Solarisda sahifali tashkil etish Solaris OT da sahifa xatoliklari yuz berganda jarayonlarga ajratish uchun bo’sh sahifalar ro’yxatini qo’llaydi. Sahifani xotiraga yuklashni boshlash uchun chegara parametri lotsfree qo’llaniladi. Sahifalarni boshqarish pageout jarayoni orqali amalga oshiriladi. Pageout jarayoni soat ko’rsatkichiga asoslangan modifikatsiyalangan algoritmni qo’llagan holda sahifalarni ko’rib chiqadi (skaner qiladi). Skanerlash jarayonini xarakterlovchi scanrate koefitsienti ham qo’llaniladi. Shuningdek, slowscan dan fastscan gacha oraliq. Bo'sh xotira hajmiga qarab pageout jarayoni tez-tez chaqiriladi.
Xulosa Virtual xotira – xotirani taqsimlash usuli bo’lib, jarayonning mantiqiy xotirasi fizik xotiradan ajratiladi, hajm bo’yicha fizik xotiradan oshib ketadi, uning obrozi ikkilamchi xotirada saqlanadi. Bu usul adres maydonini kengaytirish imkonini beradi, xotiradan umumiy foydalanishni ta’minlaydi, jarayonlarni hosil qilishda xotirani tejash imkonini yaratadi.
Virutal xotira ehtiyojga ko’ra sahifali yoki segmentli tashkil etish yo’li bilan tatbiq qilanadi.