Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]M.O‘ Davlat attestatsiya komissiyasi raisi
Kasbga o‘qitish kurslarini tugatgan o‘quvchilarga beriladigan davlat namunasidagi sertifikat TAVSIFI Kasb malakasi sertifikati 150 x 100 mm o‘lchamli yaxlit qoplangan yashil (a’lo darajali sertifikat qizil-marmar) rangli lederindan tayyorlangan ko‘rinishga ega. Uning yuza tomonida bosma naqsh usulida oltin rangda O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushiriladi va undan pastroqda davlat tilida “KASB MALAKASI SERTIFIKATI” so‘zlari yoziladi. Sertifikatning ichki varaq o‘lchami 142 x 95 mm, joylashish tartibi — gorizontal, ofset bosma usulda, bo‘yoqlar soni “oddiy” — 4+№, “a’lo darajali” — 5+№. Sertifikatning har ikki varag‘ida sakkizta pozitsiyada: S harfi va yettita raqamli tartib raqami yoziladi. Muqova materiali rangi bitiruvchilar sertifikati — to‘q yashil, “a’lo darajali” bitiruvchilar sertifikati qizil-marmar rangli. To‘g‘ri burchakli (yumshoq yostiqcha) bilan qoplangan qattiq muqova. Muqova materiali — bumvinil (qog‘oz qatlami asosi polivinilxlorid) to‘q yashil va qizil-marmar rangli, material qalinligi 170 ± 20 mkm. Muqovada matn oltin rang zarli qog‘ozda, diametri 45 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi va “KASB MALAKASI SERTIFIKATI” nomi qizdirib naqsh solish yo‘li bilan yoziladi. Qog‘oz tafsiloti: qog‘oz — 100% paxta, qalinligi 140 ± 5 g/m2, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nuri; yorug‘likda yaxshi ko‘rinadigan “paxta ko‘sagi” ko‘rinishidagi asosiy uch o‘lchovli suv belgisi; ko‘rinadigan rangli tola qizil va yashil tusda, qog‘oz sirtida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida, ko‘z bilan ko‘rinadi; ko‘rinmaydigan tola ko‘k va och yashil tusda, qog‘oz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida ultra binafsha nurlari ostida ko‘rinadi. Bosma tafsiloti: bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turg‘un matbaa bo‘yoqlari qo‘llaniladi; ichki varaqning asosiy foni och jigarrang, ikki tangir setkadan paydo bo‘lgan ingichka sinusoidal chiziqdan tashkil topgan nusxa ko‘chirmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi; tangir setkalarining biri “iris” effektini qo‘llash bilan chop etiladi, ya’ni markazda yashil rangdan chetlari bo‘yicha havo rangga ravon o‘tadi; ichki varaq markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi chop etiladi, diametri 35 mm, sakkiz burchak bilan hoshiyalanadi; blankaning to‘rt burchagida murakkab chiziqli naqsh joylashtiriladi. Bu naqshlar har xil qalinlikdagi chiziqlardan tashkil topadi, shakli va zichligi bir-biriga qoplanib, yagona zarhalni yuzaga keltiradi. Qalbakilikdan, nusxa ko‘chirmaydigan va skanerlanmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi; ichki varaqning ikki tarafi markazida “Humo” qushi (25 x 40 mm o‘lchamli) qiyofasida ko‘rinmaydigan tasvir joylashtiriladi; kichik so‘z, bir necha bor kattalashtirilgandagina ko‘rinadi, uzluksiz chiziqni yuzaga keltiradi va takrorlanadigan “SERTIFIKAT” so‘zidan iborat. Kichik so‘z yuqori qismida “KASB MALAKASI SERTIFIKATI” so‘zi ostida chap tarafda va “REPUBLIS OF UZBEKISTAN” so‘zi ostida o‘ng tarafda joylashadi. Nusxa tushirish va qalbakilashtirishdan himoyalanadi; seriya “S” va yetti xonali raqam, ikki tarafda bir xil beriladi. Raqam qora fluoressensiya bo‘yog‘ida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorug‘lik sochadi. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qaroriga 7-ILOVA Yüklə 0,83 Mb. Dostları ilə paylaş: |