Ilk o`rta asrlarda o`rta osiyoda tarixiy bilimlar taraqqiyoti reja


Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarining uslubi va tafakkuri



Yüklə 23,21 Kb.
səhifə4/6
tarix31.12.2021
ölçüsü23,21 Kb.
#112613
1   2   3   4   5   6
Ilk o`rta asrlarda o`rta osiyoda tarixiy bilimlar taraqqiyoti re

4. Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarining uslubi va tafakkuri

Abubakr Muhammad ibn Ja`far ibn Zakariyo ibn Xattob ibn SHarik an Narshaxiy (899-959) X asrda yashab o`tgan buxorolik yirik tarixshunos olim. Narshaxiy asli Buxoroning Narshax (hozirgi Vobkent yonida) qishlog`idan chiqqan.

Narshaxiy «Tarixi Buxoro» deb shuhrat topgan qimmatli bir asar yozib qoldirgan. Mazkur asar aslida arab tilida yozilgan, lekin arabcha matni saqlanmagan. Bizgacha uning qisqartirilgan forsiycha tarjimasi etib kelgan, xolos.

«Tarixi Baxoro»da Zarafshon vohasining quyi oqimida joylashgan shahar va qishloqlarning geografik holati, mahalliy aholining VII-X asrlardagi turish-turmushi, Buxoroning diqqatga sazovor joylari, O`rta Osiyoning arablar tarafidan istilo etilishi, mamlakatning Somoniylar hukmronligi (819-1005 yy.) yillaridagi siyosiy tarixi voqealarigina qisqa tarzda bayon etilgan.

«Buxoro tarixi»ning hozirgi tarixshunoslik uchun qimmatli manba ekanligi shubhasizdir. Bizgacha etib kelgan «Buxoro tarixi» so`z boshisida yozilishicha, kitobni 1128 yili arab tilidan quvalik Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy o`z do`stlari taklifiga binoan fors tiliga tarjima qilgan. Quboviyning yozishicha, u tarjima jarayonida kitobdagi ortiqcha tasvir va keraksiz joylarni qisqartirgan, ammo asl mohiyati va mazmunini qoldirib, keyingi tarixiy voqealar bayonini o`zidan qo`shgan. Asar 1966 yili o`zbek tilida Sodiq Mirzaev Tarjimasida Toshkentda nashr etildi. Eng so`nggi o`zbek tilidagi nashri 1991 yilda Bo`riboy Ahmedov tahririda chop etilgan bo`lib, tarixiy voqealarning xolisona bayoni uni qimmatli manba darajasiga ko`taradi.


Yüklə 23,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin