Ijtimoiy pedagogikaning predmeti



Yüklə 19,43 Kb.
səhifə1/3
tarix15.02.2023
ölçüsü19,43 Kb.
#123397
  1   2   3
Ijtimoiy pedagogikaning predmeti


Ijtimoiy pedagogikaning predmeti
Ijtimoiy “autsayderlar”, ya'ni qariyalar, nogironlar, yolg`iz yashovchilar, iqtisodiy nochor aqvolda yashovchilar va xalqning shu kabi boshqa tabaqalariga kiruvchilarga yordam berish ijtimoiy pedagogikaning maqsadalaridan biridir. Chunki faqat jamiyat va ijtimoiy ta'sir vositasida insonlarda insoniylik, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, mas'uliyatlilik singari fazilatlarni shakllantirish mumkinki, ushbu jarayonda oila, maktab va boshqa o`quv muassasalari yordamchilar sifatida faoliyat ko`rsatadi. Ijtimoiy pedagogika (lat.socium-jamiyat)ning asosiy vazifasi ijtimoiy tarbiya muammolarini o`rganishdan iborat. Demakki, uning ob'ekti ijtimoiy hayotiy tarbiyaviy jarayonlardir. Predmet esa, shaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhitning ta'siri qonuniyatlari, jumladan oilaning, birlashmalarning, jamqarmalarning tarbiyaviy ta'siri kabilar hisoblanadi. Demak, ijtimoiy pedagogikaning predmeti - bu shaxsning ijtimoiylashuv jarayonidir.

Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixi
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining Birinchi bosqichi- qadimgi davrlardan XVII asrgacha bo’lgan davrini o’z ichiga oladi. Bu davrda faktlar to’planishi, tarbiya tajribasining anglanishi, pedagogik va ijtimoiy nazariyalarning shakllanishi ro’y bergan. Ijtimoiy pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida asta-sekin tan olinishi bilan xarakterlanadi. Buning natijasida turli tarbiya nazariyalari paydo bo’lgan. Mark Fabiy Kvintilian, Arastu, Aflotun, Demokrit.
Ijtimoiy pedagogika rivojining ikkinchi davri- XVII-XIX asrlar- ijtimoiypedagogika eng ilg’or g’oyalar va ilmiy konsepslar bilan boyitilgan davr bo’ldi desak, xato bo’lmaydi. XVIII-XIX asrlar (burjua-demokratik inqiloblar davri) olimlarining (pedagog, faylasuf, sotsiolog, psixologlar) davlat va jamoat institutlari bilan biri ijtimoiy-pedagogik muammolarni hal qilish g’oyalarining paydo bo’lishi davridir. Tarbiya masalalari jamiyat islohotlari, inson huquqlari tengligi bilan bog’lana boshlandi. Aynan shu davrda ijtimoiypedagogikaning asosiy yo’nalishlarining aniq faoliyatda amalga oshishi sodir bo’ladi.
Aynan shu vaqtdan ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida rivojlanishining uchinchi bosqichi boshlanadi. XX asr inson sivilizatsiya tarixiga ilmiy-texnikaviy inqiloblar asri sifatida nom qoldirdi. Fan ishlab chiqarish ob’ektidan iqtisodiy va madaniy sohaning yetakchi omiliga aylandi. Ilmiy inqiloblar ijtimoiy pedagogikaning keyingi rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu avvalambor falsafa orqali amalga oshdi. Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar-psixologiya, fiziologiya, anatomiya, tarix, sotsiologiya va boshqalar bilan yaqinlashuvi ro’y berdi.


Yüklə 19,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin