ilk manbalarda yo'nalishni xaruriylar deb ham yuritiladi.Xorijiylar dastlab siyosiy talablar bilan chiqqanlar. Ayniqsa,musulmonlarning irqi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar tengligini e'tirof etilgan. Xalifa lavozimiga ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar.mas'uliyatni anglagan va davlatni boshqarish iqtidoriga ega nomzod saylangan. Agar xalifa jamoa manfaatini himoya qilmasa, egallab turgan lavozimidan bo'shatilgan yoki qatl qilingan. Vaqt o'tishi bilan ilohiyotga e'tiqod va amal aqidalarini kiritish taklif etilgan. Unga binoan, xudoga e'tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi, musulmon kishi vijdon amri bilan ish tutishi, diniy tartibga nafaqat so'zda, balki amalda ham rioya etishi lozim. Diniy tartibni bajarmagan kishilar shafqatsiz jazolanganlar. Islom musulmonlarni kamtarona yashashga da'vat etadi va unda o'yin-kulgu, musiqa, mayxo'rlik va boylikka hirs qo'yish kabilar qoralanadi. Xorijiylar yo'nalishida quyidagi asosiy guruhlar mavjud:
1) ibodiylar guruhi V\\ asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. Unga Abdulloh ibn Ibod (VII asrning ikkinchi yarmida yashagan) asos solgan. U yo'nalishning mo'tadil guruhi hisoblanadi va diniy ta'limotda ijtimoiy shart-sharoitlarni hisobga olish va hukmron siyosiy kuchlar bilan murosa qilish, hatto ularga yon bosishga yo'l qo'yadi;
2) sufritlar guruhi VII asrning ikkinchi yarmida Arabistonda vujudga kelgan. Mazkur guruh maqsadni yashirish, vaziyatga qarab kurash usullarini o'zgartirish tarafdori sanaladi;
3) azrakiylar guruhi VII asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. Unga Nafi ibn Azrak (685 yilda vafot etgan) asos solgan. Bu guruh e'tiqod masalasida har qanday murosalarni inkor qiladi. Azrakiylar guruhi maqsadga erishishda qat'iy harakat tarafdori hisoblanadi. Xorijiylar xalifa Ali va boshqa sulolalar vakillariga qarshi murosasiz kurash olib borganlar.1 Ularning ijtimoiy-siyosiy tizimga nisbatan murosasizligi, kishilar hayotini normativlashtirish darajasining juda yuqoriligi va uni qat'iy nazorat qilishga intilishi yo'nalish tarafdorlari sonining kamayishiga sabab bo'lgan. Ayni vaqtda xorijiylar juda kam sonli bo'lib, Shimoliy Afrikada va ayrim arab davlatlarida saqlanib qolgan. Islom yo'nalishlari qatorida avvalgi ta'siri va mavqeini yo'qotgan. Islom dinidagi yirik yo'nalishlardan biri shialikdir (arabchada shia - guruh, partiya, tarafdorlar degan ma'nolarni anglatadi). U VII asrning o'rtalarida xalifa Ali va uning tarafdorlarini birlashtirgan diniy-siyosiy oqim sifatida Iroqda vujudga kelgan. Shialar dastlab siyosiy hokimiyatni Muhammad payg'ambarning avlodlari boshqarishi va hokimiyat otadan farzandga meros sifatida o'tishi kerak degan talablari bilan chiqqanlar. Shuning uchun shialar Ali va uning avlodlaridan boshqa barcha sunniy xalifalarni zo'ravonlik
bartaraf etish maqsadida o'zining rahbarligida ijodiy guruh tuzgan. Ijodiy guruh 651 yilda Qur'onning asl nusxasini tayyorlagan. Undan farq qiladigan barcha matnlar yo'q qilingan. Tayyorlangan nusxa xalifa Usmon mus'hafi (arabchada - o'rama qog'oz, pergament degan ma'nolarni anglatadi) deb atalgan. Ma'lumki, Qur'oni karim jami 114 suradan iborat. Har bir sura, o'z navbatida, Olloh o'gitlaridan iborat oyatlarga (arabchada - mo'jiza degan ma'noni anglatadi) bo'linadi. Qur'ondagi birinchi suradan tashqari qolgan barcha suralar hajm jihatdan torayib, kichiklashib, ixchamlashib boradi. Eng uzun suralar Qur'onning boshida va eng qisqa suralar esa oxirida joylashtirilgan. Shuning uchun unda xronologik va mantiqiy tartib yo'q.Qur'onda har bir suraga nom berilgan, lekin ko'pchilik hollarda suraning nomi mazmuniga mos kelmaydi. Birinchi sura «fotiha» yoki «ochuvchi sura» bo'lib, u musulmonlar takrorlab o'qiydigan duodan iborat. «An-nos» surasi bilan Qur'oni karim yakunlanadi. Har bir sura doirasida oyatlar tartib bilan raqamlangan. Suralarda oyatlarning soni turlicha (masalan, eng qisqa hisobla 286 oyatdan iborat). Oyatlarga suralar kabi nom berilmagan. Hajmi jihatdan oyatlar ikki so'zning birikmasidan (masalan, 82-suraning 1-5 oyatlari) yoki tugal fikrni ifodalovchi katta jumlalardan (masalan, 3-suraning 11, 14, 18,19, 20 singari oyatlari) tuzilgan. Ko'p oyatlar mazmunan bir-birini takrorlaydi.Bunga sabab, o'sha davrda malum g'oya, rivoyat va ko'rsatmalarni takror aytish keng qo'llanilgan. Suralar' matniga o'zgartishlar kiritmasdan oyatlarga taqsimlash XX asrning boshlarigacha davom etgan. Shu bois Qur'onning har bir tarixiy davrdagi nashrlarida oyatlarning soni turlicha ko'rsatilgan (masalan, 1989 yilda chop qilingan «lslom ma'lumotnomasi»da 6204 tadan 6232 tagacha oyatlar qayd etilgan). Diniy rivoyatlarga ko'ra, Qur'onning matni Muhammadga 22 yil davomida vahiy qilinganligi sababli tarixiy davr va sharoit ta'sirida undagi ayrim ko'rsatmalar o'zgarib borgan2J lining matni mazmunida ziddiyat, birbirini inkor etuvchi fikrlar paydo bo'lgan. Buni hal etish uchun nas'h (arab tilida -bekor qilish degan ma'noni anglatadi) nazariyasi ishlabchiqilgan. Mazkur nazariya bo'yicha Qur'onda nas'h (bekor qiluvchi) va mansuh (bekor qilinuvchi) oyatlar mavjud. Keyinroq ijod etilgan oyatlar (nosih), ilgarigi, mazmunan qarama-qarshi bo'lgan oyatlar (mansuh)ni inkor etadi. Qur'onning 40 dan ortiq suralarida ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar mavjudligi qayd qilingan. O'z mazmuniga ko'ra, Qur'on turli qonun-qoidalar majmui, an'ana va udumlar, afsona va rivoyatlardan iborat bo'lib, ularning ko'pchiligi arab aholisi o'rtasida keng tarqalgan. Qur'onda asosan yakkayu-yagona yaratuvchi xudo -Olloh va uning irodasiga so'zsiz itoat etish lozimligi haqida gapiriladi.
Muhammaddan oldin Muso (Moisey) va Iso (lisus)larga vahiy qilgan. Tavrot, Injil va Zabur (Psaltir - qadimgi yahudiy dinining duolar to'plami) kabi muqaddas bitiklar Qur'ondan oldin yuborilgan manbalardir. Shuning uchun ham islom boshqa dinlar ta'limotiga o'xshaydi. Qur'on muqaddas bitiklarning eng so'nggisidir. Qur'ondagi har bir ibora muqaddas hisoblanadi, u xudo tomonidan vahiy qilingan va unga shak keltirish mumkin emas; 4) Ollohning payg'ambarlariga ishonish. Payg'ambarlar ilohiy haqiqatni bandalarga yetkazadilar, ularni va'z, nasihat bilan haq dinga va yaxshi ishlarga chaqiradilar. Qur'onda 25 nafar payg'ambarning ismlari qayd etilgan, biroq musulmonlar Muhammadni barcha payg'ambarning payg'ambari, deb hisoblaydilar. Payg'ambarlar ikki turga bo'linadilar: rasullar va nabiylar. Olloh alohida kitob va shariat bergan payg'ambarlar «Rasul» deb ataladilar. Olloh alohida kitob va shariat ato etmagan, lekin rasulga berilgan kitob va shariat asosida ish qilishga buyurilgan payg'ambarlar «nabiylar»deb ataladi. Rasullar nabiy bo'lishi mumkin, lekin nabiylar rasul bo'laolmaydilar.. 5) oxirat kuniga ishonish. Oxiratda (arabchada - oxirgi kun, dunyoning tugash kuni degan ma'nolarni anglatadi) Olloh va u xohlaganidan boshqa hech narsa qolmaydigan kun. Uning qachon bo'lishini faqat Olloh biladi. Oxirat kunida Yerdagi hayottugaydi. Ollohning qudrati bilan o'lganlar qayta tiriladilar va bir joyda - Mahshar yerida to'planadilar; 6) islom e'tiqodini qabul qiluvchi har bir kishi o'z taqdirining Olloh tomonidan oldindan belgilab qo'yilgani (taqdiri azaljga ishonishi lozim. Qur'onda yozilishicha, «Olloh kimni hidoyat qilishni istasa, uning ko'nglini islom uchun keng qilib qo'yar. Kimni adashtirishni istasa, uning ko'nglini «tor va tang qilib qo'yar»io. Ollohning irodasiga musulmonlar so'zsiz itoat etishlari shart; 7) o'lgandan keyin qayta tirilishga ishonish. Ollohning irodasi bilan qayta tirilgan odamlarning «Mahshar yeri»da to'plangan kuni qiyomat deb ataladi. Bu kunda har bir inson o'z qilmishiga loyiq mukofot, ajr oladi: kimdir do'zaxda qiynoq azobiga duchor bo'lsa, yana kimdir jannatda rohat-farog'atda yashashga muyassar bo'ladi. Islomda diniy e'tiqod, marosim, urf-odat, huquq va axloq normalardan tashkil topgan dindorlar uchun oddiy, bajarilishi qulay shartlar to'plami farzlar ishlab chiqilgan. Ularni bajarmaganlar islomdan chiqqan deb hisoblanadi. Farzlarning eng asosiysi «islom arkonlari» deb ataladi va quyidagilardan iborat: Kalima keltirish - «Ashhadu an la iloha illollohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh», ya'ni «Ollohdan o'zga iloh yo'qligiga va Muhammad uning bandasi va payg'ambari ekanligiga shohidlik beraman» demak. Kalima keltirgan kishi islomni qabul qiladi, Ollohga bo'ysunadi va farzlarni bajarish mas'uliyatini oladi. Namoz kuniga besh vaqt o'qiladi, undan faqat bemorlar va yosh
: o'masha olmagan. VI asming ikkinchi yarmida Eron Sosoniylari davlati Efiopiyani Arabistondan surib chiqargan. Arabiston Sosoniylar davlati tarkibiga kiritilgan. Sosoniylar hukmronligi mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni keskinlashtirgan. Bunga sabab ularning Buyuk ipak yo'lining ahamiyatini yanada oshirish maqsadida, Arabistondan o'tgan janubiy karvon yo'lini izdan chiqarishlari bo'lgan. Oqibatda janubiy karvon yo'li vayron qilingan. Karvon yo'lidan kelayotgan daromad esa keskin kamaygan. Arabistonning tashqi savdo aylanmasi qisqargan va xo'jaligi inqirozga uchragan. Arabistondagi iqtisodiy inqiroz natijasida aholining turmush darajasi keskin pasayib ketgan va ma'naviy tushkunlik yuzaga kelgan. Qabilaviy nizolar kuchaygan. Xalq orasida xaloskor mahdiyning kelishi to'g'risidagi rivoyat tarqalgan.Bu davr ko'chmanchi arab qabilalari (badaviylar)ning urug'-qabilachilikdan sinfiy tuzumga o'tish davriga to'g'ri kelganligi sababli vaziyat yanada murakkablashgan, an'anaviy turmush ' tarzi va normalari buzila boshlagan. Ijtimoiy ziddiyatlar va arab qabilalarining og'ir tanglikdan chiqish uchun markazlashgan mustaqil davlatga birlashishga intilishi kabilar kuchaygan. Buning uchun tarqoq arab qabilalami birlashtiruvchi mafkura zarur edi. Islom dini tarqoq qabilalami birlashtiruvchi mafkura sifatida tarix sahnasiga chiqqan.lslomgacha Arabistonda turli xil dinlar mavjud edi. Semit qabilalari an'analariga ko'ra, Quyosh, Oy, tabiatning bejilov kuchlari, turli xudolar va ruhlarga sig'inganlar. Har bir qabilaning o'z xudolari, totem yoki fetishlari mavjud bo'lgan. Ular gohida bir-biriga qarama-qarshi edi. Qabilaning diniy tasavvurlari faqat mazkur qabila a'zolarininggina birligini ta'minlagan, umumarab dini esa yo'q edi.lbti doiy din shakllari va ko'pxudolilik bilan birga yakkaxudolilikka asoslangan din turlari ham yoyilgan. Arablar qadimdan yakkaxudolilikka e'tiqod qilgan yahudiylar bilan yonma-yon yashaganlar. Efiopiya Arabistonning bir qismini bosib olganidan keyin xristianlik (islomgacha Efiopiyada davlat dini sifatida qabul qilingan) keng yoyila boshlagan. Sosoniylar davlati Arabistonda zardushtiylikning keng yoyilishiga shart-sharoit yaratgan. Oqibatda arablar orasida ibtidoiy din shakllari bilan birga yakkaxudolilikka sig'inuvchilarning ham soni ortib borgan.VI asrda Janubiy Arabistonda haniflar (arabchada - chinakam e'tiqod qiluvchilar, taqvodorlar degan ma'nolarni anglatadi), ya'ni yakkaxudolikka da'vat etuvchilar harakati keng yoyilgan. Ularni «haniflar» deb atalganligining sababi hozirgacha aniq emas. Ayrim manbalarda harakat ishtirokchilarining ko'pchiligi «banu hanifa» urug'idan chiqqanligi bois shunday nom berilganligi qayd etiladi. Ular sanamlar, fetishlar va turli xudolarga sig'inishni qoralab, yagona xudoga sig'inishni da'vat qilganlar.Ayrim ham davom ettirilgan. O'rta asrlarda iudaizm o'zining eski mazmunini saqlab qolgan holda biroz o'zgargan. XI—XII asrlarda iudaizmda hukm-ronlik qilgan ravvinlar uning ko'p tomonlarini qayta ishlab chiqqanlar. O'rta asrning ko'zga ko'ringan faylasuflaridan biri bo'lgan ravvin May-mond iudaizmning 13 ta asosiy aqidasini tuzib chiqqan. Ular quyidagi-lardan iborat: 1) olamni yaratuvchi xudo bor;
2) u bitta;
3) u jismsiz;
4) u ibtidosiz;
5) faqat xudoning bir o'ziga sig'inish kerak;
6) tabiiy sir - haqiqat;
7) Muso payg'ambarlarning eng ulug'i;
8) tora (tavrot), ya'ni injilning birinchi besh kitobi Musoga xudo tomonidan berilgan;
9) Musoning qonunlarini boshqa qonunlar bilan almashtirib bo'lmaydi;
10) koinot xudoning irodasi bilan boshqariladi;
11) yaxshilarga yaxshilik, yomonlarga jazo bor;
12) Isroilga xaloskor keladi;
13) o'lganning tirilishi haqiqat.
Maymond yozgan yuqoridagi aqidalar orqali iudaizmni yanada kuchay-tirish,uning feodalizm manfaatlarini kuchliroq himoyachisiga aylantirish, dinni shakkoklik va kufrlardan himoya qilish, iudaizmni zamonaviylash-tirishga urinish edi. Yangi aqidalarda iudaizmning xaloskorlik vazifasini kuchaytirish ham maqsad qilib olingan.
Dostları ilə paylaş: |