Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va tahdidlari reja: Ijtimoiy tarmoq tushunchasi va uning mohiyati. Ijtimoiy tarmoqning axborot maydoniga aylanishi. Ijtimoiy tarmoqlarning jozibadorligi va yoshlarni o`ziga jalb etishi


«Odnoklassniki.ru» va boshka ijtimoiy tarmoqlarda ham pornografiya va shafqatsizlikni targ’ib etuvchi resurslar mavjud



Yüklə 17,51 Kb.
səhifə2/4
tarix08.11.2023
ölçüsü17,51 Kb.
#131489
1   2   3   4
IJTIMOIY TARMOQLARDA AXBOROT XURUJLARI VA TAHDIDLARI

«Odnoklassniki.ru» va boshka ijtimoiy tarmoqlarda ham pornografiya va shafqatsizlikni
targ’ib etuvchi resurslar mavjud.
Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko’ra, bugun butunjaxoi Internet tarmog’ida o’z joniga qasd
qilishning oson yo’llarini targ’ib qiluvchi 9 mln, erotik mazmunga ega 4 mln.dan ziyod saytning
mavjudligi har birimizni mushohada qilishga undashi tabiiy. Mutaxassislar e’tiroficha, dunyodagi
bolalar va o’smirlarning 42 foizi «onlayn-pornografiya» ta’siriga tushayotgan ekan. YOki
kompyuterlarga kiritilgan o’yinlarniig 49 foizi zo’ravonlik va yovuzlikni, beshafqat urushlar,
otishmalar, portlashlarni targ’ib qilishi nimadan dalolat beradi?
Bu kabi tahdidlar, avvalo, yoshlarniig ongini egallashga yo’naltirilgan bo’lib, xalkimizning
ma’naviy xazinasi bo’lgan odob, axloq, sharm-hayo, iffat-andisha kabi yuksak fazilatlarimizga
tajovuz qilib, ko’p ming yillik milliy qadriyatlarimizning ildiziga putur yetkazayotgani ham,
taassufki, bor gap.
Evropa mamlakatlarida internet ham umumevropa qonunchiligi, ham har bir davlatning o’z
huquqiy-me’yoriy xujjatlari bilan tartabga solinadi. Masalan: “Kiber jinoyatlar to’g’risida”gi
Konvensiya, “Voyaga yetmaganlar uchun xavfsiz Internet to’g’risida”ti yevropa Itgafoqi
parlamenti Assambleyasining tavsiyalari, Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniya, Niderlandiya,
Fransiya kabi ilg’or davlatlarda voyaga yetmagan va yoshlarning axborot xavfsizligini
ta’minlashga qaratilgan qonunlar shular jumlasidandir.
Internetni cheklab qo’yish yoki axborot olishni taqiqlash bilan muammo hal bo’lmaydi.
Bu hususda yana prezidentimiz “… yoshlarimiz nafaqat o’quv dargohlarida, balki radio –
televidiniya, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham rang – barang axborot va ma’lumotlarni
olmoqdalar. Jahon axborot maydoni toboro kengayib borayotgan shunday bir sharoitda
bolalarimizning ongini faqat o’rab – chirmab, uni o’qima, buni ko’rma deb, bir tomonlama
tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o’rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga
ham, bizning ezgu maqsad – muddaolarimizga ham to’g’ri kelmaydi. Nega deganda, biz
yurtimizda ochiq va erkin demokartik jamiyat qurish vazifasini o’z oldimizga maqsad qilib
qo’yganmiz va bu yo’lda hech qachon qaytmaymiz”3.
XXI asr boshida hayot suratlarining beqiyos darajada tezlashuvi, axborot oqimining
kuchayishi oqibatida avtoritar – nufuz masalasi ham yangicha ma’no kasb etayotir. Ba’zi yoshlar
o’zining bilim olish va hayotga munosabatini belgilashda ota – ona, ustoz – murabbiyini emas,
OAV hamda internetni avtoritar sifatida e’tirof etishi, ulardagi axborot va ma’lumotlarni mutloq
chin deb ishonishi tashvishlanarli holdir. Bugun xaqiqatni uydirmadan ajrata olmaydigan, bu
boradagi hali tajribasi ham bo’lmagan yoshlarning hayotiy tushuncha va tasavvurlarini asosan
ta’lim – tarbiya muassasalarining ish faoliyatini qiyinlashtirib qo’ymoqda.
Sir emaski, internet tez va arzon axborot yoki ma’lumot olish, yetkazish hamda qayta
ishlashda beqiyos manba sanaladi. Kundan – kun safi kengayib, foydalanuvchilar soni ortayotgan
mazkur tizim dunyo hamjamiyatining axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirmoqda. “Uzoqni yaqin
qiladigan” manba sifatida qaraladigan internetning ko’proq yoshlar kiradigan saytlarini tubdan
3 Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. -T.: Manaviyat, 2008.114-6.
yangilash zarur. Sababi — sog’lom turmush tarzini shakllantirish, yuksak ma’naviyat, pok axloq
asosida o’g’il–qizlarni tarbiyalash vazifasi ana shuni taqazo etadi. “Ommaviy ma’daniyat” niqobi
ostida g’arbona kiyinish, g’arbona muomala singari milliy – ma’naviy qadriyatlarimizga zid
g’oyalar yoshlarimiz ongini zaharlashiga loqayd qarab turib bo’lmaydi. SHuning uchun, ayniqsa,
ta’lim tizimidagi saytlarning ma’lumotlar bazasini sog’lom tarzi talablariga mos ravishda
giyohvandlik, kashandalik, ichkilikbozlikka qarshi kurashga oid axborotu ma’lumotlar bilan
boyitish, yangilash zarur.
YOsh avlodda bu jixatlar shu darajada shakllangan va qaror topgan bo’lishi lozimki, ular
virtual makonda umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uning taraqqiyotiga yordam beradigan
axborotni tanlay olsin. Fakat shundagina, globallashuv jarayonlarida yoshlarning ma’lumotlarga
ko’r-ko’rona ergashish, ularni noto’g’ri talqin qilishiniig oldi olinadi. Axborot iste’moli
madaniyatiga ega yoshlar, salbiy va noxolis axborotlar ta’siriga tushib qolmaydi, chunki ularda
bunday axborotlarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitet shakllanadi. Dunyoda yoshlar
kamoli haqida qayg’urmaydigan millat, ularning kelajagi uchun jon koyitmaydigan davlat
topilmasa kerak. YOshlar har bir millatning davomchilari bo’lishi barobarida, davlatning tayanchi,
kelajagani hal qiluvchi kuch sifatida namoyon bo’ladilar. Ammo, shunday kuchlar ham borki, ular
o’z qarashlarini singdirish yo’lida har qanday usullardan ham voz kechmaydi. Vunday kuchlarning
ko’lida insoniyat ongining mahsuli bo’lgan eng yuksak texnologiyalar, usullar ham qurol vositasini
o’tayotganligi barchani tashvishga soladi.
Ayniksa, hozirgi davrda internet saytlarida yoshlar dunyokarashiga ijobiy ta’sir kiluvchi
axborotlar oqimidan tashkari buzgunchi g’oyalar asosida shakllantirilgan materiallar ham uchrab
turadi. Internet saytlarida yoshlarga kuchli ta’sir etuvchi axborotlarni quyidagicha tasniflash
mumkin. Birinchi toifadaga axborotlar sirasiga yot, buzg’unchi g’oyalar (diniy ekstremizm va
terrorchilik g’oyalari, millatchilik, irqchilik, sadizm kabilar)ni kiritish mumkin. Ikkinchi toifadagi
axborotlar esa g’arb hayot tarziga xos, o’zbek mentalitetiga zid odatlar va ko’nikmalarni targ’ib
etadi. Bu ayniksa, g’arb yoshlarining kiyinishi, odatlarini targ’ib qiluvchi maqolalar, kliplar,
filmlarda yaqqol namoyon bo’ladi. Uchinchi toifaga esa pornografik axborotlarii kiritish mumkin.

Yüklə 17,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin