Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə23/46
tarix26.11.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#135629
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46
@uqituvchiga hujjat 638-sonli nizom

1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur tartibda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi muassasasi (keyingi o‘rinlarda — davolash-profilaktika muassasasi) — ruhiy va asab tizimi kasalliklari va ularning asoratlari, sil kasalligining barcha turlari va davrlarida davolanish uchun mo‘ljallangan shifoxonalar hamda barcha turdagi bolalar sanatoriylari;
O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi muassasasi (keyingi o‘rinlarda — “Muruvvat” internat uyi) — O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor bo‘lgan, 4 yoshdan 18 yoshgacha nogiron bolalar uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasasi.
2. O‘quvchilarni maktab-internatdan davolash-profilaktika muassasasi yoki “Muruvvat” internat uyiga o‘tkazish maktab-internat pedagogik kengashining qaroriga asosan, hududiy xalq ta’limi boshqarmalari huzuridagi bolalarni ixtisoslashtirilgan muassasalarga (maktab, maktab-internatlarga) yuborish bo‘yicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning (keyingi o‘rinlarda — psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya) xulosasiga ko‘ra, o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning (keyingi o‘rinlarda — ota-onalar) roziligi bilan amalga oshiriladi.
3. Maktab-internat rahbariyati mazkur turdagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qishga layoqati bo‘lmagan o‘quvchilarni davolash-profilaktika muassasasi yoki “Muruvvat” internat uyiga joylashtirishga ko‘maklashishi shart.
4. O‘quvchilarni maktab-internatdan davolash-profilaktika muassasasiga hamda “Muruvvat” internat uyiga o‘tkazish bepul amalga oshiriladi.
2-bob. O‘quvchini maktab-internatdan davolash-profilaktika muassasasiga o‘tkazish
5. O‘quvchining ota-onasi va maktab-internat rahbariyati tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj o‘quvchini o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng davolash-profilaktika muassasasiga vaqtinchalik o‘tkazish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega.
6. O‘quvchini maktab-internatdan davolash-profilaktika muassasasiga o‘tkazish uchun uning ota-onasi o‘tkazish sabablarini, davolash-profilaktika muassasasi nomini ko‘rsatgan holda maktab-internat direktoriga ariza bilan murojaat qiladi.
Arizaga bolaning rivojlanish tarixidan mufassal ko‘chirma hamda tibbiyot muassasasi davolovchi vrachining o‘quvchini davolash-profilaktika muassasasiga o‘tkazish zarurligi to‘g‘risidagi xulosasi ilova qilinadi.
7. Quyidagi hollarda maktab-internat rahbariyati ota-onalarning yozma roziligini olgan holda o‘quvchini davolash-profilaktika muassasasiga o‘tkazish choralarini ko‘rishi lozim:
maktab-internat tibbiyot xodimi tomonidan o‘quvchini davolash-profilaktika muassasasiga o‘tkazish to‘g‘risida tavsiya berilganda;
tibbiy ko‘rik paytida o‘quvchining fiziologik va jismoniy holatida salbiy o‘zgarishlar aniqlanib, uni statsionar sharoitda davolash lozim deb topilganda.
8. Ota-onalarning arizasi yoki yozma roziligiga asosan ushbu masala maktab-internatning pedagogik kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Pedagogik kengash qaroriga asosan maktab-internat direktori psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga tegishliligiga ko‘ra quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
bolaning rivojlanish tarixidan mufassal ko‘chirma hamda tibbiyot muassasasi davolovchi vrachining o‘quvchini davolash-profilaktika muassasasiga o‘tkazish zarurligi to‘g‘risidagi xulosasi;
maktab-internat tibbiyot xodimining o‘quvchini davolash-profilaktika muassasasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi tavsiyanomasi;
o‘quvchining fiziologik va jismoniy holatida salbiy o‘zgarishlar aniqlanganligi haqida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan vrachning xulosasi.
9. Taqdim etilgan hujjatlar psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
10. O‘quvchini davolash-profilaktika muassasasiga qabul qilish uchun ota-onalar yoki maktab-internat rahbariyati tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi;
maktab-internat tomonidan berilgan o‘quvchi ta’lim olayotgan sinf ko‘rsatilgan ma’lumotnoma;
maktab-internat tomonidan berilgan psixologik-pedagogik tavsifnoma.
11. O‘quvchi davolash-profilaktika muassasasiga qabul qilingach, unga kasallik tarixi ochiladi hamda shu kun o‘quvchi davolash-profilaktika muassasasiga o‘tkazilgan kun hisoblanadi.
Davolash-profilaktika muassasasi shu kunning o‘zida o‘quvchining ota-onasiga va maktab-internatga o‘quvchining davolash-profilaktika muassasasiga qabul qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etadi.
12. O‘quvchining davolash-profilaktika muassasasidagi davolanish muddati tugaganidan so‘ng uning ota-onasiga yoki maktab-internatga davolash-profilaktika muassasasi rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan sinf jurnalidan ko‘chirilgan baholash qaydnomasi hamda o‘quvchining davolash-profilaktika muassasasida davolanganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin