Ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishiga ta’siri


Chaqaloqlik davri - tug‘ilgandan bir oylikkacha



Yüklə 25,55 Kb.
səhifə5/6
tarix05.01.2023
ölçüsü25,55 Kb.
#122020
1   2   3   4   5   6
Bola rivojlanishida muhitning tasiri

Chaqaloqlik davri - tug‘ilgandan bir oylikkacha;

  • Kichik maktabgacha davr - 1 oylikdan 1 yoshgacha;

  • Maktabgacha tarbiyadan avvalgi davr -1 yoshdan 3 yoshgacha;

  • Maktabgacha tarbiya davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha;

  • Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11,12 yoshgacha;  O‘rta maktab yoshi davri (o‘spirin) - 13 yoshdan 15 yoshgacha;

  • Katta maktab yoshi davri-15 yoshdan 18 yoshgacha.

Pedagogik psixologiyaning taniqli namoyandasi V. A. Krutetskiy insonning ontogenetik kamolotini quyidagi bosqichlardan iboratligini ta’kidlaydi:

  • Chaqaloklik (tug‘ilgandan 10 kunlikkacha);

  • Go‘daklik(10 kunlikdan 1 yoshgacha);

  • Ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha);

  • Bog‘chagacha davr (3 yoshdan 5 yoshgacha);

  • Bog‘cha yoshi (5 yoshdan 7 yoshgacha);

  • Kichik maktab yoshi (7 yoshdan 11 yoshgacha);

  • O‘smirlik (11 yoshdan 15 yoshgacha);

  • Ilk o‘spirinlik yoki katta maktab yoshi (15 yoshdan 18 yoshgacha).

Yuqoridagi har ikkala tasnif puxtaligidan, ularga qanday nuqtai nazardan yondashilganligidan qatiy nazar inson kamolotini to‘la ifodalab berishga ojizlik qiladi. Mazkur nazariyalar insonning shaxs sifatida shakllanishi bosqichlari haqida ko‘proq ma’lumot beradi, xolos. Ularda yoshlik, yetuklik, qarilik davrlarining xususiyatlari, qonuniyatlari to‘g‘risida nazariy va amaliy ma’lumotlar yetishmaydi. Shunga qaramay ular o‘rta maktab pedagogik psixologiya fani uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi zamon psixologiyasining yirik vakili A. V. Petrovskiy inson kamolotiga, shaxsning tarkib topishiga ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan yondashib, shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlarda amalga oshishini ta’kidlaydi:

  1. Ilk bolalik (maktabgacha tarbiya yoshidan oldingi davr) -tug‘ilganidan 3 yoshgacha.

  2. Bog‘cha davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha,

  3. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11 yoshgacha.

  4. O‘rta maktab yoshi (o‘smirlik) davri - 11 yoshdan 15 yoshgacha.

  5. Yuqori sinf o‘quvchisi (ilk o‘spirinlik) davri -15 yoshdan 17 yoshgacha.

A. V. Petrovskiyning tasnifi mukammal bo‘lsa-da, kamolotning oraliq bosqichlarini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalamaydi. Vaholanki, o‘sish ijtimoiy qoidalarga muvofiqmi yoki aksincha, qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, har ikkala yo‘nalishning ham oraliq jabhalari bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Ma’lumki, har bir yosh davr, o‘ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi, bularga: oilada va maktabda bola holatining o‘zgarishi, ta’lim va tarbiya shakllarining o‘zgarishi hamda bolaning yangi faoliyat turlari, organizmdagi ayrim xususiyatlarning yetilishi singari jarayonlarni kiritish mumkin. Hozirgi zamon psixologiyasida yosh davrlarini shu nuqtai nazardan tabaqalash maqsadga muvofikdir:
1.Ilk bolalik davri - tug‘ilgandan 3 yoshgacha;
2.Bog‘cha davri - 3 yoshdan 6,7 yoshgacha;
3.Kichik maktab yoshi davri - 6, 7 yoshdan 10,11 yoshgacha;
4.O‘rta maktab yoshi (o‘smirlik davri) - 10,11 yoshdan 14,15 yoshgacha;
5.Ilk o‘spirinlik (kollej va litsey ta’lim oluvchilari)- 14,15 yoshdan 17, 18 yoshgacha.
Umuman, psixologlar tomonidan yosh davrlarini tabaqalashtirishning puxta, ilmiy-metodologik negizga ega bo‘lgan qator nazariyalari ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta hissa qo‘shib, uning nazariy va amaliy muammolarini hal qilishda muhim o‘rin egallab kelmoqda. Biroq, shunday bo‘lsada, hozir fanning oldida ontogenezni to‘la yoritishga xizmat qila oladigan nazariyani yaratish zaruriyati mavjuddir.

Yüklə 25,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin