Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi,,iqtisodiyot nazariyasi


Mavzu: Kreditning mohiyati va moliya tizimidagi roli



Yüklə 169,79 Kb.
səhifə2/20
tarix03.06.2023
ölçüsü169,79 Kb.
#127769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
NAMUNA kurs ishi

Mavzu: Kreditning mohiyati va moliya tizimidagi roli
M U N D A R I J A :
Kirish……………………………………………………………..….……..........3


1 BOB. Respublikamiz banklaridagi kredit tizimi va ularning moliya tizimidagi ahamiyati
1.1. Banklarning kelib chiqish tarixi. O’zbekiston Respublikasiga banklarning kirib kelishi………………………………………………………………………6
1.2. Tijorat banklarining tashkiliy tuzilishi va ulardagi kredit munosabatlari operatsiyalari……………………………………………………………….... 20
1.3. O’zbekiston Respublikasi bank tizimida kredit bo’yicha amalga oshirilgan ishlar……………………………………………………………………………27
2 BOB. O’zbekiston banklaridagi foiz stavkasi kredit muddatlari va miqdorlari
2.1. Xalq banki haqida ma’lumot………………………………………………34
2.2. Hozirgi kunda O’zbekiston banklaridagi foiz stavkasi kredit muddatlari va miqdorlari ……………………………………………………………………...43

Xulosa ………………………………………………………………………….49


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati …………………………………………….51
Tayanch iboralar………………………………………………………………..52


KIRISH

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan iqtisodiy barqarorlikni, fan-texnika taraqqiyotini, ishlab chiqarish samaradorligini ortishiga va fuqarolar turmush tarzini yanada yaxshilashga ta’minlashga katta e’tibor bermoqda. Hozirgi kunda insoniyat turmush tarzini banklar xizmatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki banklar xo'jalik sub'ektlarini kredit mablag’lari bilan ta'minlab, ijtimoiy sarmoyani qayta taqsimlash jarayonida vositachi sifatida qatnashadi va jamiyat miqyosida umumiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.Oxirgi yillarda O’zbekistonda bank tizimini isloh qilinishi va erkinlashtirish boyicha Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va qator boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.


O’zbekiston Respublikasi rahbari jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish borasida toxtalib otib shuni ta’kidlab otdiki: «Barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz lozim — O’zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning tasdigini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar komagida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizastiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash boyicha dasturlarning amalga oshirilayotganida, O’zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integrastiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi va eksportining osib borishida va boshqa misollarda yaqqol ko`rishimiz mumkin
O'zbekiston Respublikasining Aksiyadorlik Tijorat Milliy banki, O'zbekistonning eng qadimgi banklaridan biri deb atalishi mubolag'asiz emas. Bank tarixi 1875-yilda, birinchi jamg'arma banki ochilgan paytda boshlandi. Ushbu bank 1995-yilga qadar Sovet Ittifoqi jamg'arma banki filiali bo’lgan, shu yilning to'rtinchi oktyabrida esa hukumat va "Uzsberbank" qarori bilan "milliy aktsiyadorlik-tijorat banki"ga aylantirilgan. "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil aprel oyida PF-4720 "Aksiyadorlik jamiyatlar korporativ boshqaruvni zamonaviy usullarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" farmon chiqardi, farmonga binoan bank nomini “Aksiyadorlik-tijorat Xalq banki"ga o'zgartirdi. So'nggi yillarda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar va davlatning qo'llab-quvvatlashi boisi "Xalq banki" jadal rivojlanib, salohiyati oshib bormoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida "Xalq banki" turli moliyaviy va mablag'-kredit islohotlar davrida, mamlakatimizning moliyaviy agenti rolini o'ynadi, davlat iqtisodiyotida har doim o'z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilingandan so'ng, "Xalq banki" mamlakatning og’ir davrida iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirishda muhim rol o'ynadi. Bizning iqtisodiy pul-kredit sohamiz bankning faol ishtirokida islohotlarga muhtoj edi. "Xalq banki" oldida turgan asosiy vazifalardan biri o'z salohiyatini barqarorlashtirish hamda xalqning bankga bo’lgan ishonch pog’onasini oshirish bo’ldi , bundan tashqari mamlakatimiz bank xizmatlari bozorida mavqeini mustahkamlash bo'yicha uzluksiz ishlar olib bordi.
Hozirgi kunda "Xalq banki" mustaqil O'zbekiston bank tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. 197 ta viloyat, tuman va shahar filiallari, 33 ta mini-banklar, shuningdek 1000 dan ortiq jamg'arma va maxsus kassalar mamlakatimizdagi oddiy fuqarolariga, tadbirkorlariga hamda kichik biznes sub'ektlariga doimo turli bank xizmatlarini taqdim etib bormoqda.
Eng muhimi "Xalq banki"mizning asosiy maqsadi, o’z nomidan ma’lumki, O'zbekistonnig keksa fuqarolarini doimiy pensiya bilan ta'minlash hisoblanadi. O’zbekiston qonunida aytib o’tilganidek “fuqarolarni jamg'arib boriladigan pensiyasi bilan ta’minlash” mavjud pensiya tizimida qo'shimcha ravishda maxsus hisoblash tizimini shakllantrishdan iborat. "Xalq banki" xavfsiz elektron ma'lumotlar bazasini yaratdi, bu esa barcha bank filiallarini bog'lovchi uzluksiz monitoring va u yerdagi hatti-xarakatlarni nazorat qilish uchun imkon berdi. "Xalq banki" jamoasi muntazam ravishda o’zlaridagi maqsad va vazifalar ro’yxatini yangilab turadilar hamda ushbu maqsad va vazifalarni muvaffaqiyatli bajaradilar. Hozirgi kunda bank oldidagi vazifa xizmat ko'rsatishning yuqori darajasiga erishish hamda mamlakatimizda bank xizmatlari ko'rsatishda liderlaridan biri o'rnini ushlab turishdan iborat. Bundan tashqari "Xalq banki" investitsiya va ilg'or boshqarishni hamda kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llanilishini yanada jozibador bo'lishini istaydi.
Xalq banki xodimlari doimo o'zlariga yangi g’oyalar va yangi strategik maqsadlarni belgilaydilar. Hozirgi paytda ular mijozlarga xizmatni sifat jihatidan yangi bosqichga o’tishini, respublikada eng yirik bank raqobat o'rniga erishishini, boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish orqali moliyaviy xizmatlar bozorining ko'rsatkichlari bir qator investitsiya jozibadorligini va yetakchi o'rinlarda kirishishini ta'minlanishiga harakat qilmoqdalar.
Hozirgi zamonda jahonda umum qabul qilingan tizim bo‘lib ikki pog‘onali bank tizimi xizmat qiladi va u davlat Markaziy banki va tijorat banklari tarmog‘ini o‘z ichiga oladi.
Markaziy Bank banklarning banki sifatida bank va moliya muassasalari faoliyatining barqarorligini ta’minlaydi. Birinchi navbatda, u ko‘pchilik moliya institutlari, banklarning faoliyatida moliyaviy jihatdan muammolar yuzaga kelganida, banklar omonatchilar oldidagi o‘z majburiyatlarini bajara olmay qolgan holda moliyaviy sarosima paydo bo‘lishining oldini olishi kerak. Bu masalani hal qilish uchun Markaziy bank, avvalo, tartibga solish va nazorat qilish funksiyalarini ikkinchi pog‘ona - tijorat banklari tizimiga nisbatan bajaradi. Markaziy bank majburiyatiga tijorat banklarining har kunlik faoliyatiga aralashish kirmaydi. Markaziy bank tijorat banklarning me’yoriy boshqarilishi, ularning to‘lovga qobiliyatliligi va likvidliligini ta’minlanishini kuzatib borishi va omonatchilar manfaatlarini himoya qilishi kerak. Bularning barchasi nazorat me’yorlari tizimi yordamida amalga oshirilib tijorat banklari pog‘onasiga etkaziladi.
Markaziy bank pul siyosatini o‘tkazish yo‘li bilan muomaladagi pul massasi ustidan nazoratni amalga oshiradi va inflyasiya, ishsizlikning past darajasini ta’minlash va iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratishi kerak. Bunda Markaziy bank emission bank vazifasini bajaradi, ya’ni muomalaga pul belgilarini chiqarish va ularni muomaladan olish huquqiga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosatining asosiy yo‘nalishlari, pul massasi o‘zgarishining aniq maqsadli mo‘ljallari va pul muomalasini tartibga solish vositalari qonunning 4-qismida yoritilgan bo‘lib, unda Markaziy bankning pul-kredit operatsiyalari belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarini bir yilga ishlab chiqadi va ular Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangandan so‘ng u mukammal dastur sifatida qabul qilinadi. Bu dastur iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish va oldindan aytishni, pul miqdorining yillik o‘stirish sur’atlarining maqsadli ko‘rsatkichlarini, kredit, foiz va valyuta siyoatini amalga oshirish yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Umumiy iqtisodiy tahlilning zarurligiga sabab shuki, monetar siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish barcha muhim makroiqtisodiy hodisalar; pulning qadrsizlanishi, milliy ishlab chiqarishning umumiy qismi va mehnat resurslarining bandligi, to‘lov balansi bilan chambarchas bog‘langan.


Yüklə 169,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin