Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə2/46
tarix26.11.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#135629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
@uqituvchiga hujjat 638-sonli nizom

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 12-oktabr,
638-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qaroriga
1-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida (keyingi o‘rinlarda — maktab ) jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (keyingi o‘rinlarda — alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar) uchun inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Maktablarda boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar ochilishi mumkin.
2. Ushbu Nizom talablari davlat umumta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
inklyuziv ta’lim — alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlagan holda beriladigan ta’lim;
inklyuziv ta’lim sinfi — maktabdagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning boshqa (sog‘lom) bolalar bilan teng huquqli va birgalikdagi ta’lim olishlari shaklida tashkil etilgan sinf;
boshlang‘ich tayanch korreksion sinfi — maktabda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun alohida tashkil etiladigan boshlang‘ich sinf;
o‘quvchilar — inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarda tahsil olayotgan sog‘lom yoki alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Maktabda o‘quvchilar boshqa (sog‘lom) bolalar bilan bir qatorda maktabga qatnab muayyan sinfning o‘quv rejasiga mos keladigan o‘quv dasturlari doirasida tahsil oladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Maktabga qatnab o‘qish imkoniyati bo‘lmagan o‘quvchilarga ta’lim berish o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan kelishilgan tavsiyaga muvofiq zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni masofadan turib yoki uyda yakka tartibda ta’lim berish orqali amalga oshiriladi.
O‘quvchilar turli to‘garaklar, seksiyalar, maktabdan tashqari tadbirlarda qatnashish imkoniyati ega.
5. Inklyuziv ta’limni tashkil etish insonparvarlik, umuminsoniy qadriyatlar, bag‘rikenglik, oshkoralik tamoyillariga asosan amalga oshiriladi.
6. Maktabda inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar bolalarning yosh va individual xususiyatlari, aqliy rivojlanishi darajasi, somatik va asab-ruhiy sog‘lig‘i holatiga muvofiq tashkil etiladi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin