Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]


-bob. Yakunlovchi qoidalar



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə17/46
tarix26.11.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#135629
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46
@uqituvchiga hujjat 638-sonli nizom

10-bob. Yakunlovchi qoidalar
79. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
80. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish, qoidaga ko‘ra, o‘quv yili tugagach amalga oshiriladi, bunda, hududiy xalq ta’limi boshqarmalari ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan kelishgan holda o‘quvchilarni boshqa ta’lim muassasalariga ko‘chirish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi.
Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni bir ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoki inklyuziv sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim tashkilotlariga o‘tkazish
TARTIBI
Mazkur Tartib alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarni (keyingi o‘rinlarda — o‘quvchilar) sinfdan sinfga, bir ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga (keyingi o‘rinlarda — maktab-internat) yoki inklyuziv sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim tashkilotiga (keyingi o‘rinlarda — maktab) o‘tkazishni belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur tartibda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
sinfdan sinfga o‘tkazish — o‘quvchini maktab-internatning bir sinfidan boshqa parallel sinfiga o‘tkazish;
bir xil turdagi maktab-internat — o‘quvchilarning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi tashxis natijalari bo‘yicha ixtisoslashuviga ko‘ra bir turga mansub maktab-internat;
boshqa turdagi maktab-internat — o‘quvchilarning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi tashxis natijalari bo‘yicha ixtisoslashuviga ko‘ra bir turga mansub bo‘lmagan maktab-internat.
2. Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni sinfdan sinfga, bir maktab-internatdan boshqa maktab-internatga va maktab-internatdan maktabga o‘tkazishga nisbatan ham tatbiq etiladi.
3. O‘quvchilarni sinfdan sinfga, bir maktab-internatdan boshqa maktab-internatga va maktab-internatdan maktabga o‘tkazish masalalari umumiy o‘rta ta’limning majburiyligi hamda O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi shaxslarning ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
4. O‘quvchilarni sinfdan sinfga, bir maktab-internatdan boshqa maktab-internatga va maktab-internatdan maktabga o‘tkazish bepul amalga oshiriladi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin