Kredit kalkulyatori Kredit tashkilotlarining turli xil takliflarini kredit kalkulyator yordamida taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Kerakli maydonlarni to‘ldirsangiz, har oylik to‘lovlar bo‘yicha to‘liq va qulay shakldagi axborotga ega bo‘lasiz.
Endi Xalq banki kredit kartalari bilan bank tomonidan ajratilgan kredit limiti doirasida tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. «Kredit Karta» egasi belgilangan limit doirasida istalgan savdo shoxobchasidan to‘lovlarni amalga oshiradi yoki bankomatlardan naqd pul yechishi mumkin.
Kredit kartasi uning saqlovchisiga bank tomonidan belgilangan kredit limiti doirasidagi mablag‘lardan imtiyozli davrda (imtiyozli davr 30 kun) foizsiz foydalanish imkonini beradi.
Imtiyozli davrda foydalanilgan kredit qarzdorligi to‘liq qoplanganda, kredit karta limiti qayta yangilanadi hamda mijozda ushbu mablag‘lardan imtiyozli davr bilan qayta foydalanish imkonini beradi.
Imtiyozli davrda kredit summasi to‘liq qaytarilmaganda, kredit mablag‘lardan foydalangan davr uchun belgilangan foiz stavkasida foiz undiriladi.
Kredit kartasi 5 yil muddatga ochiq kredit liniyasi bilan beriladi.
Xalq bank Litsenziya raqami: 25, 21.10.1993 Manzil: 100096, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi 46-uy Aloqa telefon raqami: 71-200-00-55 Ishonch telefoni: 1106 STIR: 207215726 E-mail: info@xb.uz Sayt: www.xb.uz
2022-yilda O’zbekiston Respublikasidagi banklarda kreditlarning miqdori, foiz stavkasi va muddati.