 aprelda milliy valyutada 419 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ olish bo‘yicha 4 yillik kredit shartnomasi imzolandi. (40 mln AQSh doll. ekv.) Jalb qilingan mablag‘ filiallar tomonidan savdo va chakana kreditlar uchun ajratilmoqda.
Ijtomoiy tarmoqlar 🌐 Sayt: www.xb.uz
👉 Telegram: http://t.me/xalqbankinfo
👉 Facebook: http://fb.com/xalqbankinfo
👉 VKontakte: https://vk.com/xalqbankinfo
👉 Odnoklassniki: https://ok.ru/group/58770712035482
👉 Instagram: http://instagram.com/xalqbankinfo
👉 TikTok: http://tiktok.com/@xalqbankinfo
👉 Youtube: http://www.youtube.com/c/XalqBankinfo
👉 Mover: https://mover.uz/profile/xalqbankinfo
👉 Twitter: https://twitter.com/xalqbankinfo
👉 Call-center: +99871 210 20 02, 11-06
2019 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalardan biri sifatida bank va moliya tizimida islohotlarni jadal davom ettirish, sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini keng joriy etish vazifasi belgilangan edi.
Bank-moliya sektorini yanada modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ta’sirchan choralar
2019 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalardan biri sifatida bank va moliya tizimida islohotlarni jadal davom ettirish, sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini keng joriy etish vazifasi belgilangan edi. O‘tgan yilda mazkur vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, 2019 yil 5 noyabrda «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘RQ-580-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2019 yil 11 noyabrda «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘RQ-582-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30 noyabrdagi
PQ-4540-sonli ““O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” unitar korxonasini aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” unitar korxonasi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etildi.
2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasida ta’kidlangan bank tizimidagi eng asosiy muammolarga e’tibor qaratildi. Bank tizimi aktivi va kapitalining asosiy qismi davlatga tegishliligi va bu bank sektorida sog‘lom raqobatga, xizmat ko‘rsatish sifatiga salbiy ta’sir qilayotganini hisobga olib, Moliya vazirligi tuzilmasida Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etildi.
O‘tgan 2019 yilda bank sektorida yangi raqobatchi banklar paydo bo‘ldi. Qozog‘iston Xalq bankining (Halyk Bank) sho‘ba banki – Tenge bank hamda Poytaxt bank ta’sis etildi.
Banklar o‘rtasida raqobatning sezilarli darajada kuchayishi milliy valyutadagi muddatli depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarida o‘z aksini topdi. Xususan, 2019-yil dekabr oyida jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi 19,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, yuridik shaxslar muddatli depozitlari uchun ushbu ko‘rsatkich
16,5 foizgacha ko‘tarildi. Depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari jozibadorligining oshishi hamda depozit sertifikatlari mablag‘larining ko‘payishi natijasida bank tizimidagi jami depozitlar hajmi 2019 yil
1 dekabr holatiga 91,3 trln. so‘mga yetdi.
2019 yilda “Mobile-banking”, “Internet-banking” kabi masofadan bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi tizimlardan foydalanuvchi jismoniy shaxslar soni 1 863 113 kishiga ko‘paydi. Bugungi kunda zamonaviy bank xizmatlarining ommalashishi mijozlarga o‘z hisobraqamlarini yurgazish, to‘lovlarni amalga oshirish hamda bank hisobraqamlari bo‘yicha hisobotlarni tuzish imkoniyatlarini bermoqda. Bundan tashqari, bank mijozlari kun-u tun uyali aloqa telefonlari orqali o‘z mablag‘larini depozitlarga joylashtirishlari yoki masofadan turib kreditlar rasmiylashtirishlari mumkin.
2019 yilda to‘lov tizimida ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, muomaladagi bank plastik kartalari soni 2,86 mln.ga yetdi, o‘rnatilgan terminallar soni 147 448 taga, o‘rnatilgan bankomat va infokiosklar soni 2344 taga oshdi. Natijada, mazkur yilda to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar 71 trln. so‘mni tashkil etdi.
2019 yil 31 oktyabrdan banklar o‘z mijozlariga tezkor xizmat ko‘rsatish maqsadida bank xizmatlari ofislarini tashkil qilish huquqiga ega bo‘ldi. Bank xizmatlari ofislarida depozit hisobvaraqlar ochish, omonatlar qabul qilish, to‘lovlarni va xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, valyuta ayirboshlash, iste’mol krediti va mikroqarz berish kabi bazaviy bank xizmatlari ko‘rsatila boshlandi.
Shuningdek, o‘tgan yilda bank sohasidagi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy usullarini joriy etish asosida tijorat banklari xodimlarining bilimi va malakasini oshirishga katta e’tibor qaratildi. Xususan, kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro standartlarga va ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan tizimli yondashuvga o‘tildi. Shu bilan birga, tijorat banklarining boshqaruv, o‘rta va quyi bo‘g‘in xodimlari mehnatiga ularning malakasi, bilimi va aniq ish natijalaridan (KPI) kelib chiqqan holda haq to‘lashning bonusli tizimi joriy etila boshlandi.
Ta’kidlash joizki, 2019 yil 25 noyabrda banklarning xalqaro kapital bozorlariga integratsiyalashuvi bo‘yicha dastlabki qadam tashlandi. O‘zbekiston sanoat qurilish banki 300 mln. AQSh dollari miqdoridagi
5 yillik xalqaro obligatsiyalarini London birjasida 5,75 foiz kupon stavkasida joylashtirdi. Bir yil ichida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 1,3 mlrd. AQSh dollariga teng obligatsiyalarning xalqaro kapital bozoriga chiqarilishi yurtimizdagi boshqa tijorat banklari va korxonalari uchun ham yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi.
2019 yil avgust oyining so‘nggi o‘n kunligi boshida jismoniy shaxslarga naqd chet el valyutasini sotish operatsiyalarining yo‘lga qo‘yilishi aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirdi. Natijada, o‘tgan yilda tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shahobchalari orqali jismoniy shaxslardan sotib olingan valyuta mablag‘lari miqdori 2018 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 41 foizga o‘sib, 3,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.
2019 yil 1 dekabr holatiga bank tizimi jami aktivlari miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 94 trln. so‘mga oshdi
O'zbekiston bank tizimining aktivlari 27,5 trln. so'mga yetdi
Respublika Markaziy bankida bank tizimining 2011-yildagi faoliyati yakunlari hamda mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining shu yil 19-yanvardagi majlisida belgilab berilgan 2012-yilda O'zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini so'zsiz amalga oshirilishini ta'minlashga doir vazifalarning ijrosiga bag'ishlangan kengaytirilgan Boshqaruv majlisi bo'lib o'tdi.
Majlisni O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi Fayzulla Mullajonov boshqardi.
Qayd etildiki, 2011-yilda mamlakatimiz bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish, uning barqarorligi va likvidliligini mustahkamlashga qaratilgan aniq maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Natijada oxirgi besh yil davomida mamlakatimiz bank sektori kapitalining etarlilik darajasi bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasi tomonidan 8 foiz etib belgilangan xalqaro me'yordan 3 barobar ko'p bo'lgan darajani tashkil etdi.
Hisobot yilida tijorat banklarining jami kapitali o'tgan yilga nisbatan 30 foiz oshib, 2012-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra 5,3 trln. so'mni tashkil etdi.
Bank aktivlari 2010-yilga nisbatan 32,4 foiz o'sib, 27,5 trln. so'mga etdi.
Bugungi kunda, mamlakatimiz bank tizimi xalqaro standartlarga to'liq javob beradigan eng barqaror tizim bo'lib qolmoqda.
Buni 'Standard & Poor's', 'Moody's', 'Fitch ratings' kabi xalqaro reyting agentliklari tomonidan ikki yildan buyon O'zbekiston bank tizimiga muttasil ravishda 'barqaror' reyting darajasini bergani ham tasdiqlab turibdi.
Banklarning kredit portfeli tarkibi sifat jihatdan tubdan o'zgardi. Agar 2000-yilda kredit portfelining 54 foizi tashqi qarzlardan tarkib topgan bo'lsa, 2011-yilda uning 85,3 foizi ichki manbalar, ya'ni yuridik va jismoniy shaxslarning depozitlari hisobidan shakllantirildi.
Tijorat banklarining investitsion faoliyati yildan-yilga ortmoqda. Ularning qo'yilmalarining 75 foizdan ortig'ini uch yildan ziyod bo'lgan uzoq muddatli investitsiya kreditlari tashkil etadi. Umuman, so'nggi o'n yilda tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmi 7 barobardan oshdi.
Xususan, 2011-yilda iqtisodiyotning real sektoriga yo'naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 35,6 foiz oshib, bugungi kunda ularning miqdori 15,6 trln. so'mga etdi.
2011-yilda iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish borasida noan'anaviy yondashuvning amalga oshirilishi natijasida tijorat banklari balansiga qabul qilingan 164 ta iqtisodiy nochor korxonalarning 156 tasida ishlab chiqarish to'liq qayta tiklandi va ularning 110 tasi yangi strategik investorlarga sotildi. Bunday korxonalarni texnik qayta jihozlash va modernizatsiya qilish ishlariga tijorat banklari tomonidan 275 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritildi, natijada 22 mingdan ziyod ish o'rinlari yaratildi.
Mazkur korxonalar tomonidan jami 1 trln. so'mdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarildi, shundan 320 mln. dollaridan ortig'i eksport qilindi.
'Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili' Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan keng ko'lamli chora-tadbirlar natijasida kichik biznes subektlariga ajratilgan kreditlar hajmi 2010-yilga nisbatan 1,5 barobar oshib, 2012-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra 4,1 trln. so'mni tashkil etdi.
Jumladan, mikrokreditlar hajmi 752,3 mlrd. so'mni tashkil qilib, bu ko'rsatkich ham o'tgan yilga nisbatan 1,5 barobar ko'pdir.
Tijorat banklari tomonidan o'tgan yili xalqaro moliya institutlarining 143,4 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyalari o'zlashtirildi. Ushbu ko'rsatkich ham o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 barobar oshdi.
Mazkur sohaga ajratilgan kreditlar hisobiga hududlarda 291 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.
Tijorat banklarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish, ushbu sohaga xususiy kapitalni keng jalb qilish, resurs bazasini ko'paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar banklarning jami depozitlari miqdori yildan yilga oshib borishini ta'minlamoqda. Xususan, ushbu ko'rsatkich o'tgan yilga nisbatan 36,3 foiz o'sib, bugungi kunda ularning miqdori 18 trln. so'mdan oshdi.
Aholining bank tizimiga bo'lgan ishonchining tobora ortib borayotganligi, ularning banklardagi jamg'armalarining qonun bilan to'liq kafolatlanganligi va o'z vaqtida qaytarilayotgani omonatlar miqdorining o'tgan yilga nisbatan 38,8 foiz oshib, bugungi kunga kelib uning miqdorini 6,2 trln. so'mga etishiga puxta zamin yaratdi.
Qishloq joylarda xususiy uy-joylar qurish bo'yicha keng ko'lamli dasturning hayotga tadbiq etilishi natijasida so'nggi ikki yil davomida 15 mingdan ziyod oila har tomonlama qulay yangi uy-joylarga ega bo'ldilar.
'Qishloq qurilish bank'ning o'z mablag'lari va Osiyo taraqqiyot bankining zayom mablag'lari hisobidan namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish uchun kreditlar qishloq aholisiga imtiyozli shartlarda, 15 yil muddatga yillik 7 foizli stavka bo'yicha berilmoqda. Bu esa, tijorat banklarining ipoteka kreditlari stavkasidan qariyb 2 barobar pastdir.
Shu bilan birga, majlisda banklar tomonidan mijozlarga ko'rsatilayotgan xizmatlar ko'lamini kengaytirish va mijozlar ishonchini yanada oshirish borasidagi mavjud ichki imkoniyatlardan to'liq foydalanilmayotgan ayrim tijorat banklari faoliyati tanqid qilindi.
Majlisda joriy yilda bank tizimida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Xususan, tijorat banklari rahbarlari zimmasiga mamlakatimiz Prezidenti tomonidan belgilab berilgan ustvor vazifalar, ya'ni banklarning kapitallashuv darajasini yanada oshirish, investitsion faolligini kuchaytirish, aholi va chet ellik investorlarning bank tizimiga bo'lgan ishonchini yanada mustahkamlash, etakchi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan qabul qilingan xalqaro me'yorlar, mezonlar va standartlarga asoslangan holda bank tizimini baholash ko'rsatkichlarining zamonaviy tizimini joriy etish borasidagi ishlarni og'ishmay davom ettirish vazifasi topshirildi.
Shuningdek, barcha tijorat banklari rahbarlari zimmasiga 2012-yil - 'Mustahkam oila yili' munosabati bilan qabul qilinadigan Davlat Dasturida belgilangan vazifalarning og'ishmay bajarilishini ta'minlash vazifasi yuklatildi.
Majlisda muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.