Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi,,iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 169,79 Kb.
səhifə16/20
tarix03.06.2023
ölçüsü169,79 Kb.
#127769
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
NAMUNA kurs ishi

Bank tasarrufidagi tashkilotlar
"Xalq Sug‘urta" — ijtimoiy vazifalarning hal etilishida Hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajaruvchi ishonchli va barqaror tashkilotdir. Biz kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlarining mulkiy va shaxsiy manfaatlarini sug‘urta qilishni taʼminlash, mikrosug‘urtalash mahsulotlarini ishlab chiqish va aholining keng qatlamlariga faol rivojlantirib olg‘a surish uchun „Xalq Sug‘urta“ sug‘urta kompaniyasini tuzdik.
"UzPaynet" kompaniyasi O‘zbekistonda 2005-yildan buyon faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu davr mobaynida biz mamlakatda 400 dan ortiq xizmatlar yetkazib beruvchi hamkorlarning xizmati uchun, shu jumladan, kommunal tashkilotlar xizmatiga ham 20 000 dan ortiq to‘lov shoxobchalarining har birida to‘lovni amalga oshirish mumkin. Kompaniya erishilgan natijalar bo‘yicha to‘xtab qolmay, taqdim etilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirish va xizmatlar yetkazib beruvchi hamkorlar ko‘lamini kengaytirish uchun doimiy harakat qilib kelmoqda.
Bank mahsulotlari va xizmatlari
Bank tomonidan anʼanaviy bank mahsulotlari va xizmatlarining barcha yo‘nalishlari, jumladan, jismoniy va yuridik shaxslar uchun depozit mahsulotlarining keng ro‘yxati, kreditning xilma-xil turlari, akkreditiv operatsiyalari, plastik kartalarni ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish, hisob raqamlarini tezkorlik bilan ochish va yuritish, jamg‘arib boriladigan pensiya hisoblarini yuritish, interaktiv bank xizmatlari, xalqaro pul o‘tkazmalari, lotereya o‘yinlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. Xalq banki o‘z mijozlariga xizmatlardan foydalanishning eng qulay va foydali usullarini taklif etadi.
Yuridik maqomga ega mijozlarni kichik biznes, o‘rta biznes va korporativ mijoz segmentlariga ajratgan holda ular uchun mos moliyaviy xizmatlar va bank mahsulotlari taklif qilinmoqda. Yuridik shaxslar uchun 20 xildan ortiq milliy va horijiy valyutada kreditlar ajratiladi. Bugungi kunga kelib 265 215 ta yuridik mijozlar hisob raqami mavjud bo‘lib, shundan 120 388 tasi (45 %) harakatdagi mijozlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Korporativ mobil banking — „Korporativ Mobile banking“ interaktiv xizmat orqali yuridik mijozlar o‘z hisob raqamlarini mobil aloqa vositalari orqali dunyoning istalgan nuqtasidan boshqarishi mumkin.
Internet banking — Internetdan bank xizmatlaridan foydalanish Yuridik mijozlarga bank bilan moliyaviy hujjatlarni almashish va real vaqt rejimida to‘lovlarni, korporativ kartani to‘ldirish, oylik to‘lovlarni amalga oshirish va hisob raqamlar holatini kuzatish imkoniyatini beradi.
Jismoniy shaxslar uchun universal bank xizmatlari va kredit turlaridan tashqari yangi innovatsion yechimlar taklif qilinmoqda. Mijozlarning istaklarini o‘rgangan holda ularning talablaridan kelib chiqib bank mahsulotlari ishlab chiqilmoqda.
Plastik kartalar — Pensionerlar, talabalar, ishchilar va tadbirkorlar uchun debit va kredit kartalari, dunyoning 180 dan ortiq davlatlarida „UnionPay“ va „VISA“ tizimida ishlovchi debit va kredit kartalar.
Omonatlar — Milliy va horijiy valyutada turli xil omonatlar mavjud.
Mobil banking — „Xalq Mobile“ ilovasi masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Ilova orqali to‘lovlarni amalga oshirish, kreditni so‘ndirish, „Zolotoya Korona“ pul o‘tkazmasi orqali yuborilgan pul mablag‘ini kartaga onlayn kirim qilish, kartadagi mablag‘larni boshqa kartalarga o‘tkazish va onlayn kredit olish, onlayn omonat ochish va onlayn konversiya funktsiyalarini amalga oshirish mumkin.
Pul o‘tkazmalari — Xalq banki „Western Union“, „MoneyGram“, „Zolotoya Korona“, „Contact“, „UniStream“, „AsiaExpress“ va „UPT“ kabi xalqaro pul o‘tkazmalar tizimlari bilan ishlamoqda. Shuningdek, respublikamiz bo‘ylab O‘zbekistonda birinchi bo‘lgan milliy va horijiy valyutalarda pul o‘tkazish tizimi „UzPay“ ishga tushirilgan.

Yüklə 169,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin